08:41 Jumong - Afsonaviy shahzoda, filmga olish jarayoni | |
Alohida ramkada: Film
nomi: "Jumong — afsonaviy shahzoda" ("Uch xonlik" kitobining
bir qismi); Suratga olgan kinokompaniya: "MVS"; Suratga olish davri:
2006 yil 15 maydan 2007 yil 6 martgacha; Necha qism: 80 ta; Jumong: qadimgi Joseonni
qutqargan qirol (aktyor Song Il Guk); Soseono: dono va jasur qirolicha (Xan Xye
Jin); Daeso: rashk o‘tida yongan shahzoda (Kim Seung Su); Geumva: adolatli qirol
(Jeun Kvang Reul); Yuxva: g‘amgin ona (O Yun Su); Rejissyorlar: Li Ju Xvan, Kim
Gun Xong; Stsenariy mualliflari: Choy Van Kyu, Jung Xyun Su. Koreya tarixida
"eng betakror millat davri" qirol Jumong zamoni hisoblanadi. Taxminan
2000 yil muqaddam xitoyliklarni tiz cho‘ktira olgan bu qirollik koreys millatini
hech kimdan qo‘rqmay yashashga da’vat qilgan... Jumong yunonlardan Aleksandr, mo‘g‘ullarning Chingizxon va o‘zbeklarning
Alpomish, Spitamen kabi afsonaviy qahramonlari qatoridan o‘rin olgan tarixiy qahramondir.
U "qadimgi Joseon osmonini musaffo aylagan qirol" deb ham ta’riflanadi.
Yana koreyaliklarda Koreyaning birinchi dono va jasur qirolichasi Soseono esa
"Muhabbat ramzi" deb tavsiflanadi. Bugun biz jasur qirol haqidagi film
xususida ma’lumot berishni lozim deb topdik. QIZIQARLI MA’LUMOTLAR · "Jumong" filmini suratga olish uchun taxminan 40 mln.
AQSh dollari miqdorida pul sarflangan. Filmning 70 foizi Koreyada, 30 foizi Xitoyda
ishlangan. · Jumongning onasi Yu Xva rolini ijro etgan aktrisa O Yun Su
"Kuchli muhabbat" va "Generalning uchinchi o‘g‘li" filmlarida
ham Song Il Tuk bilan birga suratga tushgan. · Bae Su Bin (Sayong), Li Jae Yong (Budeukbul), Yeo Xo Min (Oyi) va
Song Il Guk (SIG)lar juftligini "Dengiz hukmdori" filmida ham ko‘rishingiz
mumkin. · Shartnoma muzokaralari davomida "Jumong" dastlab 60 qismdan
iborat bo‘lgan. Keyin esa bu serialni 80 qismga cho‘zib yuborishgan. Maqsad daromadni
kengaytirish edi. Aytishlaricha, bu taklif aktyor Song Il Gukdan chiqqan ekan. · Yapon matbuotiga bergan intervyusida Song Il Guk Jumong rolini o‘ynashini
oldindan sezganini tan oldi. · Shahzodalar o‘rtasida o‘tkaziladigan valiahdlik uchun uyushtirilgan
musobaqada Song o‘zining shaxsiy kamon va o‘qlari bilan studiyaga tashrif buyuradi.
So‘ng ko‘zi bog‘langan holda merganlik sahnasi bilan bog‘liq barcha harakatlarni
o‘zi ijro etadi. Shu tariqa u o‘zining mohir kamonchi ekanligini isbotlagan. Qolgan
aktyorlarga dublyorlar yordam berishgan. · Hozirgacha aktyorning uzun sochlari hammani hayratda qoldirib keladi.
Ularning haqiqiy ekanligiga shubha bilan qarashingiz turgan gap. Bu sochlar qanchalik
haqiqiy bo‘lsa, aktyor ularni shunchalik yoqtirmaydi. SYeRIALLAR "MAYDONI" "Jumong" teleserialida qirol saroyi suratga olingan joy
hozir mashhur bo‘lib, minglab sayyohlarning diqqat markaziga aylangan. "Dengiz
hukmdori", "Begoyim" seriallaridagi qirollik saroylari ham shu maskanda
tasvirga tushirilgan. Seriallar maydoniga aylangan bu joy Vandu deb ataladi. Rasmiy nomi: Vandugun; Maydoni: 391,81 kv.km; Aholisi: 66,980 (1 kv.km.ga 180 kishi); Vandu viloyati (Vandugun) Janubiy Koreyaning Janubiy Jeolla hududida
joylashgan. Vandu nomi Koreyadagi orollarning eng kattasi — Vandu orolidan kelib
chiqqan. Vandu oroli esa tarixda Chunxayjin nomi bilan mashhur. Koreya tarixida
o‘ziga xos o‘rin egallagan admiral Jong Bogo o‘z davrida (IX asr) Chunxayni zabt
etib, uni yirik savdo markaziga aylantirgan edi. Bu orol Sariq dengizda joylashgan.
SONG IL GUK: "AKTYoR BO’LAMAN, DYeB O’YLAMAGANDIM" Song 2007 yili yana bir zamonaviy serialda suratga tushdi. Endi esa
uning "Jumong" va "Lobbist" seriallari haqidagi fikrlari bilan
tanishamiz... — Men gap tashishni yomon ko‘raman, shuning uchun hayotda ham lobbist
(josus) bo‘lishni istamayman, — deydi aktyor, filmdagi roli xususida gapirarkan.
— Mabodo bu ishni o‘zimga ep ko‘radigan bo‘lsam-da, muvaffaqiyatsizlikka uchrashim
aniq. Chunki uddasidan chiqolmayman. Aktyor hayotda sodda va uyatchan aktyor bo‘lgani uchun taqdir doim
unga omad eshiklarini ochadi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: — Rostini aytsam, aktyor bo‘laman, deb sira o‘ylamagandim… Maktabda
yaxshi o‘qimaganim tufayli kollejga kirish imtihonini ikki marta topshirganman.
Onam natijalarni bilgani borganida, o‘qituvchilar mening mashhur aktyor bo‘lishimni
aytishibdi. Onam bunga ishonmagan. Ko‘proq rasm chizishni yoqtiraman. Film olish
chog‘ida esa mendan baxtli inson bo‘lmaydi! Bu jarayon menga huzur bag‘ishlaydi. Song ishtirokidagi xorij tilida suratga olingan "Lobbist"
va "Afsona" filmlari ayni paytda ekranlarda namoyish etilmoqda. — Onam Bae Yon Junning ishqibozi, shuning uchun u "Afsona"
filmini qiziqish bilan tomosha qiladi. Agar o‘sha paytda "Lobbist" boshlanib
qolsa, qaysi birini tomosha qilar ekan, bilmadim. Nazarimda, "Lobbist"ni
faqat men uyda bo‘lsamgina ko‘rishi mumkin. | |
|
Всего комментариев: 38 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ник: amirbek
Ник: azik
Ник: Linux
Ник: umid
Ник: Shoira
Ник: dilmurod
Ник: umida
Ник: Jahongir
Ник: Baxodir
Ник: Baxodir
Ник: Baxodir
Ник: Baxtiyor
Ник: MUZAFFAR
Ник: DETSL
Ник: urishqoq
Ник: qobiljin
Ник: QOBILJON
Ник: qobiljon
Ник: Oyxon
Ник: Oyxon
Ник: tahmina
Ник: Doniyor
Ник: jamoliddin al kosoniy
Ник: doniyorhoja
Ник: Orlando (Bloomchik )
Ник: руслан
Ник: SEDRIK
Ник: SEDRIK
Ник: Zahriddin
Ник: zahro
Ник: zahro
Ник: G'ayrat
Ник: G'ayrat
Ник: MURODBEK
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||