Osiyo
davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft
mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi
davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narhi va
ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'ladi. The Oil Drum internet
portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko'rsatkichini o'rganib
chiqib, o'z reytingini e'lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin
markasi - "Super Yevro" (bizning AI-95 benzin markasiga mos tushadi)
narhi asos qilib olingan.
Eng benzin qimmat bo'lgan mintaqa Skandinaviya bo'lib, 1 gallon (3,785 litr) benzin bu yerda 7 dollardan oshadi.