09:02 Dunyoniing eng boy kishilari-2008 | |
13
yillik birinchilikdan so’ng Microsoft korporatsiyasi rahbari Bill Geyts
endi dunyoning eng boy kishisi emas. Geytsning o’rnini uning do’sti va
ko’p yillik hamkori Uorren Baffet egalladi. Berkshire Hathaway
kompaniyasi sohibi Baffetning aksiyalari qiymati 25% ga o’sganligi
sabab uning mablag’i 10 milliardga oshib, 62 milliard $ga yetgan. Forbes jurnalining 2008 yil (06.03.2008) natijalariga ko’ra, o’tgan yilning eng boy kishisi Bill Geyts reytingning 3-pog’onasidan (58 mlrd $) o’rin olgan. Bunga sabab Microsoft kompaniyasining Yahoo! Portalini sotib olish haqidagi taklifidan so’ng uning aksiyalari qiymati tushib ketganligidir. Meksikalik telekommunikatsiya magnati Karlos Slim Helu 60 milliard $ mablag’ bilan dunyoning eng boy ikkinchi kishisiga aylandi. U o’tgan yilda o’z kapitalini 11 mlrd$ ga ko’paytirishga erishgan. “Eng-eng”lar ro’yxatida keyingi o’rinlarni hindistonlik metal magnati Lakshmi Mittal (4-o’rin, 45 mlrd $), aka-uka hind tadbirkorlari Mukesh va Anil Ambani (5-6-o’rinlar, 43 va 42 mlrd $), Ikea do’konlar tarmog’i asoschisi Ingvar Kamprad (7-o’rin, 31 mlrd $), Hindistondagi eng yirik ko’chmas mulk kompaniyalaridan biri sohibi Kushal Pal Singh (8-o’rin, 30 mlrd $), Rossiyaning “Bazoviy element” xoldingi rahbari Oleg Deripaska (9-o’rin, 28 mlrd $) va “Aldi” supermarketlari tarmog’i hamrahbari Karl Albrext (10-o’rin, 27 mlrd $) egallagan. 2007 yil natijalariga ko’ra, milliarderlar salmog’i rekord natijaga yetdi: hozirda sayyoramizda mablag’i 1 milliard $ dan oshgan 1125 nafar boy yashaydi. Birinchi marta jahon millarderlari salmog’i 1000 dan oshdi. 2006 yilda jahonda 946 nafar milliarder borligi qayd etilgan edi. Dunyoning eng boy kishilari o’rtacha mablag’i 3,9 milliardni tashkil etdi. Bu o’tgan yilgidan 250 million ko’p demakdir. Milliarderlarning o’rtacha yoshi 61 dir. Barcha milliarderlarning umumiy mablag’i 4,4 trln $ ni tashkil etgani holda, birinchi o’nlikka kirgan boylarning umumiy kapitali 426 mlrd $dir. Ta’kidlash joizki, 2008 yil ro’yxatiga kirgan milliarderlarning 3/2 qismi (67%) mablag’larini o’zlari ishlab topganlar, ularga bu kapital oilaviy meros bo’lib o’tmagan. Reytingga 99 ta ayol-milliarderlar kiritilgan bo’lib, ular orasida Moskva merining xotini Yelena Baturina ham bor (253-o’rin, 4,2 mlrd $). 2007 yil natijalariga ko’ra, 40 yoshgacha bo’lgan millirderlar soni ham rekord darajasiga chiqdi va 50 nafarni tashkil etdi. Ular orasida eng yosh milliarder Facebook internet tarmog’i asoschisi, amerikalik Mark Zakerbergdir. 23 yoshida uning mablag’i 1,5 mlrd$ ni tashkil etmoqda. Eng yosh milliarderlar ichida yana germaniyalik Albert von Turn (24 yoshda, 2,3 mlrd $), livanlik Hind Haririy (24 yoshda, 1,1 mlrd $), xitoylik Yang Xuiyan (26 yoshda, 7,4 mlrd $), livanlik Fahd Haririy (27 yoshda, 2,3 mlrd $), saudiyalik Aymin Haririy (27 yoshda, 2,3 mlrd $)lar hali 30 yoshga yetmagan bo’lsalar-da eng boylar ro’yxatidan munosib joy olishga erishganlar. Milliarderlari eng ko’p davlatlar ro’yxatini hamon AQSh (469 ta) boshqarib kelmoqda. Ikkinchi o’rinni Germaniyani ortda qoldirib, Rossiya egallab oldi. 2007 yil natijalariga ko’ra Rossiyada 87 nafar dollar millliarderlari mavjud. Faqatgina shu yilning o’zida Rossiyalik milliarderlari soni 32 nafarga oshgan. Uchinchi o’rinda – Germaniya, 59 nafar nemis fuqarolari Forbes ro’yxatiga kirganlar. Eng boy yigirmatalikka Rossiyadan Oleg Doripaskadan tashqari yana 3 nafar rossiyalik kirgan: tadbirkor va Chukotka gubernatori Roman Abramovich (23,5 mlrd $, 15-o’rin), “Severstal” kompaniyasi rahbari Aleksey Mordashev (21,2 mlrd $, 18-o’rin), “Alfa Bank” rahbari Mixail Fridman (20,8 mlrd $, 20-o’rin). Milliarderlar eng ko’p yashaydigan shaharlar ro’yxatining 1-pog’onasiga Moskva chiqib oldi. Hozirda Rossiya poytaxtida 74 nafar millirder yashaydi. Ikkinchi o’rinda: Nyu-York, shaharda 71 nafar millirder istiqomat qiladi. Buyuk Britaniya poytaxti Londondan esa 36 nafar milliarder “boshpana” topgan. To'liq ro'yxat | |
|
Всего комментариев: 0 | |