Juma, 17.05.2024, 13:22
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Март » 16

Keling, dastlab to‘yxona va restoranlar harajati haqida gaplashamiz. Chunki to‘yning uyda o‘tishi Toshkentda allaqachon «moda»dan qolib ulgurgan. Taxminimizcha, 90 foizdan ko‘proq to‘ylar shunday maxsus joylarda o‘tkazilmoqda. Ayni paytda poytaxtda qurilishi davom etayotgan, hali bitmagan bir nechta to‘yxonani topish mumkin ekan, demakki ularning soni kelajakda yanada ko‘payadi.


Категория: Mulohaza | Просмотров: 2915 | Добавил: hamma | Дата: 16.03.2008 | Комментарии (4)


Muhabbat opa o‘zlari yashaydigan ko‘p qavatli uy oldini qo‘shnilari bilan birga tozalashayotgan edi. Ularning oldiga qo‘lida chaqaloq ko‘tarib olgan yoshgina bir qiz kelib salom berdi.
— Vaalaykum assalom, qizim yaxshimisiz? — dedi Muhabbat opa.
Qiz nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz juftlab turar, lekin tili aylanmasdi. Nihoyat u duduqlangancha:
— K-kechirasiz, m-men bolamga enaga izlayotgandim...— deya oldi.


Категория: Kitoblar | Просмотров: 2437 | Добавил: hamma | Дата: 16.03.2008 | Комментарии (0)


Ona tubida cho‘g‘ lovullab turgan issiq tandirdan qaynoq nonlarni bir-bir uzgancha, savatga tera boshladi. Hammasini uzib bo‘lgach:
– Shahlo qizim! Mana non ham pishdi. Endi tezroq tayyorgarligingni ko‘r. Men ungacha ovqatni suzaman. Yaxshilab ovqatlanib olmasang, yo‘l uzoq, qiynalib qolasan, bo‘laqol,– dedi.
Shahlo endigina o‘n to‘qqiz yoshni to‘ldirgan edi. U hali umrida bunaqangi olis shaharga safar qilmagan, onasining bag‘ridan uzoqlashmagan. Shu bois, begona yurtga bo‘ladigan ilk safari uni anchagina cho‘chitayotganidan, hayajon ichra yo‘l tadorigini ko‘ra boshladi...


Категория: Kitoblar | Просмотров: 3798 | Добавил: hamma | Дата: 16.03.2008 | Комментарии (1)

Ko'plab qulayliklarga ega ekan.Kamina ham Winampni tashlab shunga o'tib oldim :)
Категория: Programmalar | Просмотров: 849 | Добавил: hamma | Дата: 16.03.2008 | Комментарии (0)