Dushanba, 18.11.2024, 07:23
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Апрель » 12 » "Demokratiyaga kamida 50 yil kerak..."
12:33
"Demokratiyaga kamida 50 yil kerak..."

 Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Dmitriy Medvedev bu borada o‘z qarashlarini bildirdi

Shu bilan birga ushbu nashr orqali Dmitriy Medvedevning Vladimir Putin va maxsus xizmatlar borasidagi munosabatini ham bilib olish mumkin. 

"Demokratiyaga kamida 50 yil kerak..."

Dmitriy Medvedevning fikricha, Rossiyadagi demokratiya hali juda ham yosh, uning rivojlanishi uchun ma'lum vaqt talab etiladi. Natijalarni esa 30-50 yildan keyingina baholash mumkin.


Demokratiya universal qadriyat ekanini e'tirof etgan davlat arbobi u ayni zamonda har bir mamlakatning milliy va tarixiy an'analaridan kelib chiqishi kerakligini aytadi.

Medvedevning ta'kidlashicha, Rossiyada tsiviliza­tsiya­viy boshqaruv shakllarini amalga tatbiq etish mumkin emas, deya tanqid qiluvchilarni yoqtirmaydi. Yangi saylangan prezident davlatning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda demokratik tartib sari o‘tishni yoqlaydi.

Xususiy mulkning firibgarlikdan farqi

Rossiyada demokratiyadan farq qilib xususiy mulk bir necha yuz yillar oldin ham mavjud bo‘lgan, deb eslatadi Medvedev. Biroq vaqtlar o‘tishi bilan xususiy mulkchilik bosim ostida qoldi. Oqibatda unga munosabat ham yomonlashdi. D. Medvedevning fikricha, hozirda Rossiyada xususiy mulkni qadrlash rivojlangan davlatlardagi kabi yuqori darajada emas.

- Hozirga qadar ko‘plab odamlar uchun xususiy mulk firibgarlik, insonlarning insonlar tomonidan majburlab ishlatishi va og‘ir hayot kabi tushunchalar bilan sinonim ma'noni anglatadi, - deydi u. Bunday munosabatning shakllanganini esa Rossiyada xususiylashtirish jarayoni tartibsiz va xo‘jasizlarcha o‘tkazilgani bilan izohlash mumkin.

- Biz rivojlanish modeli sifatida bozor iqtisodiyotini tanladikmi, unga erishish uchun xususiy mulk muhofazasi va daxlsizligini ta'minlashimiz kerak. G‘arb mamlakatlaridagi barcha partiyalar dasturlarida xususiy mulkka hurmat markaziy o‘rinda turishini yaxshi tushunamiz, - deya iqtisodiy sohadagi vazifalarga e'tibor qaratadi u.

Vladimir Putin... Bosh vazir sifatida

Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putin o‘z lavozimidan ketgach, hukumat boshlig‘i sifatida ishlashi deyarli aniq bo‘lib qoldi. Bu borada Dmitriy Medvedev rasmiy taklif bilan chiqdi va ushbu taklif Putin tomonidan qoniqish ila qabul qilindi ham.

Prezidentlik davrida bosh vazir Vladimir Putin bilan ishlash xususida to‘xtalgan D. Medvedev buni samarali boshqaruv modeli deb atadi.

- Aniqki, odamlar ushbu tuzilmani o‘z hollaricha qabul qilishadi, ayrimlar undan kamchilik ham qidiradi... Lekin biz yetarli darajada tushungan kishilarmiz. Vazifamizni uddalaymiz, - deya saylovchilarini ishontiradi u.

Vladimir Putinning prezidentlikdan hukumat raisligiga o‘tishini bo‘lajak davlat rahbari Rossiyaning tsivilizatsiyalashgan boshqaruv tizimiga qadam qo‘yishi sifatida baholaydi. Boz ustiga, oliy lavozimdan undan pastroq mansabga o‘tish va siyo­siy faoliyatni davom ettirish D. Medvedev nazdida vatanparvarlik namunasi ham sanaladi. "Biz Yevropa davlatimiz. Yevropada esa juda keng amaliyotlar qo‘llanadi", - deb izohlaydi bo‘lajak rahbar o‘z qarorini.

Nihoyat, maxsus xizmat xususida

Bir zamonlar maxsus xizmat nonini yegan Vladimir Putinning davlat rahbari sifatida faoliyat yuritgani G‘arb davlatlarida tanqidiy baholangan edi. Ma'lum bo‘lishicha, bo‘lajak prezident maxsus xizmat vakillarining katta siyosatga kirib kelishini tabiiy holat deb qabul qiladi.

- Ayni paytda davlat lavozimlarida oldingi davrdan ko‘ra maxsus xizmatda tajriba orttirgan odamlarning ko‘proq ishlab kelayotganiga mutlaq normal holat sifatida munosabatdaman. Bu borada biz yolg‘iz emasmiz. Boshqa mamlakatlarda ham maxsus xizmatda ishlagan va uni boshqargan ko‘plab kishilar siyosiy sohada faoliyat yuritib kelishmoqda, - deydi D. Medvedev.

Bo‘lajak prezidentning fikricha, ushbu soha vakillarida ham salbiy, ham ijobiy tajriba mavjud. Muhimi, ana shu tajribadan qaysi biri qo‘llanishida.

"Hurriyat"dan olindi.
Категория: Siyosat | Просмотров: 1614 | Добавил: hamma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]