Dubayda yashash
qiziqarli deyishadi.Ko’plar tavsiya qilishadi.
Hop, endi Tvlarda ko'rgan
barcha sahnalaringizni unuting.Barcha ma’lumotlaringizni, statistika, Dubay
haqidagi barcha ma’lumotlarini unuting!Dubay chiroyli bo’lishi mumkin, ammo
minus taraflari ham bor!Quyida shular bilan qischacha tanishing!
Quyidagi
maslahatlar Тиа О'Ней nomli sayohatchi jurnalist tuzgan.
1.Bu yerda standart pochta sitemasi yo’q!
Odamlardan biror narsa, sizga
kerakli manzilni so’rasangiz faqat “okey okey”, yoki “ha ha” degan javobni
olasiz.
2. Ko’pgina veb saytlar blakirovka qilingan. Ular bu saytlarni “foydasiz, moral ezuvchi, diniy saytlar” deb blakirobka
qilib tashlashadi. Bu hech narsa emas, undan ham battari IP pratakol orqali
ishlovchi (VOIP) lar blakirovkada! Tushunarsiz!
3. Bu
yer juda ham issiq. Bu Turkiyadagi iyul oyining issig’i
emas!Bu yerni issig’ i bazida parlanib ham turadi.Juda ham issiq!Faqat
konditseonerlar bilan jon saqlaysiz.
Shuning uchun ham
u yerda hayot teskari!Kunduzi halq dam olib, kechqurun ko’chalar to’lib toshadi.
4. Daraxtlar, o’simliklar va jonzodlar juda kam.
6. Turli
shaharlardan ishvilarmonlar kelib, oddiy kambag’alllari qo’l ostida ishlatib
boyib ketishadi. Ular oddiy halq bilan uzoq yillik shartnoma tuzib,
pasportlarini olib qo’yishadi.Aslida pasportni olib qo’yish mumkin emas! Shuni
bilib turib, davlat hokimiyati bunga qarshi hech qanday chora ko’rmaydi.
Odamlar ko’p pul
topishlarini aytishadi.Ammo uy joyga, oziq ovqatga ketadigan harajatlarni
hisoblashmaydi.Kompaniyalar har oylik chekni kechiktiradi.Bu holatdan norozi
bo’lgan ishchilar qo’zg’alon ko’tarsalar, huddiki bu ish noqoniniy bo’lgandek
mirshablar ularni turmaga tiqishadi.
Bunday odamlar
har qanday holatda ham bilet olib uyiga qayta olmaydi.Bilet olaman degan
taqdirda ham pasporti berilmaydi.Bular katta guruh bo’lib yashashadi. FAKT:
Ular katta-katta mehmonhonalar qurishadi, vaholanki shu mehmonhonalarning bir
kunlik turish haqqi, ularning bir yillik ish haqqiga to’g’ri keladi.
Ahvol
yomonligidan bunday insonlar o’zini avtomobil tagiga tashlashga ham tayyor.Sabab
u agar avtohalokatda halok bo’lsa bunday holat uchun davlat uning oilasini pul
bilan taminlab turadi.
7. Mahsulotlar juda qimmat. Bu shaharda eng arzon narsa –
ishchi kuchi. Shu darajada arzonki hattoki oddiy 10$ salat ham ish haqqidan
qimmat.
8. Ko’chalarda
qoida buzilganini kameralar suatga oladi. Bu yerda avtomobillingizni sotayotgan vaqtingizda butun qoidabuzarligingiz
uchun yoppasiga jarima to’laysiz!Bu adolatdan emas!
9. Bu
yerda ayollari kiyinish hayratlanarli. Aslida diniy talimot boyicha oladigan bo’lsa ayol kishi qora ko’ylak
kiyishi kerak. Bu yerda esa pastda jinsi, boshida ro’mol(!) Bu umuman diniy ta’limotga
to’g’ri kelmaydi.
10. Odamlar seni doimo ko’zlari bilan teshib yuboray deydi. Bu yer erkaklari yo oq tanli ayolni ko’rishmagan yoki ularga oq tanli ayol
faqat fohisha bo’lib ko’rinadi.
Ular hamma
yog’imni o’rab yursam ham menga yomon ko’z bilan qarashdi, oldimda erim bilan
yursam ham shu ahvol! Yana faqat erkaklar emas!Ayollari ham qolishmaydi,Barda
erim bilan birga o’tirsam, huddi u ayollarni mijozlarini olib qo’ygandek
ko’zlari bilan teshib yuboray deyishadi.
11. Fohishalar? Ha, bu yerda ular judayam ko’p!Ana endi diqqat
qiling: odam bu yerda Internet tizimida ochiq tanani ko’rishi mumkin emas, ammo
ko’chaga chiqib, bir necha soatli “tungi orom”ni sotib olish mumkin?
12. Spirtli ichimliklar bazi bir mehmonhonalarda va tungi
klublardagina sotiladi. Spirtli ichimlik
ichish uchun, sizda avval javobgarlik litsenziyasi bo’lishi shart!Litsenziya
olish uchun esa bir necha joyga yugurib hujjat to’g’irlashingiz kerak.Bir
tamondan bu yaxshi...
Shuncha narsadan
keyin ham sizga har bir butilka uchun 30%dan
soliq to’aysiz!
13. Faqatgina
spirtli ichimliklarga emas, balki hona olish, televizor olish, telefon
o’rnatish, sputnik qo’yish uchun ham ruhsat olish kerak.
14. Ko’chalarda
ahmoqonalik. Yana qayerda ko’rsa bo’ladi 160km tezlikda
ketayotgan mashinadan bir bola manga bosh chiqarib qo’l silkasa...qani
havfsizlik kamari?
15. Dam
olish kuni qayerda? Hozirda Dubayda faqat Juma bilan Shabba kuni rasman
dam olish kuni deb e’lon qilingan.Shunda ham Shanba kuni yarim kun ishlb
so’ngra dam.Har qanaqasiga ham Yakshanba-Ish kuni!
16. Shahar bir nechta TV operatorlari bor. Kanallarda juda ham eski filmlar ko’rsatiladi.Ko’pi AQSHdan olingan bo’lib,
bu filmlar muvafaqiyatli chiqmagan.Yana reklamani aytmaysizmi? Shu darajada
ko’pligidan oddiy odam ham arab tilidagi so’zlarni yodlab oladi.
17. Ko’chalar boshqaruvi rasvo. Ko’p holatlarda bu yerda aniq
adashib qolasiz.Hatto ko’chalarni nomi ha yo’q!Halq ham qayerga borishni
tushuntirib bera olmaydi.
18. Taksistlar bilan yurish qo’rqinchli. Taksi haydovchilari
shu darajada ko’p ishlaganidan yo uhlashga vaqti bo’lmaydi yoki cho’milishga!
Ko’pgina taksistlar ham ko’chalarni
yaxshi bilishmagani tufayli bir joyda aylanib yuraverasiz.
19. Yuqori tezlik – bu Amirlikning milliy sporti. Bu yerda avtomobillar kuda katta tezlikda harakatlanadi.
Mahalliy halq
mashinalarni qop-qora qilib, juda katta tezlikda harakatlanadi.Kim rulda
ekanligini mutlaqo bilib bo’lmaydi.Chiroqlari doimo yonib o’chib, signallarni
ketma ket bosib asabga tegishadi.Bunday tez harakatlanish havfli ekanligi
ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.
20. Dubay –
bu jannat emas. Hech o’yab ko’rganmisiz bu shahar okeanga
qanchalik zarar keltirishini? Bu yerdagi turistlar ko’pligi sabab ulardan tog’lab
chiqinchilar chiqib, okeanga tashlanadi.Bu narsa okeanni zaharlaydi.Okean
tubidagi ichida olmos chiqadigan chig’anoqlar qum tagida qolib ketishi mumkin.
Bularga qo’shimcha
qilib, gazlar, doimiy yoniq konditsionerlar inson foydasiga zarar.
21. (bonus)
– Mashhur Palma orollariga borishni
istamayigan odam kam bo’lsa kerak. Lekin ko’pchilik bilmaydiki bu orollar
natijasida dengiz chig’anoqlari halok bo’lib, suv uzoq muddat bir yerda turib
qolayotgani tufayli sassiq hid chiqarmoqda...
Shunday ekan,
Dubayda yashash, baland balnd imoratlar chiroyli bo’lishi mumkin.Ammo yutuq bo’lganidek
kamchilik ham bo’ladi.
www.hamma.tk sayti
uchun mahsus tayyorlandi. Saytdan maqola olib chop etilganda yoki saytlarga joylanganda manba ko'rsatilishi shart! Manba:www.hamma.ucoz.ru
Murodbek Ja'farov tayyorladi
|