Dushanba, 18.11.2024, 05:50
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Сентябрь » 6 » Ramazon tuhfasi 6-kun
15:16
Ramazon tuhfasi 6-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 6-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Abu Muso al-Ash'ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duo bilan iltijo qilardilar: Allohumma ig'firliy xatiy'atiy va jahliy va isrofiy fiy amriy vama anta a'lamu bihi minniy, Allohumma ig'fir liy jaddiy va hazliy va xatoiy va 'amdiy va kullu zalika 'indiy, Allohumma ig'firliy ma qoddamtu vama axxartu vama asrartu vama a'lantu vama anta a'lamu bihi minniy, antal muqaddimu va antal muaxxiru va anta 'ala kulli shay'in qodir . (Ma'nosi: Allohim, xatolarimni, johilligimni, ishdagi isroflarimni kechirgin. Sen uni mendan ko'ra biluvchiroqsan. Allohim, jiddiyligimni, hazilimni, xatoimni, qasdimni va mening huzurimdagi barchasini kechirgin. Allohim, oldingi qilgan gunohlarimni, keyingilarini, yashirin qilganlarimni, ochiqcha qilganlarimni kechirgin. Sen uni mendan ko'ra biluvchiroqsan. Sen avvalgi-yu oxirgisan. Sen har bir narsaga qodirsan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Agar odamlar azon birlan (namozxonlarning) birinchi safida qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, (masjidga azonga qadar yetib kelib, birinchi safdan joy olish uchun) o'rtalarida qur'a tashlashdan bo'lak iloj topolmay, qur'a tashlagan bo'lur erdilar! Agar odamlar takbirda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, unga (barvaqtroq yetib kelish uchun) kim o'zarga musobaqalashgan bo'lur erdilar! Agar odamlar xufton va bomdodda qanchalar xayru barakot borligini bilganlarida erdi, ularga emaklab bo'lsa ham, kelur erdilar! - dedilar . (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: (Bir kuni) Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: Men bul kecha albatta yuzta (yoxud to'qsonta) xotinni ziyorat qilurman, ularning barchasi menga Olloh taoloning yo'lida jihod qilguvchi bittadan chavandoz tug'ib berur! - dedilar. Shunda ul kishining do'stlari (ya'ni, Jabroil alayhissalom): Inshoolloh, deb aytingiz! - dedilar. Ammo, ul kishi (o'zlarining ezgu orzu-xayollari bilan band ekanliklari boisidan Jabroil alayhissalomning suzlarini eshitmay qolib), Inshoolloh demadilar. Pirovardida, ul xotinlarning faqat bittasigina homilador bo'lib, u ham oyog'i noqis bola tug'di. Muhammadning joni qo'lida bo'lgan zot haqi, agar Inshoolloh deganlarida (ul ayollar bittadan o'g'il tug'ib bergan va) ularning barchasi Olloh taolo yo'lida ot minib jihod qilgan bo'lur erdilar! . (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur - deb marhamat qilganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan bemorliklari vaqtida qizlari Fotimani duo qilib, unga bir sir aytib erdilar, yig'lab yubordi, keyin uni yana duo qilib, yana bir sir aytib erdilar, kulib yubordi. Men Fotimadan buning boisini so'rasam, u: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ana shu bemorliklari vaqtida vafot etajaklarini qulog'imga aytib erdilar, yig'lab yubordim. Keyin, ul zot yana qulog'imga: Sen xotin, bola-chaqalarim ichida birinchi bo'lib menga ergashursan -deb erdilar, kulib yubordim , - dedi . (Sahih, Buxoriy rivoyati)

Fotima binti Muhammad.mp3 (08:41 minut, 3,98 Mb)

Tojialiyev Davronbek Rustamovich <AbdulAziz> tayyorladi.
http://www.ziyouz.com - Ziyo istagan qalblar uchun!



Категория: Ramazon | Просмотров: 1247 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]