«Ommaviy
madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi.
Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni
«ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da,
aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat»
chinakam madaniyatning kushandasidir.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali
ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha
shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi,
nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida
madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir.