Dushanba, 20.05.2024, 02:30
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2007 » Декабрь » 17 » Kitob afzalmi yoki Internet?
12:44
Kitob afzalmi yoki Internet?

Maktablarda, o‘quv dargohlarida bu haqda tushuntirish ishlarini olib borayotgan o‘qituvchilar kompyuterning afzalliklarini aytayotgan paytda uning zararli oqibatlari, me’yordan ko‘p foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirib qo‘ysalar yomon bo‘lmas edi. Ammo bu yerda oila degan muqaddas dargoh ham borki, to‘xtalib o‘tmasdan iloj yo‘q. Bola tarbiyasida oilaning tutgan o‘rni cheksiz. Ba’zi qo‘shnilar ko‘cha-ko‘yda bir-birlarini ko‘rib qolib, “Qaerga ketyapsiz?” deb so‘rasa, “O‘g‘limni kompyuter klubdan olib kelay”, deb bamaylixotir javob berishadi. Bu holat bora-bora odat tusiga kirib borayotganligi kishini tashvishga soladi.
Internet tarmog‘ining hayotimizga kirib kelganda ko‘pchilik quvongan bo‘lishi tabiiy. Biroq o‘sha paytda o‘zbek yoshlarining eng sevimli mashg‘uloti bo‘lgan kitob mutolaa qilishni yoshlar xayolida siqib chiqaradi deyilganda hech kim bunga ishonmagan bo‘lardi. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanmagan davrlarda ham aql-zakovati bilan Beruniy, ibn Sino, Forobiy, Mirzo Ulug‘bek kabi olimlar, o‘z zamonasining yetuk allomalari bo‘lib yetishib chiqqan. Ular kitobni boshqalardan ko‘proq o‘qishgan va buni amalda qo‘llaganlar. Kitob afzalmi yoki internet? Bu ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savol. To‘g‘ri, internet orqali xohlagan kitobni topib o‘qish mumkin. Kutubxonama-kutubxona sarson bo‘lib yurmaysiz. Menimcha, bu holat yoshlarda dangasalikni keltirib chiqaradi, qiyinchilikdan qochish, yengilliklarga intiladigan qilib qo‘yadi. Aytishlaricha dunyo olimlarning o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, kompyuterda bir soat ishlagan odam yigirma besh daqiqa dam olishi kerak ekan. Endi bitta kitobni o‘qishga ketadigan vaqti o‘quvchining kompyuter qarshisida qancha vaqt o‘tirishini hisoblaydigan bo‘lsak, uning zararlari ko‘z o‘ngimizda gavdalana boshlaydi.
Atrofdagi voqealar, insonlarni kuzata turib bir xulosaga keldim: kitobdan yaxshiroq do‘stni topish mushkul ekan. Kitob o‘qimaydigan inson fikrlamaydi, fikr­lamaydigan inson hayotda nimagadir erishishi qiyin. Kitobni bo‘sh paytda emas, har doim o‘qish kerak. Shunda inson o‘zi xohlagan orzusiga erishishi mumkin. Vaqt­ni bekor o‘tkazmaylik, tengdoshlar.
Temur XUDOYBERDIYEV,
O‘zMU jurnalistika fakulteti talabasi.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2075 | Добавил: Unknown_moder | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]