Juma, 17.05.2024, 12:13
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Июль » 25 » Xojiboy Tojiboev endi oramizda yo'q. :((
09:42
Xojiboy Tojiboev endi oramizda yo'q. :((
title

Qiziqchilik olamida o'z o'rniga ega bo'lgan, elimiz suygan so'z ustasi Xojiboy Tojiboev bugun bu foniy dunyoni tark etdi. Uni jigar sirrozi kasalligi olib ketdi. 24 iyul afsuski, o'zbek qiziqchiligi uchun og'ir keldi. Sevimli qiziqchimizni endi faqat audio va video tasmlarda, CD, VCD hamda DVD disklarda qoldir xolos...





U son-sonoqsiz kulgu shinavandalarining ko'nglini zavqqa to'ldirgan. U minglab insonlarni chexrasida tabassum yugurishiga sababchi bo'lgan. Uning birgina kulgusi, jilmayib imo-ishora qilishi muxlislariga olam-olam quvonch bag'ishlagan.
Bugun 24-iyul kuni, tabarruk 53-yoshida, xalqimizning sevimli san'atkori, beqiyos iste'dod sohibi, O'zbekistonda xizmat ko'rsangan artist, kulgu darg'asi Xojiboy Tojiboev bu yorug' olamni tark etdilar...

Bugun kimdir birinchi farzand kurgani uchun oshno-ogaynilarini yigib hak beryapti, kimdir tug'ilgan kunini nishonlamokda, yana kimdir pul topolmay uyga kaytganidan hafa, kimnikidadir esa aza…

San`atimiz tobora asl san`at ustalarini yukotib bormokda. Umumiy ma`noda aytganda, e' san`atimizga kuz tegmokda, ajal botqog'iga kirib boryaptimikan? Qaysidir san`atkorlarimiz uchun tiriklayin gur kaziyapmiz, umri zavol bulganlarini e`sa bir kundan keyin deyarli eslamayapmiz ham. Hayot ishlari qizik!

Sevimli kulgu ustasi, Uzbekistonda hizmat kursatgan artist Hojiboy Tojiboevni bugun ulim atalmish haqikat oramizdan yo'lib ketdi. Boshqa hech qachon qaytarmaydigan qilib… Bir bahya ham endi uning jonli ravishdagi kulgularidan bahramand bula olmaymiz… Qanchalar og'ir judolik?!

Tojiboevning eng katta yutugi shunda ediki, uning kulgularida shundokkina uz hayotimiz, halqimiz turmushi bor edi! U hakikatan ham halqning muhabbatini chin manoda qozona olgan sanatkor!
Stadionlarni tuldirib bitta uzi konsert berardi. Hali bu darajaga bironta uzbek kulgu ustasi yeta olmagan! Eng sunggi konsert dasturi oldidan ham Hojiboy akaning sogligi haqidagi nohush habarlar kulogimizga chalingandi. Hatto konserti mahali ham dardini ichiga yutib bulsa-da, muhlislari qalbiga kutarinkilik ulashish uchun ijod kilgani tahsinga arzigulik.

U haqda ancha gapirish mumkin. Yahshi hotirotlar ancha.U yahshi shahs edi. Ochikkungilligi, hushtabiatligi, samimiyligi, hamisha oddiy halq bilan birga bulganligini hech kim yodidan chiqara olmasa kerak. Bugun tushlikdan keyingi habarni eshitib, dong qotib qoldik.

Hojiboy Tojiboev vafot etibdi… Ma`lum bulishicha, bemor jigar sirrozi hastaligi bilan og'ir ahvolda 23 iyul kuni tushlikdan keyin 16-shahar shifohonasiga olib kelingan. Vrachu hamshiralar ham bu shahsning muhlisi ekanligi bois ham, ming karra jon olib, jon berib bemorning ahvolini yahshilashga kirishishdi. Yuq, taqdir chizigidan chikib bulmaydi.

24 iyul, 15.00-16.00 atrofida Hojiboy aka kuzini boshka ochmadi… U foniy dunyo bilan vidolashdi!Hayot g'animat. Hayot fursat. Hayot - bor yuk… Bir-birimizning qadrimizga etish, bir-birimizni kuprok avaylab etishimiz uchun hali ham kech emas!

Sevimli ijodkorning oila a`zolariga, yakin dustlariga saytimiz ijodkorlari va minglab muhlislari nomidan chukur hamdardlik bildiramiz.

P/S: Sunggi malumotlarga qaraganda, Hojiboy Tojiboev tug'ilgan joyi, Tojikiston jumhuriyati, Leninobod tumaniga dafn etilarkan.
Категория: Shou-biznes | Просмотров: 4441 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 3.4/5
Всего комментариев: 6
Ник: Muqaddas

Ilohim bu dunyoda bilib-bilmay qilgan gunohlarini ollohni o`zi kechirib jannat sutlaridan bahramand qilsin.Tuproqlari yengil qabrlari yorug` bo`lsin!!!!!!!


Ник: welsey

Olloh Rahmatiga olsin! Joylari Jannatda bo'lsin!!!


Ник: Shaxzod Qurbonov

Rosa xafaman hech qaysi san'atkor sizchalik kunglimdan joy olmagan.qaysi davrada utirsak faqat sizni gaplarizni eslaymiz.hech qaysi artist konsertiga borishni orzu qilmaganman sizni esa samarqandga kelishizni orzu qilardim konsertizga kirish esa armon bulib qoldi.boshqalarga armon buldi deb aytmasdim chunki ularga intilmaymanam.
sizchalik birorta uz suzinijoyida etgazib gapiradigan san'atkor bumasa kerak.suzlaringiz bizga yod bulib ketgan.olloh rahmat qilgan bulsin joyingiz jannatba bulsin.inson uz yaqinidan judo bulsa qiyin ekan.xuddi oilamiz a'zosiday bulib qolgandiz.yoshligimdan sizni gaplarizni aytib qiliqlarizni uxshatib kuplarni kuldirganman.sizchalik biror san'atkor kunglimga utirmagan.butun oilamiz a'zosi sizni ishtiyoq bilan tomosha qilardik.odam qiziq ahvolga tushib qolar ekan afsus hammamizning boshimizda borligini bilaman.barbir achinarli.kunglimga qanday his tuygu borligi ollohga ayon.emdi konsertingizni yangi soni chiqmasligini sizni kurish nasib qilmaganini eslasam kunglim jimirib ketadi uzimni yomon his qilaman.qancha siz haqizda gapirsam oz.barbir kunglimdagini chiqara olmayapman.har doim sizni eslab yuraman.joyingiz jannatda bulsiz.sizcalik xalqqa mehribon odam bumasa kerak.har doim yuragimdasiz.(((((((((((((((((((((((((((((((((((bir nimani yuqotgandayman.qimmat narsamni.hojiboy tojiboevning oila a'zolariga hamdardligimni etkazing iltimos.


Ник: Husniddin

hozirgacha ishona olmayapman,nahotki rost bo'lsa??


Ник: Farruh

Ming afsuski, man bu xodisani eshitib go`yoki bir yaqin odamimni yo`qotgandek his qildim...
To`g`risini etganda boshimdan nima o`tganini faqat ollohga ayon...
Axir u zot bizga bir najot ba`g`ishlovchi nur edilar, nega desangiz bazi bir vaqtlar kishilar o`z ishlaridan bezigan chog`da , uni tinglasalar o`z ishiga bo`lgan muhabbati va hurmati osmon qadar yuksalardi...
Lekin ishonish qiyin...
Manga bu xodisani bir yaqin qarindoshim etdi. Adashmasam 24-iyunda 4-lar atrofida 16-Go`r balnitsada olamdan o`tdi...
Bazi birovlar bu xabardan xursand cho`g`i ko`rinadi...
Bazilar esa bu shum xabari yetkazishga oshiqadi...
Yana kimdirlar esa bu xabarni og`zini ko`pirtirib etib qo`yishadi: Ey eshitinglar Xojiboy olamdan o`tibdi tarzida....]
Ex bundayalarga xudodan insof va iymondan bo`lak hech nima so`ramayman...
Admin sizga katta tashakkur , ushbu voqeani batafsilroq yoqitishga harakat qiling,iltimos.
Oldindan Rahmat...
Iloji bo`lsa ularning oila azolariga mani chuqur taziyamni etkazinglar....


Ник: Administrator

cry


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]