Dushanba, 18.11.2024, 07:29
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Апрель » 19 » «Kompyuterda ko‘p o‘tirmang»
14:39
«Kompyuterda ko‘p o‘tirmang»

Uzoq muddat kompyuter yonida o‘tirish ko‘zning saraton kasaliga chalinishi ehtimolini oshirar ekan. Finlyandiya olimlari xalqaro miqyosda olib borgan izlanishlaridan so‘ng ushbu to‘xtamga kelishdi. Tadqiqot natijalari Finlyandiya radiatsion xavfsizlik markazi tomonidan chop etildi.

Kompyuterda ishlovchilarning ko‘zida saratonga chalinish xavfi boshqalarnikiga qaraganda 3 baravarga oshadi. Qisqa yumilishda ko‘rish organining faolligi to‘rt barobargacha susayadi. Bunday paytda miyaning radiatsion to‘lqinlarni qabul qilishiga keng imkon yaraladi. “Aqlli mashina”da soatlab o‘tiradiganlarning nafaqat saraton, balki boshqa miya boshqaruvining zaifligi bilan bog‘liq shikoyatlar qilishi hollari ham ko‘p kuzatilgan. Butun diqqatni ma’lum vaqt davomida monitorga qaratish tabiiy ko‘rish organlari muqobil faoliyatiga ham ta’sir qiladi. Fin radiatsion xavfsizlik markazi tadqiqotchilarining fikricha, so‘rov davomida ko‘pchilik foydalanuvchilar tunda zaif ko‘rishlaridan noligan. Tunda ularning ko‘z qorachiqlari sathi odatdagidan 3 baravargacha kengayib, ko‘rish doirasi esa, aksincha, torayadi. Mutaxassislar kompyuter qarshisida radiatsiyadan qisman himoyalovchi ko‘zoynaklarda uzog‘i bilan ikki soatgacha o‘tirishni maslahat beradilar. Imkon qadar monitordan uzoq o‘tirib, har yarim soatda besh daqiqadan
ko‘zga dam berish tavsiya etiladi.
Категория: Maslahat | Просмотров: 1532 | Добавил: hamma | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 2
Ник: Xusnora

Axborot uchun rahmat. Lekin ish vaqtida ko`p foydalanishga to`g`ri keladi bunday vaziyatda qanday maslahat berasizlar?..


Ник: Superboy

angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry angry


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]