Yakshanba, 19.05.2024, 21:45
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 5 » Ramazon tuhfasi 5-kun! +Biz islomni bilamizmi?1-tur
10:03
Ramazon tuhfasi 5-kun! +Biz islomni bilamizmi?1-tur

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 5-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Menga bir duo o'rgatingki, u bilan namozimda iltijo qilayin , deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron vala yag'firuz zunuba illa anta fag'firliy mag'firatan min 'indika, varhamniy innaka antal g'ofurur rohiym , deb ayt, dedilar (ma'nosi: Allohim, men nafsimga ko'p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqasi kechira olmaydi. Uzingning huzuringdan bo'lgan mag'firat ila meni kechirgin. Va menga rahm qilgin, albatta Sen kechirguvchi, rahmli Zotsan). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch bor: Eng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilayinmi? - dedilar. Sahobalar: Ha, yo Rasulalloh! - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik... - dedilar-da, yonboshlab yetgan erdilar, o'ltirib oldilar. So'ng: Yolg'on gap ham (eng katta gunohi azimlardan) emasmi?! - deb takror-takror aytaverdilarki, hatto biz: Qaniydi, bas qilsalar! - dedik . (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: Banu Isroil qavmidan Jurayj ismli bir odam o'z hujrasida ibodat qilib turgan erdi, onasi kelib uni chaqirdi. Shunda u onasining ovozini eshitgan bo'lsa ham, ibodatini buzib, javob bergisi kelmadi. Onasi uni ikkinchi marta chaqirdi. Bu safar ham u javob bermadi. Onasi uchinchi bor chaqirdi, u yana javob bermadi. Onasi uning qoshiga kelib: Ilohi, Jurayj fohisha xotinlar yuzini ko'rmay, o'lmasin! - deb qarg'adi. Bir kuni Jurayj o'z hujrasida erdi, bir xotin kelib uni o'ziga rom qilishga urindi, ammo u ko'nmadi. Keyin, o'sha ayol bir cho'pon birlan aloqa qilib, undan farzand orttirdi-da: Bu bola Jurayjdan - deb gap tarqatdi. Natijada odamlar kelib, Jurayjning hujrasini buzib tashlashdi, o'zini urib, haqorat qilishdi. So'ng, Jurayj tahorat olib, ibodat qildi-da, ayolning bolasi oldiga borib: Ey bola, sening otang kim? - deb erdi, bola: Mening otam cho'pon , - dedi. Boyagi odamlar (xijolat bo'lib) Jurayjga: Hujrangni tilladan qayta qurib berurmiz , - deyishdi. Ammo, Jurayj: O'zi xom g'ishtdan (kesakdan) qurilgan erdi, sizlar ham xom g'ishtdan qurib beringizlar! - dedi . (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja'far ibn Abu Tolibga: Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga uxshaydi - deb marhamat qilganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Miskinlarga eng ko'p xayr-ehson qilguvchi odam Ja'far ibn Abu Tolib erdilar. Ul kishi doimo bizga muruvvat ko'rsatib, uylarida bor narsa birlan qornimni to'yg'azar erdilar, hattoki ichida hech vaqo yo'q yog' idishlarini olib chiqsalar ham, biz uni yalab tozalab qo'yar erdik . (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Ja'far ibn Abu Tolib.mp3 (19:02 minut,8,71 Mb)


"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi
1-tur: Madina davri: Urushishning shar'iylashishi. Badr g'azoti

1. Alloh taolo Ramazon ro'zasini qaysi yili farz qilgan?
a) hijratning 1-yili.
b) hijratning 2-yili.
c) hijratning 3-yili.

2. Sariyya nima?
a) Alloh uchun, Payg'ambar SAV bilan birga g'azotga otlanish.
b) Tijoriy maqsadda o'z mulkini himoya qilish uchun qurolli tarzda safarga chiqish.
c) Payg'ambar SAV shaxsan o'zlari ishtirok etmagan jangchi guruhning yurishi.

3. Rasululloh SAV nechta g'azotda ishtirok erganlar?
a) 15 ta
b) 19 ta
c) 24 ta

4. Ilk g'azot qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
a) Badr
b) Abvo
c) Buvot

5. Badr g'azoti qaysi oyda bo'lib o'tgan?
a) Rajab.
b) Sha'bon.
c) Ramazon.

6. Musulmonlar bilan mushriklar o'rtasida bo'lgan eng ulug' g'azot Badr g'azotida musulmonlardan necha kishi ishtirok etgan? Va ularning qanchasi ansoriy,qanchasi muhojir bo'lgan?
a) 500 ta, 300 ta ansoriy va 200 ta muhojir.
b) 313 ta, 240 ta ansoriy va 73 ta muhojir.
c) 220 ta, 180 ta ansoriy va 40 ta muhojir.

7. Alloh taolo Badr urushi bo'lib o'tgan kunni qanday nomlagan?
a) Furqon kuni.
b) Intiqom kuni.
c) Imtihon kuni.

8. Alloh taolo urushga amr qilgan ilk oyatlari qaysi surada ?
a) "Haj" surasi, 39-40.
b) "Baqara" surasi, 194.
c) "Tavba" surasi, 36.

9. Endi qaytaverar ekansizlar. O'zingizni Yasrib (Madina) ahliga qatl ettirmangiz. Endi sizlarga ehtiyoj yo'q. Karvon va mol mulkingizni himoya qilish uchun chiqqan edingiz, Alloh ularni qutqardi , deya Qurayshni urushni tark etishga da'vat etgan kim edi?
a) Abu Sufyon.
b) Utba ibn Robia.
c) Hakim ibn Hazom.

10. Rasululloh SAV musulmonlar bilan Badr g'azotiga chiqqanlarida, Madinaga kimni voliy qilib qoldirganlar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum.
b) Usmon ibn Affon.
c) Ka'bul Ahbor.

11. Bu ulug' g'azotga Quraysh ulug'laridan faqat bir kishi chiqmagan. U kishi kim?
a) Abul Hakam.
b) Abu Lahab.
c) Abu Sufyon.

12. Bu g'azotda musulmonlar bayrog'ini kim ko'targan?
a) Ali ibn Abu Tolib.
b) Umar ibn Xattob.
c) Mus'ab ibn Umayr.

13. Rasululloh SAV Badr g'azoti boshlanishidan oldin, musulmonlarga ikki guruhdan birini, ya'ni o'lja bilan kelayotgan karvon bilan yoki Makkadan chiqqan mushriklar bilan urushishni tanlashni aytganlarida:"Allohni buyurganini qiling, biz siz qayerga boshlasangiz boramiz...." deb, Rasulullohni SAV xursand qilgan sahobiy kim?
a) Umar ibn Xattob.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Miqdod ibn Asvad.

14. Mushriklardan Utba, Shayba va Validlar yakkama-yakka olishuvga chaqirganlarida dastlab kimlar chiqdilar?
a) Avf ibn Horis, Muavvaz ibn Horis, Abdulloh ibn Ravoha.
b) Hamza ibn Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib, Ubayda ibn Horis.
c) Abu Huzayfa, Zubayr ibn Avvom, talha ibn Ubaydulloh.

15. Hazrat Muhammad SAV Urush maydoni ustida xurmo yog'ochi shoxlaridan yasalgan soyabonda urushni kuzatdilar. U kishiga kim qorovullik qilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh.
b) Abu Bakr Siddiq.
c) Zubayr ibn Avvom.

16. Rasululloh SAV Islom va musulmonlarga yetkazgan ozori tufayli qaysi Quraysh mushriklarini duoibad qilgan edilar?
a) Shayba ibn Rabi'a, Utba ibn Rabiy'a, Valid ibn Utbani Abu Jahl ibn Hishom.
b) Abu Jahl ibn Hishom, Hakim ibn Hizom, Utba ibn Rabia, Abu Lahab.
c) Uqba ibn Abu Muoyt, Abu Jahl, Abu Lahab, Abu Sufyon.

17. Islom dushmani Abu Jahl badr janggida kimlar tomonidan o'lar holatda yarador etilgan edi?
a) Muoz ibn Afro', Muavviz ibn Afro'.
b) Abdulloh ibn Mas'ud, hamza ibn Abdulmuttalib.
c) Baro ibn Ozib, Abdulloh ibn Jahsh.

18. Abu Sufyon boshchiligidagi karvonni qutqarish uchun o'zi chiqmasdan, o'rniga unga qarzdor bo'lgan odamni jo'natgan kim edi?
a) Abu Lahab
b) Umayya ibn Halaf
c) Os ibn Voil

19. Islom tarixidagi g'azotda o'ldirilgan birinchi shahid kim?
a) Horis ibn Suroqa.
b) Mahjo'.
c) Ubayda ibn Horis.

20. Badr g'azoti davom etayotgan vaqtda Rasulullohning qaysi qizlari vafot etadi?
a) Ruqiyya r.a.
b) Ummu Kulsum r.a.
c) Zaynab r.a.


Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Badr g'azotidan so'ng. Uhud g'azotining boshlanishi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Категория: Ramazon | Просмотров: 1980 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]