Juma, 17.05.2024, 12:57
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Август » 24 » Photoshopda tomchi effektini tuzish
08:59
Photoshopda tomchi effektini tuzish
Quyidagi yoki shunga o'xshash rasmlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak:

null

To'g'ri, bu photoshop emas. Lekin photoshopda shunga o'xshash tomchilar yaratish mumkin. Buning uchun ixtiyoriy kattalikdagi rasm olamiz. (O'rganish uchun 400x300px rasm bo'ladi.). Topgan rasmingiz yashil o'simlik bo'lsa haqiqiyroq chiqadi. Shunga o'xshash rasmlar saytning wallpapers bo'limida bo'lsa kerak.
Elliptical Marquee Tool'ga (o'zbekcha tarjimasini topolmadim) qo'yib kichik doiracha chizamiz. So'ng Tepadagi menyulardan Layer >> New >> Layer bosib chiqqan oynachadan OKni bosamiz. Rangni oldingisini qora, orqasini oq qilamiz. Gradient tool'ni tanlab, Pastdagi rasmdagidek ko'rinishda rang beramiz

null

null

Layer oynasidan (Agar u yo'q bo'lsa Window menyusidan Layers'ni yoki F7 ni bosing) Normal'ni Overlayga o'zgartiramiz.

null

Layer staylga kiramiz. Buning uchun Layer oynasidagi Layer 1 ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib Blending options'ni tanlaymiz. Qolgan ishlarning rasmga qarab bajaring

null

null

Endi yorug'lik effektini chiqarish uchun rangni oq qilib belgilaymiz. Brush Tool'ni bosib 9 px kattalikda doiraning o'ng tomoniga kichkina doiracha chizamiz. Ish tugadi. Endi birnecha shunday tomchilar qilib chiqishingiz mumkin.

null

comsoft.uz
Категория: Darshona | Просмотров: 1451 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]