16:37 Imzoda inson tabiati | |
imzolarga ko‘chganda..
Quyida esa biz Ayk Nadjning “Qanday qilib insonning imzosiga qarab
fe’l-atvorini aniqlab bo‘ladi” kitobiga asoslanib imzolarning
yo‘nalishi, uzunligi, harflarning katta-kichikligi, qayrilganligi,
o‘tkir uchliligi, bir-biri bilan ulangan yoki ulanmaganligi hamda
harflarning ishonchlilik bilan (ya’ni bosib) yozilganligiga qarab, imzo
egasi qanday fe’l-atvorga ega ekanligini bilib olamiz. Manbalarda
keltirilishicha, me’yor bo‘yicha imzolar 1,5-2 santimetr, harflarning
katta kichikligi esa 0.5 santimetr bo‘lishi lozim.
Imzolarning yo‘nalishi qaerga qaratilganiga diqqat bilan qarang. Yuqorigami, to‘g‘rigami yoki pastgami?
Agar imzoning oxiri yuqoriga qarab yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu imzo
egasining fe’l-atvorida optimizm, ya’ni nekbinlik (turmushga, kelajakka
hamisha umid bilan qarash, ishning muvaffaqiyatli chiqishiga ishonish)
hissi ustun. Bu kabi insonlarning hayotidi umidsizlik, ruhiyatining
tushish hollari yuz bersa, u bularni muvaffaqiyatli yengadi. Va
osongina o‘zida yangi kuch, yangi umid va fikrni topa oladi. Bu
toifadagi insonlar ko‘proq badiiy ijodga moyil bo‘ladi.
Imzoning oxiri to‘g‘riga yo‘nalgan bo‘lsa, bu shundan guvohlik
beradiki, shaxsda optimizm va pessimizm kayfiyatlari teng bo‘ladi. Va
atrof-muhitning ta’siri boshqa shaxslarga qaraganda kamroq.
Agar imzoning oxirida pastga qarab hoshiya tortilsa, bu imzo
egasida pessimizm hissi kuchli bo‘ladi. Badiiy ijoddan uzoq,
qat’iyatsiz, birovning fikrini doimo tasdiqlaydigan va shunga qarab ish
yuritadigan atrof-muhitning ta’siri kuchli bo‘lgan shaxslardir. Bu
singari insonlar sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim.
Imzolarning uzunligi. Imzosini uzun qilib qo‘yadiganlar vazmin
bo‘lishadi. Shoshmashosharlikni umuman yoqtirmaydi. O‘ylaydigan
maqsadiga erishish uchun bor imkonini namoyon qila oladi. Shu bilan
birgalikda doimo tanqidiy qarash alomati mavjud. Biroq, ular buyrak va
asab tizimining ish faoliyatiga jiddiy e’tibor qaritishi zarur bo‘ladi.
Aksincha, imzo qisqa qilib qo‘yilsa, demak, shoshish alomati
biroz kuchliroq, ishga yuzaki qaraydi. Uni oxirigacha o‘rganib chiqib,
tahlil qilishga umuman sabri chidamaydi. Bu imzo egalari ko‘pincha bir
xil vazifani bajarsalar, toliqib qoladi. Bu toifa odamlarni natija
emas, balki vaqt qiziqtiradi. Ular suhbatdoshining vazmin odamlar
bo‘lishini yoqtirmaydi. Bu turdagi insonlarning sog‘lig‘ida
muammo tug‘ilishi mumkin. Harflarning katta-kichikligi. Tabiati injiq va atrof-muhitga
talabchan insonlarning imzosi bosh harfi keyingi harflardan kattaligi
bilan sezilarli darajada ajralib turadi.
Jiddiy insonlarga nisbatan g‘arazgo‘yligi yo‘q shaxslarning
imzosida harflarning kengligi qisqa, bosh harfi keyingi harflar singari
tenglikka ega bo‘ladi.
Oilada tejamkor va aqlli insonlarning imzosi kichik harflar bilan
qo‘yiladi. Agarda harflarni haddan ziyod kichraytirib yuborsa,
xudbinlik va baxillik hissidan darak beradi.
Yirik harflar bilan (yosh bolalardek, bosib) imzo qo‘yadigan insonlar xayolparast, qaysidir darajada sodda, ishonuvchan bo‘ladi.
Aylana va qirrali harflar bilan qo‘yilgan imzolar. Burama harflar
bilan imzo chekadigan shaxslar ko‘ngilchan, xotirjam yuruvchi insonlar
hisoblanadi. Aksincha, tik uchli harflar va chiziqlar bilan
qo‘yadiganlar o‘jar, o‘z fikrini tasdiqlaydigan, o‘zini sevadigan
insondir.
Bog‘langan va ajratilgan harflar bilan qo‘yilgan imzolar. Agar
imzolarning harflari bir-biri bilan bog‘lanib ketgan bo‘lsa, bu kabi
kishilar mantiqan fikrlaydigan va doimo hamma narsaga tanqidiy
qaraydigan insondir.
Dunyoqarashi sustroq insonlarning imzosida uzilish alomatlari bo‘ladi.
Haddan ziyod ko‘p uzilishlar bilan imzo chekadiganlar orzuga
beriluvchan, odamlarni o‘ziga qaratishga harakat qiladigan va ularda
taassurot qoldirishni xohlaydigan insonlar toifasidir.
Imzolardagi harflar ishonchlilik bilan (bosib) qo‘yilsa, bu toifa
insonlar o‘ziga ishonuvchan va qat’iyati kuchlidir. Aksincha qo‘yilsa,
bu toifa insonlar o‘ziga biroz ishonchsizroq bo‘ladi.
Ruhshunos fikri:
O‘zbekiston Milliy universiteti pedagogik psixologiya va
pedagogika kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor
Botir Qodirovning ta’kidlashicha, grafologiya, ya’ni inson imzosiga
qarab fe’l-atvorini aniqlash ilmiy tadqiqotchining ishi emas, shu bilan
birgalikda ilmiy muammo ham emas. Ammo psixolog, pedagogika fanlari
nomzodi, dotsent Shahnoza Halilova esa grafologiya tarixi qadimgi
Gretsiyaga borib taqaladi, deydi. Uni notiqlik san’ati vujudga kelgan
davrda Suqrot va Sitseron asarlarida asos solingan. XIX asrning oxiri
XX asrning boshlarida Yevropada qiziqish uyg‘ongan va 60-yillarda ilmiy
tadqiqotlar boshlangan. Umuman, psixologiyada XXIasrga kelib,
grafologiya bir yo‘nalish sifatida tatbiq etilayotir. Hozirgi kunda
ilmiy-ommabop tadqiqot sifatida qaralmoqda.
E’tiqod OTAQULOVA,
O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
Hurriyat gazetasidan olindi | |
|
Всего комментариев: 1 | |
| |