08:59 Photoshopda tomchi effektini tuzish | |
Quyidagi yoki shunga o'xshash rasmlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak: To'g'ri, bu photoshop emas. Lekin photoshopda shunga o'xshash tomchilar yaratish mumkin. Buning uchun ixtiyoriy kattalikdagi rasm olamiz. (O'rganish uchun 400x300px rasm bo'ladi.). Topgan rasmingiz yashil o'simlik bo'lsa haqiqiyroq chiqadi. Shunga o'xshash rasmlar saytning wallpapers bo'limida bo'lsa kerak. Elliptical Marquee Tool'ga (o'zbekcha tarjimasini topolmadim) qo'yib kichik doiracha chizamiz. So'ng Tepadagi menyulardan Layer >> New >> Layer bosib chiqqan oynachadan OKni bosamiz. Rangni oldingisini qora, orqasini oq qilamiz. Gradient tool'ni tanlab, Pastdagi rasmdagidek ko'rinishda rang beramiz Layer oynasidan (Agar u yo'q bo'lsa Window menyusidan Layers'ni yoki F7 ni bosing) Normal'ni Overlayga o'zgartiramiz. Layer staylga kiramiz. Buning uchun Layer oynasidagi Layer 1 ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib Blending options'ni tanlaymiz. Qolgan ishlarning rasmga qarab bajaring Endi yorug'lik effektini chiqarish uchun rangni oq qilib belgilaymiz. Brush Tool'ni bosib 9 px kattalikda doiraning o'ng tomoniga kichkina doiracha chizamiz. Ish tugadi. Endi birnecha shunday tomchilar qilib chiqishingiz mumkin. comsoft.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |