Dushanba, 20.05.2024, 00:15
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 23 » Ramazon tuhfasi 21,22 kunlar
08:25
Ramazon tuhfasi 21,22 kunlar

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 23-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu onamizga Allohumma inniy as'aluka minal xoyri kullihi 'ojilihi va ojilihi ma 'alimtu minhu vama lam a'lam va a'uzu bika minashsharri kullihi 'ojilihi va ojilihi ma 'alimtu minhu vama lam a'lam va as'alukal jannata vama qarraba ilayha min qovlin av 'amalin va a'uzu bika minan nari vama qarroba ilayha min qovlin av 'amalin va as'aluka xoyro ma sa'alaka bihi 'abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va a'uzu bika min sharri masta'ozaka minhu 'abduka va rasuluka Muhammad sollallohu alayhi vasallam va as'aluka ma qozayta liy min amrin an taj'ala 'oqibatahu roshada , deb aytdilar. (Allohim, Sendan yaxshiliklarning barchasini-bu dunyodagisiyu oxiratdagisini, bilganim-u bilmaganimni so'rayman. Va Sening noming ila yomonliklarning barchasidan-bu dunyodagisiyu oxiratdagisidan, bilganim-u bilmaganimdan panoh tilayman. Va Sendan jannatni hamda unga yaqinlashtiruvchi so'z yoki amalni so'rayman. Va Sening noming ila do'zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so'z yoki amaldan panoh tilayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom so'raganlarining yaxshisini Sendan so'rayman. Quling va rasuling Muhammad alayhissalom panoh tilaganlarining yomonidan Sening noming ila panoh tilayman. Va biror ishni taqdir qilsang, oqibatini to'g'ri qilishingni so'rayman.) Imom Ahmad ibn Hanbal Musnad larida, Ibn Moja Sunan larida rivoyat qilganlar.

Sahih hadisi shariflar

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi: Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi? deganida, u zot: Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog'ing , dedilar. U kishi: So'ngra qaysisi? deganida, u zot: Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo'rqib o'ldirib yuborishing , dedilar. So'ngra qaysisi? deganida, u zot: Qo'shningning xotini bilan zino qilishing , dedilar. Shundan so'ng Alloh uning tasdig'iga oyat nozil qildi: Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o'ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo'lur (Furqon surasi, 6yat). (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan) gaplashib o'ltirgan erdilar, huzurlarida bir badaviy ham bor erdi. Shunda Janob Rasululloh: Jannat ahlidan bo'lmish bir kishi (jannatda) dehqonchilik qilishga Olloh taolodan ruxsat so'radi. Olloh taolo unga: Ko'ngling tusagan narsa (noz-ne'mat)lar ichra emasmisan?! - dedi. Boyagi kishi: Bu yerda hamma narsa muhayyo bo'lsa-da, men dehqonchilik qilmoqchiman ,- dedi. Keyin, u don eqdi, ekkan donlari tezda unib chiqib, mo'l hosil berdi. Keyin, u urib olib, tog'lar kabi baland-baland xirmonlar uydi. Shunda Olloh taolo boyagi kishiga: Ey Odam bolasi, bu ham senga kam, chunki seni hech narsa to'ydira olmas! - deb aytdi , - dedilar. Shunda huzurlaridagi badaviy: Yo Rasulalloh, o'shal odam yo qurayshiy yoxud ansoriy bo'lsa kerak, chunki qurayshiy va ansoriylar dehqondurlar, biz badaviylar ersak, dehqon ermasmiz , - dedi. Uning bul gapidan Janob Rasulullox kulib yubordilar . (sahih, Buxoriy rivoyati).         

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Uhud voqeasi kuni odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni tashlab qochib, Abu Talhagina (teridan qilingan) qalqonlari birlan ul zotni himoya qilib qoldilar. Abu Talha kamonni nihoyatda qattiq tortib otguvchi mergan kishi erdilar, o'shal kuni ikki yoki uch kamonni sindirib qo'ydilar. Shunda bir kishi o'q to'la sadoq birlan Abu Talhaning yonlaridan o'tib, ketayotgan erdi, Janob Rasululloh unga: Sadog'ingdagi o'qlarni Abu Talhaga tashlab ket! - dedilar. So'ng, ul zot qadlarini rostlab, dushmanlar tomonga qaradilar, dushmanlar ersa tinmay o'q uzib turishar erdi. Abu Talha: Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo'lsinlar, qaddingizni ko'tarmangiz, tag'in dushmanlar otayotgan o'qlardan birortasi sizga tegib ketmasin, (iloho), sizning ko'ksingizga (otilgan o'q) mening ko'ksimga (qadalsin!) - dsdilar. Keyin, men Oisha binti Abu Bakr birlan (Abu Talhaning xotinlari) Ummu Sulaymni ko'rdim, ikkalalari ko'ylaklari etagini (bir oz) shimarib olishgan bo'lib, ularning to'piqlariga ko'zim tushdi, (bu Hijob oyati nozil bo'lmasidan ilgari bulgan erdi). Ikkalalari og'ir meshlarni orqalagan holda qoqilib-suqilib (yarador) musulmonlarning oldiga borishar va ularning og'izlariga suv quyishar erdi. Keyin, ortlariga qaytishib, meshlarni suvga to'ldirishar, so'ng yana (yarador) musulmonlarning oldiga kelishib, ularning og'izlariga suv quyishar erdi. (O'shal kuni, ya'ni Alloh taolo musulmonlarni xotirjam qilish va ularning dillaridan shayton vasvasasini ketkazish uchun orom uyqusini nozil qilgan Uhud voqeasi kuni) Abu Talhaning qo'llaridan qilichlari ikki yoki uch marta tushib ketdi . (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Abu Talha al-Ansoriy.mp3 (08:17 minut, 3,80 Mb)


Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 22-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, Voy gunohlarim, voy gunohlarim , deb ikki yoki uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: Allohumma mag'firatuka avsa'u min zunubiy va rohmatuka arja 'indiy min 'amaliy , deb ayt , dedilar. U bu duoni o'qidi. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So'ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Tur, batahqiq mag'firat qilinding , dedilar. (Ma'nosi: Allohim, mag'firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi ko'rmaguningizcha (komil) iymonli bo'lmaysiz. Agar bajarsangiz, bir-biringizni yaxshi ko'rishingizga sabab bo'ladigan narsaga dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni tarqating , deb aytdilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Anas ibn Malik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Abu Talha madinalik ansorlarning eng badavlati hisoblanardi. Uning eng yaxshi ko'rgan boyligi (mol-mulki) Bayruho bog'i erdi. Bu bog' masjidning ro'parasida bo'lib, Janob Rasululloh u yerga kirib, uning (shirin) suvidan ichib turardilar. (Ey musulmonlar), o'zingiz yaxshi kurgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar degan oyat nozil bo'lganda, Abu Talha Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: Yo Rasulalloh, Olloh taolo o'z Kitobida: (Ey musulmonlar), o'zingiz yaxshi ko'rgan narsalaringizdan xayru ehson qilmaguningizcha hargiz yaxshilik kamolotiga erisha olmassizlar deydi. Mening eng sevimli mulkim Bayruhodur. U Olloh taolo yo'lida sadaqa bulsin! Buning uchun men Olloh taoloning dargohida ajr olmoq umididaman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o'zingizga amr qilgan narsaga sarf qilingiz! - dedi. Shunda Janob Rasululloh: Voh-voh! Naqadar xayriyatovar bu bog'ing! Naqadar xayriyatovar bu bog'ing! Men uning xususida ne deganingni eshitdim. Uni qarindoshlaringga bo'lib berganing maqul , - dedilar. Abu Talha: Aytganingizdek qilgum, yo Rasulalloh! - dedi-da, uni eng yaqin qarindoshlari va amakivachchalariga bo'lib berdi . (sahih, Buxoriy rivoyati).    

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Anas raziyallohu anhu: Qur'onni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida barchalari ansorlardan bo'lmish to'rt kishi    - Ubay, Muoz ibn Jabal, Abu Zayd va Zayd ibn Sobit jam' qildilar - dedilar. Shunda Anasga: Abu Zayd kim? - doyishdi, Anas: Amakilarimdan biri (ya'ni Avs) , - dedilar . (Ayrim ulamolar: Mazkur hadisda Janob Rasulullohning davrlarida Qur'onni yod olganlar yuqoridagi to'rt kishi ekanligi yoki Qur'onni faqat ansoriy qabilaga mansub bo'lganlar jam' qilganligi nazarda tutilgan bo'lsa kerak , - deyishadi). (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Zayd ibn Sobit.mp3 (08:46 minut, 4,01 Mb)



Powered by Ziyouz.Com


Категория: Ramazon | Просмотров: 1508 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]