09:24 Fransiyada 80% musulmonlari Ramazonda ro'za tutib, masjidlarga qatnaydi | |
Mamlakatdagi besh millionga
yaqin musulmon yashaydi. So‘rovda ishtirok etgan musulmonlarning 80 foizi Ramazon
oyida ro‘zani albatta tutishini va masjidlarga muntazam borib turishini aytgan. «Rossiya Federatsiyasida Islom»
agentligining ta’kidlashicha, shu yil iyul oyida Marokash hukumati Yevropaga ana
shunday olimlardan 176 nafarini yuborishini ma’lum qilgan bo‘lib, ularning yarmidan
ko‘pi Ramazon oyida aynan Frantsiyada bo‘ladi. Bu olimlar Yevropa xalqiga Islomni
tanishtiradilar, ko‘pchiligi marokashlik bo‘lgan mahalliy musulmonlar o‘rtasida
maorif masalalari bilan shug‘ullanadilar. Frantsiya ma’muriyati vakillari
o‘zlarining arab hamkasblaridan orqada qolmay, xalqlar va madaniyatlararo muloqotga
o‘z hissalarini qo‘shishga intilmoqdalar. Jumladan, shu yil uchinchi bor Parij shahri
meriyasi «Ramazon kechalari» deb atalgan tadbir tashkil qilmoqda. Tashkilotchilarning
fikricha, bu yil 9 sentyabrdan 2 oktyabrgacha davom etadigan ushbu xayrli tadbir
Yevropa mamlakatlarida Islomning bugungi qiyofasini namoyish qilishga, g‘arb kishilarida
dinimiz haqda to‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. «Ramazon kechalari»
doirasida badiiy, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar namoyish qilinadi, kontsertlar,
ko‘rgazmalar o‘tkaziladi hamda ro‘zadorlar uchun iftorliklar tashkil qilinadi. Frantsiya
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 1890 ta masjid va namozxonalar
ishlab turibdi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |