Juma, 17.05.2024, 10:28
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 9 » Saylovga 100 kun qolganda ikki nomzod o'z bayonotlari bilan chiqdi
09:30
Saylovga 100 kun qolganda ikki nomzod o'z bayonotlari bilan chiqdi


AQShda prezidentlik saylovi yaqinlashgan sayin Oq uyga xo‘jayinlik qilishga harakat qilayotgan nomzodlarning g‘oliblik uchun bo‘lgan kurashlari avjiga chiqmoqda.

Yaqinda demokratlar vakili Barak Obama Afg‘oniston, Iroq, Isroil kabi bir qator mamlakatlarda saylovoldi safarida bo‘lib, u joylarda o‘z rejalari bilan chiqishlar qildi. Uning «Agar prezident bo‘lib saylansam, 16 oy ichida AQSh qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqaman», degan mazmundagi bayonoti shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
U saylovga 100 kun qolganligi munosabati bilan chiqish qilib, agar prezidentlikka saylansa, qanday odam o‘zining o‘ng qo‘l yordamchisi bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi. Barak Obamaning aytishicha, «Bosh vazirning qanday odam bo‘lishi ahamiyatli emas», ekan. U o‘z yordamchisining «chuqur bilimli, boy tajribasi bilan o‘zining kamchiliklarini to‘ldirishi lozim»ligini bildirdi.
Barak Obama o‘zining sobiq raqobatchisi Xillari Klintonning fazilatli tomonlariga
yuqori baho berdi. «U bizning safimizdagi eng intiluvchan, bilimli va jasur siyosatchilardan biri hisoblanadi», dedi u. Shuningdek, Obama senatorlar Jek Rid va Kler Makkaskil faoliyatlariga ham yuksak baho berdi.

Respublikachilar vakili Jon Makkeyn ham o‘zini siyosat olamida ko‘rsatish uchun shov-shuvli bayonoti bilan chiqdi. U Rossiyaning hozirgi rahbariyatini «yomon» ko‘radigan shaxslarga yaxshi ko‘rinish uchun bu mamlakatning siyosiy qarashlariga tosh otishni boshladi.
Prezidentlikka nomzod Jon Makkeynning aytishicha, hozir Rossiyani Medvedev emas, V.Putin boshqarayotgan emish. Putin prezidentligi vaqtidagi Gruziya va Ukrainaga bo‘lgan qarashlarning davom etayotganligi unga mutlaqo yoqmas ekan. Shuning uchun ham agar u prezident bo‘lib qolsa, birinchi navbatda Rossiyani «katta sakkizlik»dan chiqarishga harakat qilarmish.
Makkeynning bu bayonotiga bir qator siyosatdonlar o‘sha vaqtning o‘zida javob qaytarishdi. «Makkeynning taklifi bo‘yicha ish tutilsa, katta siyosiy xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lardi, — dedi Barak Obama. — Yadro qurolining tarqalishini cheklashda Rossiyaning roli katta».
Rossiya prezidenti D.Medvedev esa Makkeynning bayonotini nojiddiy safsata deya baholadi. Ammo Rossiyaning hozirgi siyosatini tanqid qilib kelayotgan huquq himoyachilari Yelena Bonner va Vladimir Bukovskiy Makkeynning bayonotidan quvvat olganday, zudlik bilan prezident bo‘lish uchun kurashayotgan nomzodlarga ochiq xat bilan murojaat qilib, Rossiyani «katta sakkizlik» davlatlari tarkibidan chiqarish ayni muddao bo‘lar edi, deb ayyuhannos solishdi.
Yuqori lavozimga chiqish uchun harakat qilayotgan har bir shaxsning kichkinagina bayonoti ham katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin. Uning bir so‘zi obro‘yini oshirishi, birgina so‘zi ko‘p mehnat evaziga to‘plagan obro‘-e’tiborini bir pulga chiqarib yuborishi ham mumkin. Nomzodlarning har bir gapini yuzlab siyosatdonlar, mutaxassislar sinchiklab o‘rganadilar, undan keyin xulosa chiqaradilar.
Oddiy xalq esa, bo‘lajak prezidentdan mamlakatning tinch va farovon bo‘lishini, dunyoda urush bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qarasak, Barak Obama yuritayotgan siyosat oddiy aholini ko‘proq qiziqtirmoqda. Uning qanday natija berishini vakt ko‘rsatadi. Unga bor-yo‘g‘i 3 oydan sal ko‘proq vaqt qoldi.


Manba:info.islom.uz

 

Категория: Siyosat | Просмотров: 1627 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Ник: Administrator

Seychas sayt na razrabotku.. skora rss budut inshaallah
smile


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]