13:30 Do'stlar uchun she'rlar |
Tilayman
Tonglar pokligini tilayman sizga Qorlar oqligini tilayman sizga Dunyoda jamiyki yaxshi niyat bor Bari-barisin tilayman sizga Ey do'st Mevali daraxtga otadilar tosh, Yomonning dastidan egar yaxshi bosh, Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh. Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st. Kimlardir alamga tashlaydi o’zin, Olmang o’zingizga nobakor so’zin Barchangizga bersin iloyo to’zim Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st! Agar Do'st Agar do’sting yoningda bo’lsa, Quloq solsa har bir so’zingga, Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u, Tikka boqib turib ko’zingga. Agar do’sting yoningda bo’lsa, Hiyonatlar qilmaydi ta’sir. Yomonlarning o’tmaydi zahri, Dushmaning ham ololmas asir. Do'stlik Do'stlik shunday oliy qudratki Sog' odamni aylar devona Kimdir do'stlashar ochiq oshkora Yana kimdir do'stlashar pinxona Do'stlik shunday ajoyib dilkash Seni butkul asir etadi Gar qalbinga quloq solmasang Bir kun kelib tashlab ketadi Do'stlarim Yolg'iz quying meni do'stlarim , Charchaganman orom olayin. Bugun menga kerakmas xech kim. Uzim bilan yolg'iz qolayin . Bugun menga kerakmas faqih. Bugun menga kerakmas sharob. Do'stlar aro ko'tarib kadax. She'r o'qish xam men uchun azob. Mayli bugun qolay gashakdan . Mensiz o'tsin buguncha guring . Bir kunga qoshimga kelmang . Bir kungina chaqirmay turing, Hey do'stlarim shunday kun kelib. Shunday so'zlar uchsa labimdan. Siz ishonmang soddalik qilib. U so'z chiqgan bo'lmas qalbimdan. Yuring deng o'shanday damda. Quloq solmang so'zlarim yolg'on. Yolvorsamda faryod qilsamda. Yolg'iz ko'ymang meni xech qachon . Va eshikga yolg'iz va tanxo. Termulmasin mayus ko'zlarim. Mayli meni o'ldiring ammo. Yolg'iz kuymang meni do'stlarim. |
|
Всего комментариев: 1 | ||
Ник: Doston
| ||