Evropadagi yetakchi moliya muassasalaridan biri sanalgan Societe
Generale banki o‘z xodimlaridan biri — Jerom Kervelning maxfiy va
noqonuniy harakati tufayli inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Jerom Kervel
2000 yildan buyon Societe Generaleda treyder (savdo amaliyotlari bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassis) vazifasida ishlab kelgan. 31 yoshli xodim
asosan Yevropa moliya bozorlarida savdo operatsiyalari olib borgan.