Juma, 17.05.2024, 10:28
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Март » 20
Sanoat rivojlanishi aholi yashash darajasining o‘sishi omili sanaladi. Lekin ishlab chiqarish korxonalari miqdori shiddat bilan oshib borayotgan bir paytda atrof-muhit tozaligi bilan bog‘liq muammolar ham jiddiy tus olmoqda. Yaqinda Bleksmit instituti bu borada tadqiqot o‘tkazdi va sayyoramizning ekologik jihatdan eng xavfli 10 ta shahrini e’lon qildi. Institut mutaxassislari atrof-muhit tozaligi bo‘yicha mazkur shaharlardagi ahvol anchayin xatarli ekaniga e’tibor qaratganlar va ekologik holatni yaxshilash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirganlar.
1. Linfen, Xitoy
Xitoyning ko‘mir havzasi “yuragi”da joylashgan Linfen shahri o‘nlab shaxtalar bilan ihotalangan. Atrof-muhit zaharli gazlar bilan shu qadar to‘yinganki, agar oppoq kiyimni yuvib, ochiq havoga qo‘yilsa, u bir zumda qop-qora tusga kiradi.


Категория: Mulohaza | Просмотров: 1840 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)

Yoki Rossiya va Polsha ko‘pga cho‘zilgan iqtisodiy kelishmovchilikni bataraf etish arafasida
Polsha va Rossiya o‘rtasida bir necha yildan buyon davom etib kelgan sovuq munosabatlar o‘rnini iliq qo‘shnichilik aloqalari egallayapti. Bir vaqtlar yagona lagerda bo‘lgan va zamona zayli bilan ikki qutbga ayrilgan davlatlar hamkorligining yana qayta jonlanayotgani Polsha siyosiy hayotida ro‘y bergan so‘nggi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Joriy yilning oktyabrida bo‘lgan parlament saylovida Donald Tusk boshchiligidagi “Fuqarolik platformasi” partiyasi g‘alaba qozondi va mamlakat qonunlariga ko‘ra qonunchilik idorasida ko‘p o‘rin egallagan siyosiy guruh sifatida hukumatni shakl­lantirdi. Partiya yetakchisi Donald Tusk esa mamlakat bosh vaziri vazifasini egalladi.
Категория: Siyosat | Просмотров: 1424 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)

 "Strategiya Rossii" jurnalida iqtisod fanlari nomzodi Lyudmila Smirnovaning "Urush ochish vaqti yetdi..." nomli maqolasi chop etildi. Maqola muallifi Rusiyadagi nufusiy fojia (tug‘ilish keskin kamayib ketishi)ning bosh sababchisi bo‘lgan mast qiluvchi ichkiliklarga qarshi amaliy kurashga chaqiradi. Maqolada ochiq-oydin aytilgan: "Rusiyada eng katta ijtimoiy muammo jamiyatning spirtli ichkiliklarga mukkadan ketganidir. Hozir mamlakatda 2,4 million ashaddiy ichkilikxo‘r mavjud. Ammo shifokorlar tasdiqlashicha, bu raqam kamida o‘n marta kamaytirib aytilgan. Aslida 25 million rusiyalik ichkilikka butkul berilgan yoki spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qiladi. Ularning yaqinlari, qarindoshlari ham bu fojia ta'siridan chetda emas. Shunday qilib, Rusiya aholisining teng yarmi ichkilikxo‘rlik asoratlaridan u yoki bu darajada   jabr chekmokda.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2560 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)

 Yangier shohbekatida avtobus kutib turgandim. Ittifoqo bir guruh hali mo‘ylabiga ustara tegmagan yosh-yalang avtobusning orqa eshigi yoniga kelib to‘xtadi. Yigitlarning bir-biriga qilayotgan muomalasi, yurish-turishi, o‘zlarini tutishi beixtiyor e'tiborimni tortdi. Ular bir-biriga beandisha so‘zlar aytishar, yigitlarga xos bo‘lmagan ingichka, g‘alati ovozda hiy-hiylashib qiyqirishardi. "Sarxushlik oqibati" - xayolimga kelgan dastlabki fikrdan g‘ashim keldi. Axir yigit degani ko‘cha-ko‘yda sal o‘zini tutib, izzatini saqlasa tuzuk edi.
..Shu payt anchagina "zamonaviy" ki­yingan, sog‘lom tanasini ko‘z-ko‘z qilayotgan bir qiz ularning yonidan o‘tib qoldi. Yigitlardan biri qiz tomon be­o‘xshov cho‘zilib, "Qizgina, oh-oh qizgina!" deya hirs to‘la nigohini unga tikib, xunuk bir harakat qildi. Yonidagilar hiy-hiylashib unga jo‘r bo‘lishdi. Qiz yurishda sekinlashdi....
Категория: Mulohaza | Просмотров: 1382 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (1)

 Shaxsning dunyoqarashi, ma’naviyati, qolaversa, tafakkuri shakllanishida ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta. Avvalambor, OAV deganda biz nazarda tutayotgan matbuot nashrlari, radio, televidenie, internet kabilardan eng ommaviy, barcha uchun qulay bo‘lganini ajrataylik. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda bunday axborot vositasi televideniedir. Xo‘sh, televideniening shaxs rivojlanishi, uning ma’naviyati shakllanishiga ta’siri qanday? U o‘quvchi yoshlarning bilimini, dunyoqarashini to‘ldiradimi, boyitadimi?
Ayrim guruh vakillari televidenieni asrimizning fojiasi deb qaraydilar. Uni «axborot-ko‘ngilochar giyohvandlik» («informatsionno-razvlekatelny narkotik») deb hisoblaydilar.


Категория: Mulohaza | Просмотров: 1985 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)

Фильм основан на реальных фактах из жизни самого богатого в мире рэппера Кертиса Джексона, известного под сценическим псевдонимом - 50 Cent. Не каждому из нас суждено перенести сначала убийство матери-торговки наркотиками, потом продолжить ее карьеру, затем стать гангстером в своем районе, отсидеть в тюрьме, получить пять пуль и выжить, утереть сопли, решить бросить криминал и стать музыкантом.
Категория: Kino olami | Просмотров: 1048 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)