Juma, 17.05.2024, 12:57
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2009 » Апрель » 19 » Sevgi haqida o'ylar...
12:49
Sevgi haqida o'ylar...




Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir.
K. Tile.

Sevgi — bu yashamoqlik istagidir
M. Gorkiy.

Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi.
F. Volter.
Propertsiy.

Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham.
A. S. Makarenko.

Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
Mayn Rid.

Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.
J. J. Russo.

Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin.
Terentsiy.

Eng aqlli erkak sevgan paytida ahmoqqa aylanadi; eng yengiltak qiz esa sevsa oqila bo'lib qoladi.
M. Safir.

Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi.
G. Senkevich.

Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir.
A. A. Blok.

Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi.
M. Servantes.

Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir.
B. Fontenel.

Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz.
M. Y. Lermontov.

Sevgi qizamiqqa o'xshaydi: qancha kech qo'zisa, shuncha xavfli.
D. Jerrold.

Sevgisiz odam — odam emas.
Qobus.

Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir.
B. Shou.

Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi.
M. Gandi.

Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir.
G. Ibsen.

Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir.
J. Sand.

Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi.
L. N. Tolstoy.

Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak.
R. Berns.

Категория: Qiziq | Просмотров: 3482 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 5
Ник: sanjar

sevgiga til ojiz allohning inoyati allohning muhabbati oldida odamga berilgan muhabbat 1000/1ga tog'ri keladi


Ник: dj husanboy

Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi chun yurakdan sevgan odam buni tushunadi sevgi xayotda bor narsa sevgi bu odamni kuydiradi kuldiradi goxida quvonch goxida esa qayg'u bo'ladi sevgi shu narsasi bilan shirin bu narsalar bo'lmasa bu sevgi emas.


Ник: ....

Man uni judayam sevaman,lekin u boshqa qizga unashtirilgan.U qizning akalaridan qo'rqani uchun unga uylanishga majbur.Ha men shunday qo'rqoqni butun qalbim bilan sevaman!Lekin meni hech kim tushunishni istamayopti,nima qilay?


Ник: Olim

Balki qachonlardir bir-birimizni va bu dunyoni tark etamiz. Ammo qanchalik istamaylik o’rtamizda siz va mеn o’tkazgan damlar esda qoladi. Bu hissiyot, bu tuyg’u umrbod saqlanadi, bizning sеvgimiz ertaklardagiday xеch qachon esdan chiqmaydi, odamlar qalbi qo’ridan joy oladi. Avloddan avlodga o’tib nihoyat insonlar sizni qanchalik sеvganimni tushunishadi. Qaniydi dunyoda abadiy bo’lsam, umrbod sizni sеvib-sеvib yashasam, hеch qachon sizni yo’otmasam, doimo yonimda bo’lsangiz. Sizsiz hayotim zеrikarli va sog’inchli o’tayapti. Gunohkor insonman, ammo sizga bo’lgan sof muhabbatim bilan jannatga tushaman. Jannat dеymanu biroq mеnga jannatni ham kеragi yo’q, chunki u еrda sizsiz juda-juda zеrikaman. Yillar davomida qalbim manzil izlab kеladi, mеn izlagan o’sha manzil siz.
- Dunyoda ko’proq nimani sеvasiz mеnimi yoki HAYOTNI?
O’shanday mеn
- HAYOTNI dеdim.
Gapimni ohirigacha eshitmasdan hafa bo’lib kеtib qoldingiz, HAYOT - bu Siz ekanligingizni bilmasdan.


Ник: shahnoz

sevgi eng oliy tuygu u uchun inson barcha narsasidan kechishi ham mumkin


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]