Yakshanba, 19.05.2024, 20:01
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 2 » Ramazon tuhfasi 1-kun
09:20
Ramazon tuhfasi 1-kun

Assalomu Alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari va a'zolari! Bugundan boshlab muborak Ramazonning 30 kuni mobaynida sizlarning e'tiboringizga "Ramazon tuhfasi" nomli maqolalarni taqdim etamiz.

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 1-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko'p (qilib yuradigan) duolari Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar edi. (Ma'nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do'zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam dedilar: "Kimki Ramazon kechalarini, Ollohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o'tkazg'usidir, uning qilgan gunohlari mag'firat qiling'usidir". (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: Halok bo'ldim! - dedi. Janob Rasululloh: Nechun? - dedilar. U: Ramazonda xotinim birla aloqa qilib qo'ydim ,- dedi. Janob Rasululloh: Bir qul topa (ya'ni, ozod qila) olasanmi? - dedilar. U: Yo'q , - dedi. Janob Rasululloh: Ikki oy muttasil ro'za tuta olasanmi? - dedilar. U: Yo'q ,- dedi. Janob Rasululloh: Oltmishta miskinning qorinlarini to'yg'aza olasanmi? - dedilar. U: Yo'q ,- dedi. Shul asnoda ansorlardan biri bir savat xurmoni Janob Rasulullohga (hadya qilib) olib kelib qoldi. Janob Rasululloh boyagi kishiga: Mana buni olib borib, sadaqa qilgil! - dedilar. U: O'zimizdan kambag'alroqqami, yo Rasulalloh? Sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, Madinaning ikki tog'i oralig'ida bizdan ham qashshoqroq xonadon yo'qdur! - dedi. Shunda Janob Rasululloh: Borgil, buni oilangga yedirgil! - deb marhamat qildilar . (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Sa'id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xitob qilib: Darhaqiqat, Olloh taolo (bu) dunyodagi va o'z huzuridagi bandalari orasidan bir bandani afzal ko'rdi. Men (ham) Olloh taolo huzuridagi (ya'ni, Olloh taolo afzal ko'rgan) o'shal bandani afzal ko'rdim , - dedilar. Shunda Abu Bakr yig'lab yubordilar. Biz: Nechun Abu Bakr Janob Rasululloh Olloh taolo afzal ko'rgan bandani afzal kurganlari uchun yig'layotirlar? - deb taajjub qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrni afzal ko'rguvchi, Abu Bakr ersalar ul zotni barchamizdan ko'ra yaxshiroq bilguvchi kishi erdilar. Shul boisdan ham Janob Rasululloh: Mening uchun o'zining suhbati va mol-dunyosi borasida eng ishonchli kishilardan biri Abu Bakrdurlar. Agar rabbimdan bo'lak (yana) bir kishini (o'zimga) do'st tutadirgan bo'lsam, Abu Bakrni do'st tutgan bo'lur erdim. Ammo, (musulmonlar uchun Olloh taolodan ortiqroq do'st yo'q bo'lib, ular orasida) Islom birodarligi-yu muhabbati (mavjud bo'lmog'i kerak). Masjidda Abu Bakrning eshiklaridan bo'lak birorta eshik qolmasin! - dedilar, (ya'ni, har kim masjid hovlisiga o'z hovlisidan eshik ochib olgan erdi, Janob Rasululloh ana o'shal eshiklarni nazarda tutyaptilar) . (Sahih, Buxoriy rivoyati)



--
PS.  Agar boshqa birodarlaringizga ham "Muborak Oy tuhfasi" dasturi yuborilishini xohlasangiz, emaillarini bizga yozib qoldiring.

Tojialiyev Davronbek Rustamovich <AbdulAziz>
http://islam.ziyouz.com - Qalbingizni Islom nuri munavvar aylasin!



Категория: Ramazon | Просмотров: 1448 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Ник: Arnold

Allohumma (Robbana) qolib ketgan
atina fid-dunya hasanatav
vafil axirati hasanatav
vaqina azaban-nar


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]