20:18 Photoshopda "Chiroyli Yurakcha" | |
Yangi dokument (Ctrl+N), hajmi 800x600. Oq fon.
Ellipse-tool (Type tool asbobining tagida joylashgan)ni tanlaymiz va Shiftni bosib turib aylana chizib olamiz. Mana bunday: Convert Point tool... ni tanlaymiz (uni qidirib butun xonani aylanib yurganizi hech kim ko'rib qolmasin yana , Ellipse-toolning chap tomonida joylashgan). Endi skrinshotga qarab, xuddi shu rasmni takrorlashga harakat qilib ko'ring... Maslahat: Direct Selection Tool va Path Selection Tool....(bitta yuqorida) dan foydalaning. Ozgina harakatlardan so'ng sizda Yurak paydo bo'ladi. Tasvir ustida "vektor" bilan ishlash uchun mo'ljallangan xohlagan asbobibgizda (masalan Convert Point tool) sichqoncha o'ng tugmasini bosing va Make Selection bo'limidan Feather Radius=0 ni tanlang Endi Layer > Rasterize > Layerni tanlang. Ctrl+J — sloydan yana bir nusxa olamiz. Eng ustki sloyga o'tamiz. Color-Swatches-Styles panellarini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Styles panelini ochamiz va Blue Glass (ko'k to'rtburchak tugma) knopkasini topib, bosamiz. Ko'rib turganingizdek, bu stilni biroz o'zgartirishga to'g'ri keladi. f harfchasi ustida ikki marta bosing (Layers palitrasida sloydan o'ngroqda). ... Color Overlay bo'limiga kirib, qizil rangni o'rnating... Inner Glow ga kirib Opacity ni 30% ga tushiramiz (kechki bozor ). Bevel and Emboss ga kirib Shading bo'limini biroz o'zgartiramiz: Angle=150 Altitude=64 Qaltirab, qaltirab ОК ni bosamiz.... Sal-pal o'xshadimi? Endi o'rtadagi sloyga o'tib undagi yurakka Filter > Blur > Gaussian Blur ni qo'llab biroz (4-5 piksel) yuvib yuboramiz. Ana bo'ldi.... yurakchamiz ham tayyor bo'ldi. Agar bundanda chiroyli ko'rinish olsin desangiz..... Bunda Eye Candy 4000 paketidagi Chrome filtri yordam berishi mumkin. Eng ustki sloydan nusxa olamiz. Endi bizda 4 sloy bor. Eng yuqoridagi sloyda Layer > Layer style > Clear Layer Style operatsiyasini bajaramiz. Endi Filtr > Eye Candy4000 > CHROME > Reflection map = Brick Wall. Bewel Width ga 1.35 qiymatini qo'ying. ОК. Bu sloyga Color Dodge stilini qo'llaymiz va Fill ga 80% qiymatini beramiz (Fill ga, Opacity ga emas!). Yurakchamiz Tayyor bo'ldi Dars uchun Usmonga tashakkurlar | |
|
Всего комментариев: 0 | |