09:27 Uyali aloqa operatorlarida Ramazon tuhfasi | ||||||||||||||||||||||||||||
O’zbekiston abonetlari uchun 2008 yil 2 sentyabrdan 2 oktyabrga
qadar «Saxarlik va Iftorlik» xizmati ishga tushirildi. «Perfectum Mobile»dan «Saharlik va iftor vaqtlari»
xizmati Ma’lumki, «Perfectum
Mobile» kompaniyasi bir necha yildan buyon abonentlar uchun «Namoz taqvimi» xizmatini
tashkil qilgan bo‘lib, 33339 raqamiga o‘zingiz yashayotgan joy kodini yuborsangiz,
bir oy davomida Sizga SMS xabar tarzida namoz vaqtlari ma’lum qilib turilardi (masalan,
Toshkent shahri va viloyati kodi – 510 raqami 33339 raqamiga yuboriladi). «MTS-O’zbekiston»dan «Saxarlik va Iftorlik» xizmati MTS-O’zbekiston abonetlari uchun
2008 yil 2 sentyabrdan 2 oktyabrga qadar «Saxarlik va Iftorlik» xizmati ishga tushirildi.
Bu xizmatdan foydalanish uchun 333 servis raqami ajratildi. «Saxarlik va Iftorlik» xizmatidan
foydalanish qoidalari 1. 333 raqamiga bo‘sh SMS xabar
yuborib, xizmatdan foydalanish qoidalari bilan tanishing. «U-Cell» kompaniyasi ham
«SMS-Namoz taqvimi» xizmatiga qo‘shildi O’zbekiston uyali aloqa bozorida yaqindan boshlab faoliyat yuritayotgan
«U-Cell» kompaniyasi ham abonentlar uchun yangi xizmat turlarini tashkil qildi.
Abonentlar uchun «Ramazon taqvimi» U-Cell kompaniyasi muborak Ramazon oyida abonentlar uchun «Ramazon taqvimi» xizmatini
tashkil etdi. Abonentlar bu xizmatga obuna bo‘lishlari (bunda saharlik va iftor
vaqtlari kirishidan yarim soat avval xabar berib turiladi) yoki o‘zlariga kerakli
kundagi saharlik va iftor vaqtlarini savol-javob shaklida ham bilib olishlari mumkin. «Ramazon taqvimi»ga obuna bo‘lish uchun 7737 qisqa raqamiga ON buyrug‘i yuboriladi.
Obuna bo‘lganlarga har kuni bugungi va ertangi saharlik va iftor vaqtlari ma’lum
qilib turiladi. 7737 raqamiga yuborilgan xabarda xatolik bo‘lsa ham, abonentga bugungi va ertangi
saharlik va iftor vaqti bir marta yuboriladi. Xabar to‘g‘ri yuborilganda esa abonentga
obuna qoidalari haqida qisqacha ma’lum qilinadi. Obunani bekor qilish uchun yuqoridagi raqamga OFF buyrug‘i, obuna qoidalari haqida
ma’lumot olish uchun esa HELP buyrug‘i yuboriladi. «Ramazon taqvimi» xizmati 2008 yilning 2 sentyabridan 2 oktyabrigacha ishlab
turadi. Shuningdek, U-Cell kompaniyasi ham abonentlar uchun 33339 raqami orqali yuboriladigan
«SMS-Namoz» xizmatini joriy qildi. U-Cell abonentlari uchun 33339 raqamiga xabar yuborish narxi = $ 0,5. Batafsil ma’lumotni www.flashfon.uz saytidan olishingiz mumkin. 33339 raqami uchun O’zbekiston viloyatlarining kodlari «Namoz taqvimi» xizmati Servis raqami: 33339
Obuna kodi to‘g‘ri yuborilgach, telefoningizga «Siz Toshkent va Toshkent viloyati
vaqti bilan amal qiluvchi «SMS-Namoz» xizmatiga obuna bo‘ldingiz va 30 kun namoz
vaqtlari kirganligi haqida eslatma qabul qilasiz» degan tasdiqnoma yuboriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||
|
Всего комментариев: 4 | |||||
Ник: badriddin
Ник: badriddin
Ник: badriddin
Ник: Latifboyev Qobiljon
| |||||