17:14 Siz qaysi sanada tug'ilgansiz ??? | |
1.Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim voqealarni unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar turmush o`rog`i mahkam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvo qilmaydi. 2. Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga moyil bo`ladi. Sevgiga aql bilan yondoshadilar. O`ziga ruhan yaqinlar bilan turmush qurishni xohlaydilar. 3. Bu kun tug`ilganlar o`zlarining shiddatkorliklari bilan ajralib turadilar. Ko`ngilxushlik jonu-dili. Nafsni qondirmaguncha tinchimaydilar. Doimo o`zlarini boshqalardan bir pog`ona ustun qo`yadilar. 4. Bu kun tug`ilganlar boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek ular bilan ham oldi-berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust. Tushkunlikka beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doim muhtoj va qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun sabr-bardoshli bo`lish kerak. 5. Shu kuni tug`ilganlar pulni juda yaxshi ko`rishadi. O`zlariga bino qo`ygan bo`ladilar. O`zlariga uncha qaramasalarda, pul topib boyish payida bo`ladilar. 6. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli, xayolparast, o`z e`tiqodlariga sodiq bo`ladilar. ko`pincha o`z hissiyotlari uyg`unlashtirib yuboradilar. 7. Shu kuni tug`ilganlar bilan ehtiyotkorroq bo`lish zarur. Chunki ularning fikri tez-tez o`zgarib turadi. Bir joyda turolmaydilar, doim yaxshi sherik axtarib yuradilar, shuning uchun ham ikkinchi bor yostiqdoshlarini almashtirishga to`g`ri keladi. 8. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli, o`z do`stlariga sodiq bo`ladilar. Lekin ularni ko`pincha eng ishonganlari ham "sotadi". Ularni tushunish va sevish murakkab bo`lib, agar ular sevsalar qattiq sevadilar. 9. Bu odamlar hohishni bayon qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida tug`ilganlar kamdan-kam sevib qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor bo`ladilar. Ular bir marta xato qiladilar. O`zlariga mos kishjilar bilan tez kirishib ketadilar. 10. Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tug`ilganlar ham o`ziga o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular bilan kelishish oson. 11. Bu kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va sadoqatli bo`ladilar. Sotqinlik va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar. Ular mustaqillikka intiladilar, lekin mustaqil yashashga qodir emaslar. Ularning hayoti doimo kurashdan iborat. 12. Ular bilan yashash oson, ko`ngli ochiq, o`zlariga o`xshaganlarni izlab yuradilar, yumshoq xarakterli, ularga qattiq gapirib ish bitkazib bo`lmaydi. Ularga muhabbat bilan yumshoq so`zlar muomila qilib ko`p narsaga erishish mumkin. 13. Ular hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar ichki tomondan doimo birortasini qo`llashga muhtoj. Ular bilan doim birga yashash qiyin. 14. Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun boy odam bo`lish kerak. Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham mushkul, lekin o`ziga tortadigan ohangrabosi bor. 15. Oyning 15-da tug`ilganlar xayolparast, sal narsaga lovullab yonadi, shuncha tez "o`chadi". Yaxshi ta`minlangan puldor odamlar bilan tez chiqishib ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa oilasi mustahkam bo`ladi. 16. Bu kun tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega. Lekin ko`p kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushni turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga ega lekin ko`ngli bo`sh. 17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib turadi. Agar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi kamdan-kam buziladi. 18. Juda ehtirosli bo`lsalarda, o`zlaridagi moyillikni aytishga uyaladi. Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar. Yumshoq momilali, juda kam janjallashadi. 19. Bu kuni tug`ilganlar "o`zimniki to`g`ri" deydigan, churt kesar, boshqalar uning uchun xizmat qilishni xohlaydigan fe`lga ega. Biror masalani ko`pchilik bilan hal etishni istamaydi, yolg`iz o`zi hal qilishni xohlaydi. 20. Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday bo`lishini xohlaydi. 21. Bu kuni tug`ilganlar ham ruhan yaqinlikka moyil bo`ladi. Ular juda beriluvchan bol`ishadi. 22. Bu kuni tug`ilganlarning hissiyotlari kuchli emas. Agar sevib qolsalar bir umr vafodor bo`ladilar. Qizg`anchiq, ko`ngli yarim kishilar. Arazchan, ularni doim qo`llab turishi kerak. 23. Sherigiga o`z tazyiqini o`tkazishni yoqtiradigan, ehtirosli va unga bo`ysunuvchan sherik topmoqchi. Agar shunday sherik topsa turmushi yaxshi bo`ladi. 24. Jismonan zaif, orzular dunyosida yashaydi. Ehtiros bilan sevadi, har xil ish bajarishni yaxshi ko`radi. 25. Shu kuni tug`ilganlar ko`proq moddiy tomondan ta`minlangan odamlar bilan birga birga bo`lishni yoqtiradilar. 26. Juda sezgir bo`ladilar, ruhan yaqinlikka muhtoj, sevgan kishilari uchun qurbon bo`lishga ham tayyor ko`ngilchangligiidan foydalanib turishadi. Lekin qat`iyatli. 27. O`zgaruvchan, pulga yoki narsaga o`ch bo`lganligi uchun ham og`machi, o`ziga o`xshaganlarni yaxshi ko`radi, ko`p kishi bilan kelishib ketadi, aqlli, kuchli xarakterga ega. 28. Chin yurakdan sherigiga sadoqatli, kamtar, ruhan yaqinlikka moyil, yumshoq, sherigi bilan kelishmasa voz kechishi oson. Ular bilan turmush qursa baxtli bo`la oladilar. 29. Bu kuni tug`ilganlar o`ziga yoqqanlarni maqtanishni xush ko`radilar. Uni ba`zida kimdir yo`naltirib turish kerak. Bu kuni tug`ilganlar o`zgaruvchan bo`ladilar. 30. Ular o`z hukmini o`tkazishni yaxshi ko`radilar. Shuning uchun ularga yumshoq so`z, yon beruvchi sherik zarur bo`ladi. O`ziga yoqqan narsani orqasidan quvib yuradi va unga erishmaguncha qo`ymaydi, "sherigi" uning yo`liga qanday yurganini ham sezmay qoladi. O`ziga bo`ysunuvchilar bilan aloqada bo`lishni ko`proq yoqtiradilar. 31. Sadoqatli va ko`ngli toza, sevgiga sodiq bo`ladilar. Ular juda jahldor va injiq bo`lishlari ham mumkin. Xarakterlari juda og`ir, bunaqa odamlarni ko`nliga qarab yashaydigan odamlargina baxtli qila oladilar. | |
|
Всего комментариев: 4 | |||
Ник: NIGHTWOLF
Ник: saidbekorchi
| |||