Dushanba, 20.05.2024, 01:31
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Май » 21 » Zinokorlarning dastaklari
11:49
Zinokorlarning dastaklari

Xiyonatkor kishilarning aksariyati zino najosatiga botib qolganliklarini aslo gunoh hisoblashmaydi va doimo o‘zlarini oqlaydigan dastak — sabablarni ro‘kach qilishadi. Quyida shundaylar orasida kuzatiladigan ayrim sabablarga to‘xtalamiz:

1. Turmush qurmagan yoshlar va o‘smirlar asos qilib ko‘rsatadigan sabablar:

a) biror ziyofatda ichkilikdan sarxush bo‘lib, bu ishga beixtiyor tarzda qo‘l urganlik;
b) 25 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hali uylanishga ertaligini, moliyaviy jihatdan ota-onasiga qaramligini va o‘tkinchi dunyoda kayf-safo ham zarurligini ro‘kach qilish;
v) o‘rtoqlarining qistovi bilan o‘zini sinash maqsadida fohisha xizmatidan foydalanib ko‘rish;
g) oynai jahondagi turli axmoqona seriallar, behayo filmlarni ko‘raverib, dunyoqarashidagi illatlar hukmronligida begona bilan aloqaga qiziqish, oila-nikoh masalalarini oddiy rasmiyatchilik deya qabul etish;
d) ayrim yengil tabiat qizlar bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i uchun iffat pardasining saqlanishini kifoya deb hisoblashi; (Astag‘firulloh, shu bois boshqa barcha jirkanch ishlardan cho‘chimay, jinsiy a’zolar vazifasini og‘iz bo‘shlig‘i va ort teshik yordamida uddalaydilar. Aniqrog‘i, o‘zlari g‘irt zoniya bo‘lsalar-da, nomusli qiz bo‘lib turmushga chiqishga harakat qilishadi.)
e) maishat, boylikka o‘chlik hissi; (O’ta yengiltabiat bo‘lgan bu toifa qizlar fohishalarga xos bo‘lgan barcha fahsh ishlardan toyishmaydi. Bundaylarning ayrimlari keyinchalik plastik jarrohlik uslublari bilan hattoki nomuslarini tiklab turmushga chiqishadi. Ammo oila qurgandan so‘ng ham xiyonat qilishda davom etaverishadi.)
j) tobelik; (Aniqrog‘i, ayrim boshliqlar kotibalarni, ilmiy rahbarlar shogirdlarni, umuman, o‘ziga qaysidir jihatdan qaram bo‘lgan kishilarni yo‘ldan ozdirishadi.)
z) hozirgi kunda turmush qurmagan yoshlarning o‘ta emin-erkin bo‘lishlariga yo‘l ochilganligi; (Mahramsiz uchrashuvlarning intihosi ham shaksiz zinodir.)
Unutmaslik lozimki, eng asosiy sabablar imon zaifligi, tarbiyasizlik va e’tiqodning sustligidir.

2. Oila qurgan kishilarning zinokorlikka dastak qilib ko‘rsatadigan sabablari:

a) turmush o‘rtog‘ining kasal ekanligi, hohish-istaklari muvofiq kelmasligi, jufti to‘shakda mutlaqo "go‘l" ekanligi;
b) jinsiy nomuvofiqlik, ya’ni erkakning mijozi sustligi yoki ayolning sovuqqonligi;
v) bir-biridan "to‘yinish", to‘shakdagi munosabatda ijodiy yondoshuvning yo‘qligi sababli bir-biridan zada bo‘lib qolishi;
g) majburan, boylikka uchib, shoshilinch oila qurilish natijasida er-xotinning munosabatidagi sovuqlik;
d) ko‘ngilda o‘zaro iliqlik paydo bo‘lishi, achinish, shuningdek, o‘ch olish xislari;
e) o‘zini ko‘rsatish, g‘arbga taqlid qilib ketvorgan jazmanini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish;
j) xizmat safarlarida ishqiy sarguzashtlar bo‘lishini me’yoriy hol deb hisoblash, yevropacha hayot tarzidagidek oilasi bilishidan qat’iy nazar, nafsni qondirish uchun zino qilishni tabiiy deb bilish.

Astag‘firulloh, ayrim oilalar er-xotinning zinokorligani me’yoriy hol sifatida qabul qilishgacha yetib borishmoqda. Ayrim "o‘ziga to‘q" zaifalar moliyaviy rag‘batlantirish yo‘li bilan jazman yollashayotganliklariga guvoh bo‘layotganlar ham bor. Ba’zilar esa qo‘shmachilikni mehmondorchilikning ajralmas tarkibiy qismi deya odatlanib ham qolishayotganligiga ne deyish mumkin.
Yuqoridagalardan xulosa qilib, shuningdek tibbiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, shartli ravishda zoniya, fohishalarning quyidagi turlarini tafovut qilish mumkin:
1. Ashaddiy zoniyalar. Bu toifa buzuqilar hech narsadan toyishmaydi. Ularning aksarisi ichkilik, bangilikka ham berilgan bo‘ladi. Ular uchun kim bilan, qay tarzda munosabatda bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Deyarli barchasida zinoiy kasalliklar uchrashi sababli, teri-tanosil dispanserlari shunday buzuqilar bilan to‘lib toshgan bo‘ladi. Atrofdagilar va jamiyat uchun birinchi galda xavfli zinoiy kasalliklarning tashuvchisi va manbai sifatida xatarli hisoblanadilar.
2. Muvaqat zoniyalar — yengiltaklik tabiatida yashirin bo‘ladigan foxishalar. Bundaylar eri xastalangan yoki xizmat safariga ketgan davrdagina yashirin tarzda faoliyat ko‘rsatish bilan kifoyalanishadi. Boshqa paytlarda esa ibratli ayol sifatida umrguzaronlik qilsa-da, zinoga moyillik hissidan qutula olmaydi. Bunday toifa buzuqilar tanosil kasalligiga yo‘liqsa, qanday bo‘lmasin erining aybdor, bevafo ekanligini isbotlab, "suvdan quruq chiqishadi".
3. Ishbilarmon zoniyalar — tanasini ochiqdan ochiq pullaydiganlar. Ularning asosiy maqsadi moliyaviy rag‘bat hisoblanadi, shu bois tanosil kasalliklaridan saqlanishning ayrim uslublaridan ham biroz boxabar bo‘lishadi.
Ayrimlari, raqqosa, ofitsiant, kotiba, saunalarda uqalovchilik vazifalarida faoliyat ko‘rsatipshari ham mumkin.
Tashqi ko‘rinishiga ancha ahamiyat beradigan bu fohishalarning "tog‘"lari mavjud bo‘ladi. O’z suyanganlarining ayrimlarini moliyaviy rag‘batlantirib, boshqalarining to‘shagini "gullatib", atrofdagilardan cho‘chimay faoliyat ko‘rsatishadi. Kasallik yuqtirishsa-da, tanosil dispanserlariga tushib qolmaslikka harakat qilishadi.
4. "Karerist" zoniyalar — hayotda biror muvaffaqiyatta erishish, amal pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun tanasi jozibasidan, tashqi go‘zalligidan foydalanadigan o‘ta makkor buzuqilar. Ularning ayrimlari bo‘sh-bayov, latta erga nomigagina tegib olishadi. Aksarisi esa yolg‘iz yashashadi.
Ammo eri borlari ham, manfaat oldida bir zumda oiladan kechishga hoziru nozir. Bunday ayollar xizmat safarlarida ko‘p bo‘lishini, ishda yoki majlisda ushlanishini erlariga ro‘kach qilib ko‘rsatishadi va zinokorlik qilaverishadi. To‘shakda jazmanidan qoniqmasa ham manfaat uchun san’atkorona tuslanadi. Bunday ayollarning ayrimlari katta-katta lavozimlarni egallab, yosh qizlarga tashqi tomonlama ibrat bo‘lib ko‘rinishi bilan jamiyat uchun xatarlidirlar.
5. Bemor zoniyalar. Bu toifa ayollar patologik o‘zgarishlar natijasida buzuqlik ko‘chasiga kirib qolishadi. Tabobatda nimfomaniya deb ataluvchi dardga chalingan bunday ayollar davoga muhtoj hisoblanishadi. Bosh miyaning yallig‘lanishi (entsefalit), jarohatlanishi, qon tomirlarining xastalanishi yoxud gipotalamus, limbik miya hududlarida o‘sma paydo bo‘lishi ham gohida ayollarning jinsiy ehtiyoji chidab bo‘lmas darajada oshib ketishiga sabab bo‘lishi kuzatilgan. Keskin cho‘chish, qo‘rquv yoki xafaqon dardi borlarda to-mirlar krizi bo‘lishi ham ushbu dardga sabab bo‘luvchi omil-lardan hisoblanadi. Buyrak usti bezida o‘sma paydo bo‘lishi, yoxud klimaks davri xam gohida bu holatga olib kelishi mumkin. Ruhiy xastaliklardan maniakaldepressiv psixoz va tsirkulyar tur shizofreniyada ham jinsiy rag‘bat o‘ta kuchayishi mumkin. Gohida bunday ayollarda "donjuanizm" sindromi ham uchraydi, ya’ni ular yangidan-yangi erkaklar ustidan jinsiy "g‘olib" chiqish ishtiyoqida bo‘lishadi.
Yuqorida zoniya ayollarning ayrim turlari haqida ma’lumot berdik. Quyida esa zinokor erkaklar xususida ikki og‘iz fikr bildirmoqchimiz. Odamlar buzuqlik yo‘liga jinsiy quvvati o‘ta yuqori bo‘lgan erkaklar kiradi deb o‘ylashadi. Aslida unday emas. Jinsiy imkon va quvvat darajasiga qarab zinokor erkaklarning quyidagi ikki turi tafovut qilinadi:

1. Birinchi xil erkaklar. Jinsiy quvvati haqiqatdan ham ancha yuqori bo‘ladi. Ularning ajdodlari, ota-bobolari bir necha xotinli bo‘lganligi shubhasiz. Jinsiy quvvati tug‘ma yuqori bo‘lgan bunday erkaklar bir ayolga aslo kifoya qilishmaydi. Agar uning nikohida ikkinchi ayol bo‘lmasa, asosiy turmush o‘rtog‘i kasal bo‘lganda, xomiladorlik va hayz davrlarida chiday olmasdan zino yo‘liga kirib ketishi mumkin. To‘shakda ayollik vazifasini uddalay olmaydigan rafiqalar, erlarini boshqa nikohdan muhofaza qildim, deya kalta o‘ylaydilar. Aslida ular erlarining jahannamga eltuvchi zinokorlik yo‘liga kirib ketishiga sabab bo‘lishadi.
Bunday erkaklar jinsiy xohishni majburan tiyish erlik bezini ishdan chiqarishini yaxshi bilishadi. Shu bois va imon sustligi tufayli harom yo‘lga kirib ketishadi.
2. Ikkinchi xil erkaklar. Aslida ularning mijozlari anchagina sust bo‘ladi. O’z rafiqasi bilan kamdan-kam jinsiy aloqa qiladi va o‘ta tez bo‘shanganligi uchun ayoli ham, o‘zi ham qoniqmaydi. Moliyaviy ahvoli yaxshiligi, maishatparastligi uni fohishalar xizmatidan foydalanishga undaydi. Bunday zinokor erkaklar fohishani moddiy rag‘batlantirib, uning yolg‘on maqtovlaridan taskin topib, o‘zini ovutish orqali o‘zlarini haqiqiy er his qilishadi. Astag‘firulloh, bunday noerkak zinokorlarning ayrimlari-da zakar taranglashishga, qinga kirishga ham yaramaganligi uchun fohishalarning og‘iz bo‘shlig‘i va tillaridan jirkanch maqsadda foydalanishadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan jahannamga o‘tin bo‘luvchilar safiga qo‘shilib qolishdek uqubatdan Janobi Haqning o‘zi saqlasin!

 

Категория: Aytsam... | Просмотров: 7376 | Добавил: hamma | Рейтинг: 2.8/4
Всего комментариев: 5
Ник: Abror

Admin sizga savolim bor yoshligimda bir qiz bilan zino qilib qoyganmiz u qiz b.n bir birimizi juda qattiq sevardik endilikda ayrildik nima dib o'ylisiz bu ayriliqqa osha ish sababchimikin?


Ник: dj husanboy

salom sizga bir savolim bor edi mana masalan bir inson majburan namoz o'qisa olloxim buni qabul qiladimi va namozni birov uchun o'qish mumkinmi


Ник: Javlon

Assalom alaykum
Sizga yana savollarim bor edi: Ushbu jumlaga izoh berisangiz " Shari'at aytadi uldir ilonni , tariqat aytadi qiynama jonni" bu jumlaga qanday yondashsa to'g'ri bo'ladi....
Aytingchi Namoz olloh bilan banda urtasida ilohiy vositami ?


Ник: Administrator

Vaalaykum Assalom!
Inson irodasi o'ta kuchli! u istagan ishini qila olishi mumkin!Shunchaki insondagi nafs degan balo insonni shunday iflos ko'chalar uzra sudrashni hohlaydi.Ko'pincha inson shu yerda yengiladi...
Irodani baquvvat qilish yo'llari Islomda! Ibodatda! Taqvo qilsangiz sizni irodangiz toshlarni yoradi.!!!

Inson taqdirini yaxshi yoki yomonga o'zgartirishi ham o'ziga bog'liq...Allog biluvchidir!



Ник: Javlon

Salom sizga savvollarim bor edi: 1. Xohish istaklarini chegaralab bilish uchun oddiy inson irodasi zaifliki qiladi.... Irodani mustaxkamlash uchun etiqodni kuchaytirish uchun qanday yo'l tutsa bo'ladi ?????? Istaymizmi yo'qmi bu narsa xar bir inson xayotida duch keladigan xolat bo'lib qolmoqda ... Bundann bo'tunlay chegaralanish uchun samarali va mukammal tizm mavjudmi?? yoki bu inson taqdiriga bog'liqmi /


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]