15:10 "Jonli kitoblar" | |
Yaqinda internet saytlarida daniyalik
musulmonlar ko’plarga ibrat bo’larli ishlarni amalgam oshirayotganiklari
haqidagi habarlar tarqaldi. (Ma’lumot tariqasida aytib o’tishimiz kerak,
hozirda asl Daniyalik musulmonlar soni besh mingdan oshgan) Islam.Ru ning
yozishicha, poytaxt Kopengagendagi kutubhona qiziq tajriba o’tkazdi.Kitobxonlarga
oddiy kitoblar bilan birga ba’zi mavzularda “tirik kitob”lardan foydalanish
uslubi ham tuzildi. Ya’ni kitoblar o’rnini insonlar – siyosatchi,
protestant-rohib, communist, advokat, hayvonlarni himoya qilish harakati faoli,
politsiya hodimi va musulmon egalladi.O’quvchi bu kitoblarda hohlaganini
tanlab, yaqin oradagi kafega birga borib, bir soat mobaynida undan istagan
savoliga javob olishi mumkin. “Jonli kitob” lar ichida “musulmon” I eng
bilimdon, o’qimishlisi chiqib qoldi. BU vazifani egallagan Ali Nikolaysen “qo’lma-qo’l”
bo’lib ketdi. Tezda “musulmon” bo’limidagi “jonli kitob”lar o’nlab nushalarda
ko’paytirildi: Fotima, Pederesen, Muhammad Fridrexsen… | |
|
Всего комментариев: 0 | |