Dushanba, 18.11.2024, 07:33
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2007 » Декабрь » 13 » Chet Tillarini O’rganish Usullari 2-qism
13:46
Chet Tillarini O’rganish Usullari 2-qism


Kundalik tuting.

Ruslarda “Povtorenie mat’ ucheniya” degan maqol bor. Buning ma’nosi “Organishning asosi qaytarishdadir” deganga to’g’ri keladi. Kundalik tutish so’z va iboralarning takrorlanishiga va hamda so’z boyligining ortishiga ko’mak bo’la oladi. Chunki avvaliga ayni bilgan so’zlarni qayta-qayta ishlatgandan keyin, yangi so’zlarni ham ishlatib ko’rishga istak paydo bo’ladi. E’tibor bersangiz, zamonamiz turli-tuman voqealarga to’la – shularni yozib borish bilan odamning hotirasida ishlatilayotgan so’zlar tobora mahkam joy oladi.



PSIXOLOGIK DEVORNI YENGIB O’TIB…CHET TILDA TO’XTAMASDAN GAPLASHING!

Chet tillarni o’rganmoqchi odam ko’p, o’rganayotganlar ham son mingta, lekin chet tillarini bilganlar yurtimizda juda kam. Chet tilini bilish deganda, ayniqsa o’sha tilda bemalol gaplashishni nazarda tutyabman. Huddi suzishni suvda suzibgina o’rganish mumkin bo’lgani kabi chet tilda gapirishni boshqalar bilan gapiribgina o’zlashtirish mumkin. Afsuski, aksariyat yoshlar chet tillarni o’rganadiyu, lekin uni ishlatishga kelganda to’xtab qoladilar.

Masalan, yurtimizda hozir eng mashxur chet til bo’lgan Inglizchaga to’xtalaylik. Til o’rganishda psihologic bir devor borki, u odamlarni dadil so’zlashishdan to’sib turadi. Til o’rganayotgan paytida yoshlar o’zaro o’sha tilda tinmasdan gaplashishga harakat qilishlari kerak. Hatolar bo’lishi aniq, lekin bular gaplashishdan to’xtatmasligi kerak.
Til o’rganayotganlar ommaviy transportta, telefonda, va o’zaro muloqotlarda iloji boricha o’sha chet tilda so’zlashishga harakat qilishlari kerak. Shundagina jumlalar, so’zlar va iboralar hotirada yaxshi saqlanib qoladi. Yoshlarimiz o’ta uyatchan. Buning hech yomon joyi yo’q, lekin uyatchanlikning ham o’z o’rni, joyi bor, do’stlarim. Bema’ni kiyinishdan, tuturiqsiz gaplarni gapirishdan, boshqalarga xurmatsizlik qilishdan, yolg’on gapirishdan, va shu kabi illatlardan UYALISH kerak. Chet tilda gapirishdan uyaladigan bo’lsak, qanday qilib gapirishni o’rganib bo’ladi? Buni ta’lim soxasida PSIXOLOGIK BAR’YER yani DEVOR deb aytiladi. O’shani ongingizda yengib o’ttingizmi, gapirib ketasiz. Huddi yurishni o’rganayotgan murg’ak boladek ilk qadamlar qiyin bo’ladi, hatolar ko’p bo’ladi, lekin olg’a yurish kerak va zarur!


Bekatlarda va jamoat transportida vaqtingizni zoe ketkazmasdan, Chet tilini mashq qiling. Ba’zilar bunga kulimisrab qarashi mumkin, lekin barcha havas qilishi aniq!

Chet Tilni Yuqori darajada O’zlashtirganligingizning Ba’zi Belgilari:

Sanaganda o’sha tilda sanayverasiz. Ko’pchilik odamlar pul yoki narsa sanaganda o’zining ona tiliga tortib ketadi. Bu tabiiy hol. Lekin chet tilni tobora chuqur o’rgangan sari odam hatto sanashni ham adashmay chet tilida gapirib yo aqlan bajaraveradi. Fikrlashda ham shunday. Chet tilini hali yaxshi bilmagan odam avval o’z ona tilida gap tuzib oladi-da, keyin o’sha gapni chet tilga tarjima qilishga kirishadi. Chet tilini mukammal egallay boshlagan inson esa gaplarini va fikrlarini o’sha chet tilda tuzaveradi, va ikkilanmasdan, to’xtamasdan gapiraveradi. Bu juda katta ahamiyatga ega. O’lkamizning siyosiy, xalqaro iqtisodiy aloqalarida aynan mana shunday insonlarga ehtiyoj juda katta.

O’sha tilda she’r yoza boshlaysiz. Chet tilni mukammal o’rganganingizning yaqqol belgilaridan biri o’sha tilda bemalol she’r yoza olishingizdir. Quyida men Inglizchada yozgan ilk sherimni sizlarga taqdim etmoqchiman:

Other paths attract me more than the Straight Path does
– I am afraid something is wrong with me…
Other melodies touch my heart more than Your Words do
- I think something is wrong with me…
Worldly affairs keep bothering me more than those of the Hereafter
- I believe something is wrong with me!
Thanks, O Lord for letting me know that something is wrong with me…

Tashkent, 1997

CHET TILDAGI QO’SHIQLARNI TINGLAB, SO’ZLARINI TUSHUNISHGA VA YOZIB BORISHGA HARAKAT QILING.

Ko’pchilik chet tildagi qo’shiqlarni faqat jozibasi va ohangi uchun eshitadi, lekin sizning maqsadingiz aytilayotgan gaplarni tushunish bo’lishi kerak. Bir do’stim yugurish haqida gapirib, agar odam tepalikka yugurishni mashq qilsa, tekis yo’lda unga yetadigani bo’lmaydi deb aytgandi. Haqiqatta ham shunday: odam tepalikka yugurganida (adir yoki tog’) muskullariga qo’shimcha og’irlik tushadi, va yugurishni qiyinlashtiradi. Huddi shunga o’xshab, turli sozlar ohangida aytilgan gaplarni anglab olishni o’rgansangiz, ma’ruza va suhbatlarda chet elliklarni tushunish yanada oson bo’ladi. Musiqa uskunasiga quloqqa taqadiganlarni taqib, ayni qo’shiqni tushunguncha qayta-qayta eshitish foyda beradi. Avvaliga klassik, sekinroq aytiladigan qo’shiq bilan boshlash kerak. Gaplarni eshitib tushuna olishlik juda muhimdir. Ko’p talabalar standardlashtirilgan chet tili imtixonlarida (IELTS, GMAT, va boshqalar) aynan shu borada ko’p adashadilar.

INTERNETTAN CHET TILDAGI VIDEOLARNI TOMOSHA QILING
Mening eng yoqtirgan saytlarimdan biri harunyahya.com. Bu sayttan Ingliz tilidagi qator videolarni olib, ko’rish mumkin. Videoning MP3 va boshqa ovoz tasmalaridan afzalligi shundaki, ko’p so’zlarni konteksttan, ya’ni vaziyattan kelib chiqib tushunib ketish mumkin. Buning foydasi shundaki, har bir yangi so’zga lug’at titkilab yurmaysiz.

LUG’AT BILAN ISHLASHNING BIR USULI – Mamurjon Usuli
Til o’rganuvchilar bir nechta lug’at sotib oladilar. Ko’pincha bu lug’atlar asosan kitob javoniga ko’rk berish bilan ovora bo’ladi. Ba’zan esa uyni bir burchagida chang bosib turadi. Buni ko’p kuzatganman. Odamlar kitobni shu qadar avaylaydiki, huddi yetti avlodiga yetishi kerakday. Menda unday emas. Ayniqsa gap lug’atlar haqida ketganda, talabalarga aytadigan gapim shu: lug’atni shu qadar ishlatingki, eskirib, titilib ketsin. Varoqlari eskirib, chizilaverib, buklanaverib uzilib ketsin. Bu darajada siyqasi chiqishi uchun lug’atni o’zingiz bilan ko’tarib yurishingiz kerak hamisha. Va nafaqat ko’tarib yurish, balki har qayerda bo’sh vaqtingiz bo’ldimi lug’atni ochib yangi so’zlarni yodlashga kirishing. 100000ta va undan ham ko’p so’zdan iborat ulkan lug’atlarni ko’tarib yurish juda noqulay. 7000ta so’zdan iborat kichikroq, ixchamroq lug’atlar keng tarqalgan.
Hozir men sizga yangi so’z o’rganishning Mamurjoncha usulini o’rgatmoqchiman. Qo’lingizga qalam oling, oddiy qalam. Siz bu qalam bilan hozir lug’atga chizasiz. Siyohli avtoruchka ham bo’laveradi. Havotirlanmang, bolangizga boshqa lug’at olilb berasiz. Kitobga chizish, yozish jinoyat emas (o’z kitobingiz bo’lsa albatta).
To’gri kelgan betni ochingda bilgan so’zlaringizni ostiga chizib qo’ying. Keyingi betga o’ting. 20tadan bitta bilganiz chiqyabdimi? Yo 100tadan bittami? Bo’sh vaqtingizni shu ishni takrorlayvering. Ikkinchi safar ayni betga kelganingizda avvalgi safar bilmagan so’zingizni yana bir bor ko’rasizda takror ko’rgandan keyin yod bo’lib qolganini anglab yoqa ushlaysiz… Odamda NAFS degan narsa bor, NAFSni to’g’ri ishlatsa juda foydali natijalarga olib keladi. Bu usulning mohiyati shundaki, odam chizgan sari yanada ko’proq so’zni “BILDIM” deb chizib qo’ygisi keladi. Bu NAFSning tabiiy namoyon bo’lishi. Vaqt o’tishi bilan ba’zi varaqlarda chizilmagan so’z qolmaydi. Qarabsizki bir necha oyda 7000ta so’zdan sizga notanishi deyarli qolmaydi! Ana o’shanda 100000talik lug’atni ko’tarib yurishingizga to’gri keladi.

HIKMATLI SO’ZLARNI VA MAQOLLARNI TO’PLAB YURING. Turli millatlarda juda ko’p maqollar va hikmatli so’zlar to’plangan. Bularni yozib, yodlab, tahlil qilib yurishga odatlaning. Gap shundaki bu kabi gaplarni eng chiroyli so’zlar va uslublar bilan tuzib chiqiladiki, ularni o’rni kelganda ishlata olsangiz tinglovchiga qattiq ta’sir o’tkazish mumkin. Mana masalan Amerikada tarqalgan bir hikmatli gap: “Popular things are not always right, and right things are not always popular…” Ho’sh, bu bir dasta durga o’xshagan gapga nima deysiz? Tahlil qilib ko’ringa! Bu so’zlarda qancha hikmat yotibdi. Har bir tilda shunday gapirishga tirishingki, har bir so’zingiz duru-gavharlar kabi bebaho va serjilo bo’lsin! Iloji boricha bu kabi hikmatli gaplarni kim va qachon aytganligini ham yozib, yodlab qolishga harakat qiling. Maqolam so’ngida “TERMINATOR 3” filmida jallod robot ro’lida o’ynagan Arnold Schwarzeneggerning O’Connorga aytgan mashxur so’zlari bilan (balki vaqtinchalik) yakunlamoqchiman:

“YOU AIN’T SEEN NOTHING YET!!!”

CHET TILI GRAMMATIKASINI O’RGANISHDAN AVVAL O’Z TILINGIZNING GRAMMATIKASINI PUXTA O’ZLASHTIRING!
Ko’pchilik til o’rganuvchilar O’zbek tilini unutib bo’lsa ham chet tilni o’rganishga oshiqadilar. Bu katta xato. Shaxsan o’zimning, va mening Ingliz tili o’qituvchi Ibrohimjon aka Muminovning tajribasiga binoan, inson ona tilini bilmay turib chet tilni puxta o’rgana olmaydi. Inson olmosh, ega, kesim, to’ldiruvchi, xol, fel, ot va shu kabi qator grammatikaga oid narsalarni avvalambor O’zbekchada tushunib olmas ekan, chet tilni anglash va ishlatish juda qiyin kechadi. Shunday ekan o’rta maktab ona tili darsliklarini yaxshilab qayta o’qib chiqishingizga to’gri keladi. Odam gapiraversa grammatikani bilib olavermaydi. Grammatika xuddi yo’l xarakati belgilari va qoidalariga o’xshaydi. Uni mukammal bilish uchun qoidalarni, kitoblarni batafsil o’rganib chiqish zarur bo’ladi. Har safar chet tilining grammatikasini o’rganar ekansiz, O’zbekchada nimaga to’gri kelishini ham o’ylab ko’ring, o’shanda grammatika xotirangizda yanada puxta o’rnashib qoladi. Albatta turli tillarning grammatikasi bir-biridan farq qiladi – shu farqlarni anglashlik ham til o’rganishni yanada qiziqarli bo’lishiga olib keladi. www.yourdictionary.com sahifasida jahonning ko’plab tillarining lug’atlari va grammatikasi keltirilgan.

XOTIRA VAROQCHALARI
Odam yozganda yangi so’zlar xotirada ancha yaxshi saqlanib qoladi. Shaloqday keladigan varoqchalarni sotuvda topolmasangiz, o’zingiz chizmachilik qog’ozini qirqib shunday varoqchalarni tayyorlashingiz mumkin. Asosiysi bu varoqchalar cho’ntakka sig’adigan va ancha-munchaga siyqasi chiqib ketmaydigan bo’lsin. Varaqchalarni quyidagicha ishlating:

  1. Bir tarafiga yangi so’zning o’zini katta harflar bilan yozib chiqing. Kichikroq harflar bilan sinonim so’zlarni ham yozib qo’yishingiz mumkin asosiy so’z ostiga.
  2. Orqa tarafiga esa o’sha so’zning talaffuz etilishi, ma’nosi va 1-2 ta ishlatilishiga misollar yozib qo’ying.

Bu vaoqchalarni doimo o’zingiz bilan olib yuring. Birinchi tarafiga qarab so’zni o’qing, va ma’nosini eslashga harakat qiling, so’ngra varoqni orqa tarafiga qarab o’zingizni tekshirib ko’ring. Agar bir nechta do’st birgalikda bu mashqni qiladigan bo’lsa yanada qiziqroq bo’ladi! Shu bilan birga ancha ko’proq yangi so’zlarni qisqa muddatta qog’ozga tushishiga olib keladi. Ular bu varoqchalrni o’zaro alishtirib tobora yangi so’zlarni o’rganib borishlari mumkin bo’ladi.
Ko’pgina lug’atlar har bir so’zga 1-2 ta misol berib o’tadi. Agar sizning lug’atingizda bunday misollar kam bo’lsa yoki umuman keltirilmagan bo’lsa, www.dictionary.com sahifasiga kiring


Категория: Darshona | Просмотров: 3546 | Добавил: hamma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Ник: dilnoza

salom katta raxmat menga bu ma'lumotlarni foydasi tegadi degan umiddaman


Ник: Sanjar

:)


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]