Dushanba, 18.11.2024, 07:19
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Апрель » 12 » Mashhurlar hayotidan...
12:32
Mashhurlar hayotidan...

 Mayakovskiyning miyasini magnitofonga o‘xshatishadi. U katta-katta she'rlarni ham bir o‘qishda yod olarkan. Uchrashuvlarda o‘zi yozgan dostonlarni yoddan o‘qir ekan.

***

Atoqli o‘zbek shoiri Maqsud Shayxzoda oliy maktabda ma'ruza o‘qirdi. U kishi ashaddiy kashanda edi. Shuning uchun institut rektorining maxsus buyrug‘i bilan Shayxzodaga dars paytida chekishga ruxsat berilgan edi.


***

Sadriddin Ayniy zabardast yozuvchi, olim va dong taratgan pazanda edi. U kishi pishirgan nisholda bilan holvani manaman degan oshpazlar havas qilardi.

***

Buyuk olim Mendeleev ilmiy ishlaridan bo‘sh vaqt­larida chemodan yasab sotar, shu yo‘l bilan ro‘zg‘or tebratar edi.

***

Mashhur o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom yaxshigina rassom edi. U dutor chalganda yuraklarni sel qilar, tojik, tatar, qozoq, ozar tillarida bemalol gaplashardi.

***

Frantsuz yozuvchisi Emil Zolya asosan kechasi ishlardi. U uyqusini qochirish uchun har kuni uch-to‘rt litrgacha kofe ichar ekan.

***

Ernest Heminguey nihoyatda mergan bo‘lgan deyishadi. U bahs o‘ynab bir odamning og‘zida tutab turgan sigaretni otib tushirgan ekan.

***

Amerika prezidenti Ruzvelt o‘ta ko‘ngilchan va madaniyatli kishi edi. U yangi yilga bag‘ishlangan ziyofatda bir yo‘la 1800 mehmonning qo‘lini siqib tabriklabdi.

***

Rus olimi Pavlov o‘lim to‘shagida yotar ekan, o‘zi saboq beradigan talabalarni chiqartiribdi. U o‘limi qay tariqa kechayotganini birma-bir aytib turibdi: "Ana, oyoqlarim muzlay boshladi, ana, qo‘llarim uvishdi, nafas yetmayapti..."

Talabalar yozib ulgurmay buyuk olim jon beribdi.

Sa’dulla Siyoyev tayyorladi.
“Hurriyat”dan olindi.

Категория: Shahslar | Просмотров: 2200 | Добавил: hamma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]