Dushanba, 18.11.2024, 05:32
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Март » 09
 Yashash uchun turli tillar o‘ylab topilgan edi. Odamlar yana yashash uchun ularni o‘zlari qisqartirmoqda. "Qachonlardir odamlar Yer yuzida juda baxtli hayot kechira boshlashibdi. Ular shu qadar farovonlik va to‘kislikda yashabdilarki, o‘z imkoniyatlaridagi deyarli barcha narsalarga erishibdilar. Shunda chegara bilmas inson istaklari yettinchi osmonga yetishmoqni xohlab qolibdi va insoniyat buning uchun osmono‘par minora bino qilishga kirishibdi. Ammo Yaratgan bandalarining ushbu harakatidan norozi bo‘lib, inshoot oxirigacha bitmasligi uchun odamlarni bir-birini tushuna olmaydigan qilib, barchasining tillarini o‘zgartirib qo‘yibdi. Ana shu tarzda dunyo tillari vujudga kelibdi", deyiladi Bobil minorasining qurilish tarixida...
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 2207 | Добавил: hamma | Дата: 09.03.2008 | Комментарии (0)

 Yoshlarimiz «sevishganlar kuni» deya bayram qilayotgan kun aslida biz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu haqdagi e'tirozlar matbuot orqali bildirilmoqda. Ammo yoshlar har qancha tushuntirishga qaramay, baribir shu kun arafasida bir-birlarini tabriklash bilan ovora. Bu borada hali to‘liq ma'lumot va to‘g‘ri fikrga ega bo‘lmagan yoshlarning bu xildagi xatti-harakatlari ayrim "ishbilarmon"larga juda qo‘l kelayapti. Masalan, shu kun arafasida savdogarlar peshtaxtani "yurakcha" shaklidagi turli sovg‘alar bilan to‘ldirishga intilsa, ayrim xonandalar va ularning ortidan kun ko‘ruvchilar kontsert dasturlarini aynan 14 fevral kuni berishmoqda. Bu sa'y-harakatlarning zamirida bitta maqsad - moddiy manfaat bor. Ammo "sevishganlar kuni"da sovg‘a-salomu tabriklar bilan bir-birlarining ko‘nglini olish bilan ovora yoshlar-chi?

Категория: Mulohaza | Просмотров: 1704 | Добавил: hamma | Дата: 09.03.2008 | Комментарии (1)

 Daholar oramizda yashaydi, chunki  aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo yon-atrof talablariga, an'analariga moslashish go‘dakdagi betakror sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi. To‘g‘ri, yon-atrof hammani ham o‘ziga to‘la mute etolmaydi, ayrim o‘jar zotlar mavjud tartiblarga, dogmalarga va siyqa hayot tarziga qarshi chiqadi; ular o‘zlari topgan allaqanday g‘oyalarga telbanamo ergashadi, savdoyilik va devonalikni ixtiyoriy tarzda o‘z ustiga oladi.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 2315 | Добавил: hamma | Дата: 09.03.2008 | Комментарии (0)