Juma, 17.05.2024, 13:22
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2011 » Январь » 25 » Yangi dollor vaqtincha muomalaga chiqarilmaydi...
15:34
Yangi dollor vaqtincha muomalaga chiqarilmaydi...
AQShning

AQSh Federal zahira tizimi (FZT) 1,1 milliard dona yangi 100 dollarlik kupyuralarni chop qilgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu pullarning deyarli 30 foizi texnologik xatolik tufayli ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.

Amerikada yangi 100 dollarliklarning chiqarilishi dabdaba bilan kutib olidi. AQSh hukumatining ta’kidlashicha, yangi 100 dollarlik kupyuralar barcha zamonaviy standartlarga javob beradi hamda soxtalashtirishdan juda katta darajada himoyalangan. Mazkur pullar avval ta’kidlanganidek 2011-yilning fevral oyida muomalaga chiqarilishi kerak edi. Biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu sana noma’lum muddatgacha cho‘zildi.

Chop qilingan pullar hozircha FZT omborxonalarida saqlanmoqda. Yaroqsiz pullarni ajratib olish juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiy. FZT hisob-kitoblariga ko‘ra, agarda ushbi ishni qo‘lda amalga oshiriladigan bo‘lsa qariyb 20-30 yil vaqt ketadi.

Shunday qilib, har bir kupyurani chop qilish uchun 12 sent xarajat ketganligini hisobga olsak, AQSh hukumati yaroqsiz pullarni chop qilish uchun taxminan 132 mln. $ sarflagan. Banknotalarni qayta tekshirib chiqish qanchaga tushishi hali noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 100 dollarlik kupyuraning yangi ko‘rinishi 2009-yilning 21-aprel kuni taqdim qilingan edi.

manba:www.infoman.uz

Категория: Har hil | Просмотров: 1403 | Добавил: Administrator | Теги: Yangi dollor $ newdollor | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]