Dushanba, 20.05.2024, 05:00
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Май » 21 » Shahvat balolalari...
12:05
Shahvat balolalari...

Изображение “http://www.ebliseman.blogfa.com/Photo/e/ebliseman.jpg” не может быть показано, так как содержит ошибки."... Ota-onam va maktabni bu yil bitiradigan yolg‘iz akam bilan shahar markazida yashaymiz. Ota-onamlar ertadan kechgacha ishda bo‘lishadi. Akam esa darsdan so‘ng o‘rtoqlari bilan sandiraqlab, ularning qaytishidan sal oldinroq uyga yetib kelishni odat qilgan. Bir kuni dadam uyimizga yangi videomagnitofon va ikkita kasseta olib keldilar. Hali qo‘shnilarimizdan deyarli hech birida videomagnitofon yo‘q edi. Juda ham quvonib ketdik. Bu ikki kassetadagi kinolarni qayta-qayta ko‘rdik. Bir kuni ota-onalarimiz hali ishda paytida akam qo‘lida bir kaseta bilan kirib keldi. Birinchi kino "Yirtqich", — deb atalib, juda ham qo‘rqshchli ekan. Bir payt ikkinchi kino boshlandi, qarasam uyat joylari ko‘p ekan. "Aka, uyalmaysizmi, o‘chirib qo‘ying", — desam, meni itarib narigi xonaga chiqarib yubordilar. Oradan bir soatlar vaqt o‘tgach akam ko‘zlari qizarib, juda ham qo‘rqinchli bo‘lib xonamga kirib keldilar. Keyin esa, mening butunlay o‘zimni yo‘qotganim, dovdirab qolganimdan foydalanib, nomusimni barbod qildilar. Butun vujudim og‘rib, bir necha kun iztirob ichida yurdim. Akamning: "Agar birovga aytsang, o‘zimni balkondan tashlab yuboraman", — degan po‘psasidan qo‘rqib dardimni ichimga yashirdim. Mana oradan ikki yarim oy o‘tdi. Hayz ko‘rmayapman, tinmay ko‘nglim ayniyapti. Bilsam, homilador ekanman. Nima qilay, o‘zimni o‘ldiraymi yoki bo‘lgan voqeani onamga aytib beraymi?..." Shahnoza

O’n yillar oldin "Yosh kuch" tahririyatiga 15 yoshli qizdan kelgan bu maktubni o‘qib, dahshatli holga tushgan bo‘lsam-da, jo‘yali bir to‘xtamga kela olmagandim. Bugun, kech bo‘lsa-da, ming istihola va iztirob ila o‘sha maktubga qayta murojaat etishga va uning mohiyatini chuqurroq talqin etishga qaror qildim.
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14,5 yoshdan 21 yoshgacha) shahvoniy hislarning o‘ta jo‘sh urishi — giperseksuallik davri bo‘lib o‘tadi. Bu eng xatarli palla— rasida davrining cho‘qqisi bo‘lib, o‘smirlarning goho o‘zini idora qilolmay qolishi bilan ham ifodalanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin kuchayishi natijasida avdrogen gormonlar ko‘p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi. Hozirgi kunda, akseleratsiya hodisasiga bog‘liq holda o‘smirlar giperseksualligi davrining o‘ziga xos, og‘ir tusda kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko‘pchilik o‘smirlarda jizzakilik, asabiylik, ko‘cha-ko‘yga intilish, tengdoshlari bilan ko‘proq qizlar mavzusida suhbatlashishni istash, ishqiy sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o‘chlik, shahvoniy tomoshalarga ruju qo‘yish kabi illatlar paydo bo‘ladi.
Afsuski, aksari ota-onalar va muallimlar bu yoshdagilarni ta’qiq, tanbeh, koyish bilan yo‘lga solib bo‘lmasyaigini anglamaydilar va ko‘gashcha aks natijaga erishadilar. Ota-onalar vujudida shahvoniy jo‘shqinlikdek og‘ir o‘zgarishlar kechayotgan farzandlarini tashqi muhitning xar xil zararli ta’sirotlaridan, yolg‘ondakam, sarob ishqiy tasavvurlardan himoyalash choralarini ko‘rishlari lozim.
Nazarimda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi yalang‘och iblislar xukmron dargohlardan, "video" va oynaijahondagi besharmliklardan yiroq tutishimiz shu tadbirlar jumlasidandir. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalar tarbiyasida aynan ota muhim o‘rin tutishini unutmaslik lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat jo‘sh urayotgan o‘smirning kuchi ustamonlik bilan boshqa foydali ishlarga yo‘naltirilishi joiz. Masalan, o‘smirni qiziqarli qo‘shimcha dars mashg‘ulotlariga, sport to‘garaklariga, jismoniy mehnatga jalb etish eng to‘g‘ri uslublardandir. Ushbu davrni o‘z boshidan kechirayotgan o‘smirning nazoratsiz qolishi o‘ta xatarlidir.
Hayotiy misol: Yaqinda tuman sudlarining birida ko‘rilgan jinoiy ish bilan tanishiishmga to‘g‘ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh ogaynilar ota-onasi uyida bo‘lmagan bir do‘stinikida "bazmi jamshid" uyushtirishgan. Bazmda ozgina sarxush bo‘lishgach, qandaydir videotekada erotik kino ko‘rishgan. So‘ngra betoqatlangancha ko‘chaga chiqib, gira-shira tun og‘ushida, xilvat joyda o‘zlaridan bir necha yosh katta qizni zo‘rlashgan.
Albatga, jinoyatchilar o‘z jazosini olishdi, ammo bu holning ildizi biz o‘ylagandan chuqurroqdir. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘smirlar "og‘ir" oilalarning tarbiyasiz farzandlari emas ekanlar. Aslida, shahvoniy hislari jo‘sh urgan yoshlarga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi pornografik filmlarni namoyish etib boylik orttirayotgan kimsalar eng asosiy jinoyatchilardir.
Ota-onalar o‘tish yoshidagi farzandlarining tarbiyasida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat beripshari shart:
O’smir farzandingiz oldida turli xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo‘ling.
Farzandingizning qanday filmlarni ko‘rishini nazorat qiling, chunki erotik filmlardan tashqari, dahshatli ("ujas") kinolar ham jinsiy va ruhiy aynishlarga olib kelishi isbotlangan. Jumladan, nekrofillar (o‘lik bilan jinsiy aloqa qiluvchilar) va sadistlar (juftini qiynashni xush ko‘radiganlar)ning ko‘pchiligi bolaliklarida "ujas" filmlar ta’sirida o‘sib ulg‘ayganliklari haqida amriqolik ruhiyotshunoslarning xulosalari mavjud.
Unutmaslik kerakki, behayo kinolavhalarning ta’sirida bo‘lgan bolalar qusurli fikrlar og‘ushida o‘sib, jinsiy buzilishlar bo‘sag‘asiga ancha barvaqtroq qadam bosishlari hech gap emas.
Bola har qanday pornografik lavhani asl jinsiy munosabat sifatida qabul qilganligi bois, bachavozlikka moyillik, qizlarda vaflizm (og‘iz bilan yaqinlashuv)ga intilish kabi jirkanch holatlarni ham kuzatish mumkin;
Shahvoniy jo‘shqinlik davrida har qanday zararli ta’sirotlar hirsni benihoya kuchaytirishi bois nomusga tajovuz etish kabi og‘ir jinoyatlarga beixtiyor qo‘l urish hollari ham ko‘p uchraydi. Tabobatda o‘smirlik davrini boshdan kechirayotgan yoshlarning pornografik lavhalar ta’sirida hech bo‘lmaganda onanizm yoki zoofiliya (hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish)ga ruju qo‘yishi mumkinligi aniqlangan.
O’smir farzandingiz diskoteka, plyaj, park kabi go‘shalardan har doim ham siz o‘ylaganchalik hordiq olib qaytmasdan, xirs girdobida bezovtalanib qaytishi ham extimoldan xoli emasligini ko‘zda tuting.
O’smirlarning bu yoshda buzuq muhitga tushib qolganligi o‘z vaqtida aniqlanib, tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilmasa, aksarisi sal kechikilsa, aslo to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir.

Saytdan ma'lumot olinganda saytga link ko'rsatilishi shart!

muslimaat.uz

Категория: Aytsam... | Просмотров: 17406 | Добавил: hamma | Рейтинг: 4.1/8
Всего комментариев: 5
Ник: dj husanboy

bu akaani o'ldirib yuborish kerak o'z sinlisiga xam qo'l tekkizib yana yashab yurganiga o'laymi buni o' maraz o'lganing yaxshi bu ishni qilganingdan.


Ник: shahnoz

o'l iplos singlisiniya kande kanaka aka u uni oylamidimi olsa olaversinidi bechora kiz


Ник: X-MAN7997

kino ko`rme xar narsa bo`gin. haliyam tirik yuripsanmi. agar tirik bo`sen yer ko`tarib turganiga ming marta shukr qigin. bitta san o`g`il bolasanda o`zincha XARP.


Ник: ulugbek

bu iplos akani o'ldirib yuborish kerak
vaxshiyni aytish kerak ota onasiga


Ник: Salom

Man tepada yozilgan malumotti o'qib chiqdim yoshlani tarbiyaviy ahamiyatini yahshilashga qaratilgan yaxshi mavzu . Shu XXI asri oladigan bo'sek onanizm judayam kuchayib ketgan , man shu odatga kuchli ruju qo'ygan yoslaga bir -ikkita maslahatlarim bor. Tepadigi mavzuda bu odatti qaysi hollatldan kelib chiqishi yaxshi bayon qilingan , man faqat bunu zarar tomonlaridan ayrimlarini etib o'tmoqchiman :
Bu odat dinniy tomondan oladigan bo'sek, erkak kishi olatini faqat o'z ayoli yoki cho'rilaridan boshqa holatda jo'shga keltirsa ya'ni ta'sirlantirsa bu holatda harom ishga qadam bosganligidir.
Ilmiy tomondan oladigan bo'sek, man o'zim har hil mamlakatlani doktorlarini shu mavzudagi yozganlarini o'qigaman, ulani biri bu zarar mas disa biri zarar dib yozgan, endi man silaga bu odatni zarar va foydali tomonlariga misolla etaman, birinchi zararli tomonidan boshlasam , odam tanasi sklet va muskulladan iborat va ular haykalga o'hshab qottib turmidi ular har doim harakatda ayniqsa o'smirin paytidagi yoshlada ,chunki ulani skletlari o'sib shakllanayotgan davrdir. onanizm vaqtida olat tarenlashadigan jarayonda yani olatdan sperma chiqadigan vaqtda tanadigi qon olat tamon intiladi va bu holatda odam tanasi bukiladi tushunarli qilib etganda burishadi va tanani qolgan ayrim qismlarida muskul va suyakla shu odam qay ahvolda burishayotganiga qarab usha tomonga tortiladi . Endi annonizm bilan shugilanadigan odammi oladigan bo'sek bu odam shu odatni takror va takror qilishi natijasida asta sekinlik bilan o'z tanasini buzib boradi natijada , agar odamlaga ko'cha atrofda ahamiyat bergan bo'sela bir hillani bitta yelkasi pas, bir hillani bitta qoshi balanro joylashgan ikkinchisiga qaraganda, umuman olib etganda onanizm odam tanasini simetrikligini buzadi , undan tashqari ko'z hiralashishi ham shunga bog'lu ikkita ko'z bir hil bo'masligi bitta ko'z hiraro bolishi ham shu odat tufaylidir , bundan tashqari yana ancha zarar tomonlari bor . Endi yaxshi tomonini oladigan bo'sek odammi yengillashtirishi qisqa mudattli kayf berishidir shu
Olloh bizaga aqlli nimaga berdi hayvonladan ajratish uchun , aqlin bilan ish qisen inson darajasiga etasan aqlini unitib hissiyotga berilsen hayvon darajasiga etasan . Gapimmi ohirida bitta link qoldiraman inglizchani hamma tushunsa kere manimcha sho'tga kirib ko'rila batafsilro ma'lumotlani
http://youtube.com/watch?v=tsXMszBtzuk&feature=related
O'zbekistonni kelajagi buyuk bolishi uchun


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]