"... Ota-onam va maktabni
bu yil bitiradigan yolg‘iz akam bilan shahar markazida yashaymiz. Ota-onamlar ertadan
kechgacha ishda bo‘lishadi. Akam esa darsdan so‘ng o‘rtoqlari bilan sandiraqlab,
ularning qaytishidan sal oldinroq uyga yetib kelishni odat qilgan. Bir kuni
dadam uyimizga yangi videomagnitofon va ikkita kasseta olib keldilar. Hali qo‘shnilarimizdan
deyarli hech birida videomagnitofon yo‘q edi. Juda ham quvonib ketdik. Bu ikki
kassetadagi kinolarni qayta-qayta ko‘rdik. Bir kuni ota-onalarimiz hali ishda paytida
akam qo‘lida bir kaseta bilan kirib keldi. Birinchi kino "Yirtqich",
— deb atalib, juda ham qo‘rqshchli ekan. Bir payt ikkinchi kino boshlandi, qarasam
uyat joylari ko‘p ekan. "Aka, uyalmaysizmi, o‘chirib qo‘ying", — desam,
meni itarib narigi xonaga chiqarib yubordilar. Oradan bir soatlar vaqt o‘tgach
akam ko‘zlari qizarib, juda ham qo‘rqinchli bo‘lib xonamga kirib keldilar. Keyin
esa, mening butunlay o‘zimni yo‘qotganim, dovdirab qolganimdan foydalanib, nomusimni
barbod qildilar. Butun vujudim og‘rib, bir necha kun iztirob ichida yurdim. Akamning:
"Agar birovga aytsang, o‘zimni balkondan tashlab yuboraman", — degan po‘psasidan
qo‘rqib dardimni ichimga yashirdim. Mana oradan ikki yarim oy o‘tdi. Hayz ko‘rmayapman,
tinmay ko‘nglim ayniyapti. Bilsam, homilador ekanman. Nima qilay, o‘zimni o‘ldiraymi
yoki bo‘lgan voqeani onamga aytib beraymi?..." Shahnoza
O’n yillar oldin "Yosh kuch" tahririyatiga 15 yoshli qizdan kelgan
bu maktubni o‘qib, dahshatli holga tushgan bo‘lsam-da, jo‘yali bir to‘xtamga
kela olmagandim. Bugun, kech bo‘lsa-da, ming istihola va iztirob ila o‘sha maktubga
qayta murojaat etishga va uning mohiyatini chuqurroq talqin etishga qaror qildim.
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14,5 yoshdan 21 yoshgacha) shahvoniy
hislarning o‘ta jo‘sh urishi — giperseksuallik davri bo‘lib o‘tadi. Bu eng xatarli palla— rasida davrining
cho‘qqisi bo‘lib, o‘smirlarning goho o‘zini idora qilolmay qolishi bilan ham ifodalanadi.
Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin kuchayishi natijasida avdrogen gormonlar
ko‘p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi. Hozirgi kunda, akseleratsiya
hodisasiga bog‘liq holda o‘smirlar giperseksualligi davrining o‘ziga xos, og‘ir
tusda kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko‘pchilik o‘smirlarda jizzakilik, asabiylik,
ko‘cha-ko‘yga intilish, tengdoshlari bilan ko‘proq qizlar mavzusida suhbatlashishni
istash, ishqiy sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o‘chlik, shahvoniy
tomoshalarga ruju qo‘yish kabi illatlar paydo bo‘ladi.
Afsuski, aksari ota-onalar va muallimlar bu yoshdagilarni ta’qiq, tanbeh, koyish
bilan yo‘lga solib bo‘lmasyaigini anglamaydilar va ko‘gashcha aks natijaga erishadilar.
Ota-onalar vujudida shahvoniy jo‘shqinlikdek og‘ir o‘zgarishlar kechayotgan farzandlarini
tashqi muhitning xar xil zararli ta’sirotlaridan, yolg‘ondakam, sarob ishqiy tasavvurlardan
himoyalash choralarini ko‘rishlari lozim.
Nazarimda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi yalang‘och iblislar xukmron
dargohlardan, "video" va oynaijahondagi besharmliklardan yiroq tutishimiz
shu tadbirlar jumlasidandir. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalar tarbiyasida aynan ota muhim
o‘rin tutishini unutmaslik lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat jo‘sh urayotgan o‘smirning
kuchi ustamonlik bilan boshqa foydali ishlarga yo‘naltirilishi joiz. Masalan,
o‘smirni qiziqarli qo‘shimcha dars mashg‘ulotlariga, sport to‘garaklariga, jismoniy
mehnatga jalb etish eng to‘g‘ri uslublardandir. Ushbu davrni o‘z boshidan kechirayotgan
o‘smirning nazoratsiz qolishi o‘ta xatarlidir.
Hayotiy misol: Yaqinda tuman sudlarining birida ko‘rilgan jinoiy ish bilan tanishiishmga
to‘g‘ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh ogaynilar ota-onasi uyida bo‘lmagan
bir do‘stinikida "bazmi jamshid" uyushtirishgan. Bazmda ozgina sarxush
bo‘lishgach, qandaydir videotekada erotik kino ko‘rishgan. So‘ngra betoqatlangancha
ko‘chaga chiqib, gira-shira tun og‘ushida, xilvat joyda o‘zlaridan bir necha yosh
katta qizni zo‘rlashgan.
Albatga, jinoyatchilar o‘z jazosini olishdi, ammo bu holning ildizi biz o‘ylagandan
chuqurroqdir. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘smirlar "og‘ir" oilalarning tarbiyasiz
farzandlari emas ekanlar. Aslida, shahvoniy hislari jo‘sh urgan yoshlarga o‘ta salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi pornografik filmlarni namoyish etib boylik orttirayotgan kimsalar
eng asosiy jinoyatchilardir.
Ota-onalar o‘tish yoshidagi farzandlarining tarbiyasida quyidagi jihatlarga alohida
ahamiyat beripshari shart:
O’smir farzandingiz oldida turli xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo‘ling.
Farzandingizning qanday filmlarni ko‘rishini nazorat qiling, chunki erotik filmlardan
tashqari, dahshatli ("ujas") kinolar ham jinsiy va ruhiy aynishlarga olib
kelishi isbotlangan. Jumladan, nekrofillar (o‘lik bilan jinsiy aloqa qiluvchilar)
va sadistlar (juftini qiynashni xush ko‘radiganlar)ning ko‘pchiligi bolaliklarida
"ujas" filmlar ta’sirida o‘sib ulg‘ayganliklari haqida amriqolik ruhiyotshunoslarning
xulosalari mavjud.
Unutmaslik kerakki, behayo kinolavhalarning ta’sirida bo‘lgan bolalar qusurli fikrlar
og‘ushida o‘sib, jinsiy buzilishlar bo‘sag‘asiga ancha barvaqtroq qadam bosishlari
hech gap emas.
Bola har qanday pornografik lavhani asl jinsiy munosabat sifatida qabul qilganligi
bois, bachavozlikka moyillik, qizlarda vaflizm (og‘iz bilan yaqinlashuv)ga intilish
kabi jirkanch holatlarni ham kuzatish mumkin;
Shahvoniy jo‘shqinlik davrida har qanday zararli ta’sirotlar hirsni benihoya kuchaytirishi
bois nomusga tajovuz etish kabi og‘ir jinoyatlarga beixtiyor qo‘l urish hollari
ham ko‘p uchraydi. Tabobatda o‘smirlik davrini boshdan kechirayotgan yoshlarning
pornografik lavhalar ta’sirida hech bo‘lmaganda onanizm yoki zoofiliya (hayvonlar
bilan jinsiy aloqa qilish)ga ruju qo‘yishi mumkinligi aniqlangan.
O’smir farzandingiz diskoteka, plyaj, park kabi go‘shalardan har doim ham siz
o‘ylaganchalik hordiq olib qaytmasdan, xirs girdobida bezovtalanib qaytishi ham
extimoldan xoli emasligini ko‘zda tuting.
O’smirlarning bu yoshda buzuq muhitga tushib qolganligi o‘z vaqtida aniqlanib, tarbiyaviy
tadbirlar qo‘llanilmasa, aksarisi sal kechikilsa, aslo to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmasligi
hayotiy haqiqatdir.
Saytdan ma'lumot olinganda saytga link ko'rsatilishi shart!
muslimaat.uz
|