Farzand ota-onaning kelajagi, umidi, orzusi, boyligi, cheksiz quvonchi, suyangan
tog‘idir. Bo‘lajak ona esa farzandining sog‘lom, ko‘rkam, baquvvat bo‘lishinn butun
vujudi bilan istaydi. Farzand hali yerug‘ dunyoga kelmasidanoq, uni o‘z organizmi
bilangina emas, qalb harorati bilan boqadi, mehrga to‘yintiradi.
Farzand ko‘radigan ayolda shunday bir bebaho tuyg‘u, hissiyot paydo bo‘ladiki,
uni dunyodagi biron-bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi, bu Allohning mo‘‘jizasi
- onalik mehridir.
Har bir ota-ona farzandining qobil, axloq-odobli bo‘lib o‘sishini orzu qiladi. Oilada
yaxshi tarbiya topgan farzand eng avvalo ota-onasiga quloq soladi. Ularning pand-nasihatlarini
odob bilan tinglaydi va unga amal qiladi. Shuning uchun yaxshi insonlarni «Otangga
rahmat, senga tarbiya bergan onangga rahmat», deb duo qilishadi.
Yosh avlod tarbiyasi, ularning salomatligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘rgatish
ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ta-biiy insoniy odatlardir.
Bu boradagi muhim vazifalardan biri bolani chaqaloqlik davridan boshlaboq mustaqillikka
o‘rgatishdir. Chunki bolaning bilimga bo‘lgan havasining qaror topishnda eng mas’uliyatli
davr uning uch yoshgacha bo‘lgan vaqti ekani isbotlantan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni maktabda tayyorlaydi, Shuning uchuk bolalarning
o‘z tengdoshlari bilan o‘yinlarida ularga mumkin qadar ko‘proq mustaqillik bergan
ma’qul.
Bolani boshlang‘ich maktabda o‘qitish davrida eng zarur narsa unda mustaqil o‘z
ustida ishlash va dars tayyorlash malakasini tarkib toptirishdir» Afsuski, ko‘p
ota-onalar farzandining hisob masalalarini yechib beradilar va hokazo. Xullas, bolani
qiyinchiliklarni mustaqil yengishga o‘rgatmaydilar. Natijada ular yuqoriroq sinflarda
o‘qiyotganda shunday qiyinchiliklarga duch keladilarki, buni o‘zlari mustaqil bartaraf
qila olmaydilar.
Odatda 3-5 sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligida radio, televizor, kompyuter, elektr,
texnika, turli montaj ishlari, konstrukniyalar va boshqalarga qiziqishdari ko‘proq
uchraydi, Shuning uchun bolalarga shu yoshdayoq o‘z qiziqishlari - bu qiziqish qaysi
sohaga oid bo‘lmasin, texnikagami, tabiatgami, san’atgami, uni qondirishga imkon
berish zarur.
Bolalar 5-sinfga o‘tgach, bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq mas’uliyatli bir
davr - o‘smirlik boshlanib, bu mustaqillikning rivojlanishidagi yangi pog‘onadir.
Afsuski, juda ko‘p ota-onalar buni tushunishni istamaydilar. Bola hayoti bu davrda
o‘ziga bo‘lgan munosabatning butunlay o‘zgarishini talab qilishini unutmaylik. Nihoyat,
16 yoshlarda bolalik davri tugab, yigit va qiz o‘zini jamiyatning haqiqiy a’zosi
deb his qila boshlaydi. Binobarin, barkamol avlodni kamol toptirish masalasi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Ona yurtimiz ravnaqi uchun baquvvat,
ruhan va jismonan sog‘lom farzandlar kerak. Chunki farzand sog‘lom bo‘lsagina, ulg‘aygach,
xalqning koriga yaraydi, biron-bir sohani mukammal egallab, yurt ravnaqi yo‘lida
xizmat qiladi.
|