Yaqinda
arxeologlar uyushmasi - «Skotland-Yard»ning sobiq xizmatchisi Grexam
Melvin va tibbiyot fanlari professori, nevrolog Yan Ishervud G‘arb
matbuotid shov-shuvli maqola bilan chiqishdi, ya'ni, 1352 yil sirli
tarzda to‘satdan vafot etgan qadimgi Misrning yosh fir'avni
Tutanxamonning qanday va nima sababdan o‘lganligi to‘g‘risidagi
jumboqni ochishdi.
Tutanxamon taxtga o‘tirganda juda yosh,
bor-yo‘g‘i sakkiz yoshda edi. Otasining o‘limidan so‘ng Tutanxamon
fir'avn deb tan olindi. Biroq yosh bo‘lgani uchun o‘z-o‘zidan davlatni
boshqara olmagan. Bu jiddiy vazifani Tutanxamonning o‘gay onasi,
sohibjamol Nefertiti va uning saroydagi yaqinlari bajarishgan.