Juma, 17.05.2024, 12:38
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » Mulohaza
« 1 2 3
 Shaxsning dunyoqarashi, ma’naviyati, qolaversa, tafakkuri shakllanishida ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta. Avvalambor, OAV deganda biz nazarda tutayotgan matbuot nashrlari, radio, televidenie, internet kabilardan eng ommaviy, barcha uchun qulay bo‘lganini ajrataylik. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda bunday axborot vositasi televideniedir. Xo‘sh, televideniening shaxs rivojlanishi, uning ma’naviyati shakllanishiga ta’siri qanday? U o‘quvchi yoshlarning bilimini, dunyoqarashini to‘ldiradimi, boyitadimi?
Ayrim guruh vakillari televidenieni asrimizning fojiasi deb qaraydilar. Uni «axborot-ko‘ngilochar giyohvandlik» («informatsionno-razvlekatelny narkotik») deb hisoblaydilar.


Категория: Mulohaza | Просмотров: 1985 | Добавил: hamma | Дата: 20.03.2008 | Комментарии (0)

\
Hozirgi kunda Internet zamonaviy hayotning tarkibiy qismi bo’lib qoldi, sababi oddiy voqealar va o’yin kulgu, vaqtichog’lik, ko’ngil ochish bir biri bilan mustahkam bog’lanib ketdi.Agarda g’arbning faqat o’zining huzur halovatini o’ylaydigan kishisi mung megagertsli protessor va 60 gigabaytli qattiq diskli yangi personal kompyuter sotib olgan bo’lsa, buni jahondagi eng yirik kutubhonalardagi kataloglardan foydalanish uchun harid qilmaydi.Balki faqatgina seks dardida bu ishga qo'l uradi...
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2357 | Добавил: hamma | Дата: 18.03.2008 | Комментарии (1)


Keling, dastlab to‘yxona va restoranlar harajati haqida gaplashamiz. Chunki to‘yning uyda o‘tishi Toshkentda allaqachon «moda»dan qolib ulgurgan. Taxminimizcha, 90 foizdan ko‘proq to‘ylar shunday maxsus joylarda o‘tkazilmoqda. Ayni paytda poytaxtda qurilishi davom etayotgan, hali bitmagan bir nechta to‘yxonani topish mumkin ekan, demakki ularning soni kelajakda yanada ko‘payadi.


Категория: Mulohaza | Просмотров: 2915 | Добавил: hamma | Дата: 16.03.2008 | Комментарии (4)

 Yoshlarimiz «sevishganlar kuni» deya bayram qilayotgan kun aslida biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu haqdagi e'tirozlar matbuot orqali bildirilmoqda. Ammo yoshlar har qancha tushuntirishga qaramay, baribir shu kun arafasida bir-birlarini tabriklash bilan ovora. Bu borada hali to‘liq ma'lumot va to‘g‘ri fikrga ega bo‘lmagan yoshlarning bu xildagi xatti-harakatlari ayrim "ishbilarmon"larga juda qo‘l kelayapti. Masalan, shu kun arafasida savdogarlar peshtaxtani "yurakcha" shaklidagi turli sovg‘alar bilan to‘ldirishga intilsa, ayrim xonandalar va ularning ortidan kun ko‘ruvchilar kontsert dasturlarini aynan 14 fevral kuni berishmoqda. Bu sa'y-harakatlarning zamirida bitta maqsad - moddiy manfaat bor. Ammo "sevishganlar kuni"da sovg‘a-salomu tabriklar bilan bir-birlarining ko‘nglini olish bilan ovora yoshlar-chi?

Категория: Mulohaza | Просмотров: 1686 | Добавил: hamma | Дата: 09.03.2008 | Комментарии (1)

 Daholar oramizda yashaydi, chunki  aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo yon-atrof talablariga, an'analariga moslashish go‘dakdagi betakror sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi. To‘g‘ri, yon-atrof hammani ham o‘ziga to‘la mute etolmaydi, ayrim o‘jar zotlar mavjud tartiblarga, dogmalarga va siyqa hayot tarziga qarshi chiqadi; ular o‘zlari topgan allaqanday g‘oyalarga telbanamo ergashadi, savdoyilik va devonalikni ixtiyoriy tarzda o‘z ustiga oladi.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2284 | Добавил: hamma | Дата: 09.03.2008 | Комментарии (0)

Giyohvand moddalar qabul qilinishi inson salomatligiga rahna solib, turli xil asab kasalliklarining kelib chiqishi, nogiron bolalar tug‘ilishi, oilalar barbod bo‘lishi oqibatida farzandlarning yetim qolishiga olib keladi. Buning natijasida esa, nafaqat oilalar, balki  butun jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy zarar ko‘radi. Dunyo mutaxassis shifokorlarining ta’kidlashlaricha, bolalarning aqliy va jismoniy nuqson bilan tug‘ilishiga eng avvalo alkogol ichimliklar va giyohvand moddalar sabab bo‘layotgan ekan.
So‘nggi yillar mobaynida insoniyat jinoyatchilik, qurolli to‘qnashuvlar, ekologik muammolar, turli xavfli kasalliklar bilan bir qatorda giyohvandlik balosidan ham aziyat chekmoqda...
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2309 | Добавил: hamma | Дата: 02.03.2008 | Комментарии (2)


Категория: Mulohaza | Просмотров: 2241 | Добавил: hamma | Дата: 01.03.2008 | Комментарии (0)

 Yaqinda sartaroshxonaga kirib besh-olti nafar yoshlarga ko‘zim tushdi. Ular uyali telefonda gaplashardi. Beo‘xshov, nodonlarcha hazil qilishib kulishlari g‘ashimga tegdi. Noiloj ularga so‘z aytishga botindim:

- Ukalarim, o‘quvchi yo talaba bo‘lsalaring kerak. Bir narsa so‘rasam maylimi?

- So‘rayvering, - deyishdi ular birvarakayiga.


- Oxirgi yillarda qanday badiiy kitob o‘qidingizlar? - dedim.

Ular xoxolab kulib yuborishdi. Bir-birlariga qarashdi, so‘ng:

Категория: Mulohaza | Просмотров: 1679 | Добавил: hamma | Дата: 07.02.2008 | Комментарии (0)

ImageҲар бир ўлка ва миллатнинг ўз мақоли ва иборалари бор. Булар жамланса, инсонга малҳам вазифасини беради. Етук шахсларнинг, жамият наздида буюк саналган кишиларнинг ўз таъбирлари мавжуд бўлиб, бу билан атрофларидаги кишиларда “фикр ва тафаккур жиҳатидан уйғониш”ни мақсад қиладилар. Филип Е. Гамберт (Philip E. Hambert) деган бир психиаторлик (руҳшунослик) фани профессори “Инсонларга уларнинг бахтли ҳаёт кечиришлари учун 10та асосий дастур жамлашда нималардан фойдаланишим мумкин” деган тушунча билан бир қанча изланишлар ниҳоясида қуйидаги натижага эришибди:
Категория: Mulohaza | Просмотров: 1572 | Добавил: hamma | Дата: 10.01.2008 | Комментарии (1)

Bo‘sh vaqt. Biz undan unumli foydalana olyapmizmi? Hozirgi kunga kelib aksariyat yoshlar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarining katta qismini kompyuter klublarda o‘tkazishmoqda. Ular kompyuterda ishlashni o‘rgansalar hech kim qarshilik qilmaydi. Lekin qandaydir o‘yinlar o‘ynash yoki internetda soatlab kimlar bilandir «tanishib» o‘tirish bilan vaqtlarini zoe ketkazishmoqda.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2068 | Добавил: Unknown_moder | Дата: 17.12.2007 | Комментарии (0)

 Biz kechasi ko‘chalar, binolar, bozorlar, umuman, hammayoq jim-jit, kimsasiz bo‘lishini tabiiy qabul qilishga ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri-da, tunda kim ham (agarda kimningdir qaerdadir zarur ishi bo‘lmasa) ko‘chaga chiqardi, axir sutkaning bu payti uyquga bag‘ishlanadi. Lekin shaharda (so‘nggi paytda "shaharlashayotgan" qishloqlarda ham) shunday joylar borki, agar tunda u yerda hech kim bo‘lmasa, ko‘pchilikning taajjubiga sabab bo‘ladi. Bunday joyni diskoteka yoki oddiygina qilib, "tungi klub" deb atashadi. o‘arbcha yurish-turishning salbiy tomonlarini xush ko‘ruvchilarning aytishlaricha, "hech kimning tergovi va qarshiligisiz, miriqib dam olish mumkin bo‘lgan" diskotekalar ba'zi yoshlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 1486 | Добавил: hamma | Дата: 15.12.2007 | Комментарии (0)

1-11 12-22 23-33