Dushanba, 20.05.2024, 00:58
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 3 » Rivaldo shahri azim Toshkentimizda!!!
08:12
Rivaldo shahri azim Toshkentimizda!!!

28 avgust kuni imzolangan shartnomadan so‘ng “Bunyodkor” tarixidagi eng nomdor futbolchiga aylangan Rivaldo, Afina-Toshkent reysi bilan bugun tong saxar 04:10da poytaxtimizga oilasi bilan uchib keldi.

Uni va o‘yinchining yaqinlarini Toshkent xalqaro aeroportida ko‘psonli jurnalistlar va jamoa fan-klubi a’zolari, sutkaning bunday tadbirlar uchun qulay bo‘lmagan vaqti ekanligiga qaramasdan, ko‘zni quvontiradigan, chiroyli tarzda kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zidayoq soat 14:00da “InterContinental-Tashkent” otelida (“Samarqand” zalida) Rivaldo “Bunyodkor” futbol klubining yangi o‘yinchisi sifatida rasman tanishtiriladi va u bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Soat 15:00da esa MHSK stadioni maydonida “pentakampeonlar” vatanidan bo‘lgan yulduz o‘zining to‘p bilan muomala qilish san’atini namoyish etadi.

 Bu o'yinchi haqidagi eng ohirgi yangiliklarni birinchi bo'lib www.hamma.tk saytida kuzatib boring!


 

 

 

 

 

 

Категория: Fudbol | Просмотров: 1464 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Ник: Olim Aliyarov

rivaldoga omad!!!


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]