Dushanba, 18.11.2024, 05:50
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Июнь » 20 » 101 Maslaxat
16:24
101 Maslaxat
1.Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qo'shib yuboring.

2.Sabzavotlarni bug'da dimlab pishirsangiz, undagi vitaminlar va kerakli moddalar yahshi saqlanib qoladi.

3.Olma, bexi,limon va apelsin kabi mevalarni dasturhonga tortishdan avval qaynoq suv bilan chayib yuborsangiz , hushbo'y hida gurkirab ketadi.


4.Jazirima issiq kunlarda muzlatgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar-pishloq bilan yog'ni darhol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqog'ini mahkam yopish zarur.So'ng suv quyilgan tog'oralar ichiga solib,bankalarning yuqori tomonini ho'l sochiqlar bilan o'rab qo'yish kerak.

5.Jun ipdan to'qiligan kiyimni issiq suv bilan emas, sezilar-sezilmas iliq suv bilan yuviladi.Oldin biron hil kir yuvish uchun kukun ko'pirtirib olinadi.Buyumni shu suvga botirib qattiq ishqamay yuviladi.Sovuq suvda 2-3 qayta chaygandan so'ng, jindakkina kukun ko'pirtirilgan toza suvga botorob olinsa, yumshoq va sertuk chiqadi.Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olib, tekis joyga toza choyshab to'shab, quritishni unutmang.

6.Tukli sochiqni yuvib, chayib bo'lgandan keyin, bir oz tuz qo'shilgan suvga solib qo'ying, yaxshilab siqib, qoqilgandan so'ng yoyilsa tuklari pahmayib, yumshoq chiqadi.

7.Rangi chiqadigan engil-bosh, yostiq jildlari kabi buyunlarni, juda kir bo'lib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qo'yib, so'ng yuvsangiz aynamaydi, yahshi ochiladi.Tuz bir chelak suvga bir osh qoshiq miqdorida solinadi.

8.Kir sovunda ishqor va har hil kislotalar ko'p bo'ladi.Uni ishlatganda, ayniqsa kir yuvganda qo'llar dag'allashib, teri yorilishi mumkin.Shuning uchun bu sovunda kir yuvib bo'lgach, qo'lga biron hil krem yoki vazelin surting.

9.Qo'l kirmaydigan chinni va shisha buyumlar ichiga qaynoq suv quyib,g'ijimlangan qog'oz soling va yahshilab chayqating. Buyumingiz toza emas top-toza bo'ladi.

10.Mabodo dazmol qilayotganda ipli gazmol ko'ylagingizni , dasturhon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qo'ygan bo'lsangiz, suv qo'shilgan qatiqqa bir stakan suv miqdorida o'sh yerning o'zini tuni bilan ivitib qo'ying. Chayib tashlasangiz dog'dan asar qolmaydi.

11.Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dog'larni limon kislotasi yoki oksalat kislotasi bilan oson ketkazsa bo'ladi.

12.Benzin va moyli bo'yoq ishlatganingizda qo'lingizdan uni hidini yo'qotish ancha qiyin. Sovun bilan yuvish ham hidni yo'qotmaydi.Lekin qo'lingizni yuvadigan suvga ozgina quruq hantaldan qo'shsangiz teringizda hech qanday dog' ham hid ham qolmaydi.

13.Sirli idishda ovqat pishirayotganda tagiga olsa, idish iste'mol sodasi solingan (ikki litr suvga bir choy qoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson ketadi.Agar iste'mol sodangiz bo'lmasa uning o'rniga 2-3 dona bosh piyoz ishlatishingiz ham mumkin.

Категория: Maslahat | Просмотров: 2366 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 3
Ник: Superboy

yahshi maslahtlar ekan wink


Ник: Administrator

biggrin


Ник: saidbekorchi

Bemalol uyalmasdan maslaxatla yordam bervotimi yo'mi yozvurila! Agar siladayam shunga o'xshash maslaxatla bo'sa manga yuvorila, o'zim joylab qo'yaman! wink


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]