Dushanba, 18.11.2024, 07:43
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2007 » Декабрь » 13 » Chet Tillarini O’rganish Usullari 3-qism
13:49
Chet Tillarini O’rganish Usullari 3-qism

 Rassomchilik san’atingizni ko’rsating. Agar chizish qo’lingizdan kelmasa internettan yoki eski gazeta va kitoblardan suratlarni topib daftarga yopishtirib, ostiga nomini yozib chiqishingiz mumkin. Bunday lug’atni daftarga qilgandan ko’ra yuqorida aytilgani kabi ko’tarib yuriladigan varoqchalarga tushirish yanada maqsadga muvofiqdir. Internetta www.pdictionary.com (Inglizcha, Ispancha, Fransuzcha, Nemischa va Italyancha) sahifasidan foydalaning.
Bu kabi sahifalardan tayyor surat va so’zlarni printerdan qog’ozga tushirishlik ham mumkin, lekin qo’lda chizishlik va yozishlikka yetmaydi. Chunki qo’l bilan yozganda qo’shimcha sezgi ishga tushadi – ya’ni barmoqlar so’zni sezadi… Albatta hamma narsani ham tasvirlab bo’lmaydi – asosan buyumlar va narsalarni shu usul bilan yodlash qo’l keladi. Lekin keyingi paytta hatto xis-hayajonni ham tasvirlanmoqda.
Masalan, mana HAPPY (HURSAND) so’zining bir tasviri:

TABIIY SO’ZLASHINGIZ UCHUN HAR BIL TILGA HOS BO’LGAN IBORALARNI TO’PLAB, O’RGANIB YURING (IDIOMS).
Har bir tilda o’ziga xos iboralar mavjud. Bitta o’ris tarjimon O’zbekcha “Mol kavsh qaytaryabdi” degan iborani Ruschaga to’gridan-to’gri tarjima qilib “Korova vozvrashchayet tapochki” deb yozib qo’ygan ekan… Shuning uchun ko’plab mazmunlarni chet tillarda aynan qanday ishlatilishini bilish kerak. Masalan, men ancha payt “Qosh qo’ymoqchi bo’lib, ko’z chiqarib qo’yibdi” degan O’zbekcha iborani Inglizchasini topolmay yurdim. Nihoyat yangiliklar o’qiyotganimda (Zimbabwe Iqtisodi haqida) topib oldim: “To cut the nose to spite the face” bo’lar ekan. Buni O’zbekchaga tarjima qiladigan bo’lsak taxminan “Yuzni go’zal qilaman deb burinni qirqib tashlash” bo’larkan. Shunday nozik iboralarga e’tibor berish kerak. Bunday iboralarni lug’at va kitoblardan topish qiyin, ko’pincha ularni topishning eng tez yo’li o’sha chet tilda so’zlashadigan odamga qaysi iborani tarjima qilishingizni, va o’z tilingizda bu taxminan nimani anglatishini aytishdir.

YANGI SO’ZLAR TAXTASI
Darsxonangizning ko’rinib turadigan joyiga katta chizmachilik qog’ozini yopishtirib qo’ying va har kuni yangi so’z va iboralarni yozib boring. Rang barang va yorqin siyohlardan foydalaning. Katta-katta yozing. Bo’yoqlar bilan naqsh bering… Dars qilayotganda odamning ko’zlari toladi va atrofga alanglaydi – ayni o’sha paytta yangi so’zlar va o’rgangan so’zlaringizga qarab qo’yishlik bilan xotirangizda ushbu so’zlar yanada maxkamroq o’rin tutishiga imkoniyat paydo qilgan bo’lasiz. Bu “Yangi So’zlar Taxtasini” turli chizmalar bilan boyiting (yuqoridagi suratli lug’atlar kabi), va sinonimlarni orasiga yashil, antonimlarni orasiga qizil chiziqlar chizib qo’ying. Birga ishlatiladigan so’zlar orasiga esa ko’k chiziq chizing. Bu ulkan qog’oz to’lganida bir haqiqiy san’at asari vujudga keladi!

UYINGIZDAGI BARCHA NARSANI NOMLAB CHIQING!
Bunisi ham juda ajoyib usul. Bilasizki hozirda sotuvda bir cheti yopishqoq qog’ozchalar sotiladi – ular asosan sariq rangda bo’ladi. Shu qog’ozchalardan bir dastasini sotib olib, uyingizdagi narsalarni nomini KATTA qilib to’q rangli siyoh bilan yozib chiqing, va o’sha qog’ozchanni o’sha buyum ustiga yoki yoniga yopishtirib qo’ying. Masalan, ESHIKka Inglizcha “DOOR” deb yozib yopishtirib qo’ying. SOATni oldiga yoki chetiga “CLOCK” deb yozib yopishtirb qo’ying. PARDA oldiga “CURTAIN” deb yozib yopishtirib qo’ying, va xokazo. Biroz vaqt o’tgandan keyin atrofga qarasangiz butun uyingiz bir ulkan DARSXONAga aylanib qoladi, shuning uchun uyingizga kiraverishga “THIS IS MY SCHOOL” deb yozib qo’ysangiz ham bo’laveradi!!!

ESKI RADIONI TIKLANG!

Yoshlarimiz asosan FM (ya’ni qisqa to’lqinlar) to’lqinlarini eshitishga odatlanib bormoqda. Butun dunyoda FM to’lqinlari asosan musiqa uzatish uchun ishlatiladi. Buning sabablaridan biri FM to’lqinlar tovushni nihoyatta aniq uzatishidir. Lekin FM to’lqinlari uzoq masofalarga yetmaydi. AM (uzun to’lqinlar) to’lqinlardan esa asosan suhbatlar, yangiliklar, hikoyalar va shu kabi radio dasturlarini ommaga uzatishda foydalaniladi. Chunki AM bu ma’lumotlarni uzoq masofaga uzatishda qo’l keladi. Men yoshlarni AM to’lqinlarini eshitishga undamoqchiman, chunki Arab tilini o’rganuvchilar turli horij o’lkalaridan Arab tilida, Ingliz tilini o’rganuvchilar Ingliz tilida (va hokazo) dasturlarni tinglashi mumkin. Hozirda ko’tarib yuriladigan radiolar keng tarqalgan. Lekin ular nihoyatta kuchsiz. Shuning uchun uyingizda balki ishlatilmay yotgan eski radiolarni ta’mirlab, uzun va kuchli antennaga ulab radio to’lqinlarida o’zingiz o’rganayotgan tildagi dasturlarni izlang. Har kuni kamida yarim soat radio tinglashlik chet tilini yanada yaqxshiroq o’rganishingizda katta omil bo’ladi.

TIL BOZORI – BARTER:

Hozirda dunyo Globallashayotgan zamonda yashayapmiz. Ham G’arbda va ham Sharqda turli tillarni bilishni, o’rganishni istagan insonlar ko’payib bormoqda. Ayniqsa bundaylar yoshlar orasida juda ko’p. Internetta shunday insonlarni bir yerga olib keladigan internet sahifalari talaygina. Misol uchun quyida ro’yxati keltirilgan sahifalarga kirib siz bitta yoki bir nechta odam bilan TIL BARTERINI (ya’ni pul to’lamsdan, mahsultolarni to’gridan-to’gri alishitirish) amalga oshirishingiz mumkin, ya’ni siz unga o’z bilgan tillaringizni va siz topgan odam sizga o’zi bilgan tillarni o’rgatadi. Shu orqali hali qanchadan-qancha do’st orttirishingiz mumkin bo’ladi!

http://www.polyglot-learn-language.com

http://www.mylanguageexchange.com

http://www.sharedtalk.com

http://www.conversationexchange.com/

AUDIOKITOBLARDAN FOYDALANING!

Audiokitoblar bu kitoblarning birorta odam tarafidan o’qib audio tasmaga yoki kompakt disk (CD) ga yozilgan ko’rinishidir. Audiokitoblar ikki turli bo’ladi: 1) Kitobning to’laligicha o’qilgani; 2) Kitobning qisqartirilib, faqat eng muhim joylariga urg’u berib yozilgani. Siz bunday audiokitoblarni chet elda ta’lim olayotgan va ishlayotgan do’stlaringiz orqali harid qilishingiz mumkin. Yoki bo’lmasa o’sha tilni yaxshi bilgan va talaffuzi juda ravon bo’lgan tanish yoki do’stingizdan iltimos qilib, birgalikda chet tilida yozilgan hohlagan kitobingizni yozib olishingiz mumkin. O’ylab qarang axir! Atigi 20 yil avval ilm olayotgan talabalar bunday imkoniyattan mahrum bo’lganlar. Albatta u paytta ham ovoz yozish va chiqarish vositalri bo’lgan, lekin yo’lda eshitmoqchi bo’lgan odam, bahaybat magnitolalarni ko’tarib yurishga majbur bo’lgan. Magnitolalar nafaqat o’gir balki qimmat ham bo’lgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanib ketganligi natijasida WALKMAN va CD-Playerlar juda arzon bo’lib ketgan. Hozirda MP3 playerlarning narxi ham ko’pchilik uchun unchalik qimmatlik qilmaydi. MP3-Playerga 700ta qo’shim joylab olgandan ko’ra mashxur audiokitoblardan to’rttasini chet elda o’qilganini joylab olsalar bo’lmaydimi? Shu kabi zamonaviy ovoz uskunalaridan bizni yoshlar ilm olishda yaxshi foydalanmayabdilar! Aksariyat yoshlar asosan “Yondim! Kuydim!” degan ashulalarni eshitish bilan ovora…Halqimiz “oqqan suvni qadri yo’q” deb juda to’g’ri aytib qo’ygan eka. Zoe ketgan yoshlikni ham, bema’ni qo’shiqlarni yangratib eskirgan MP3-Playerni ham “oqqan suv” ga o’xshatsak bo’laveradi.



MAKTUB YOZING…
Agar Internetga doimo oson ulanolmasangiz, siz o’zingizning chet ellik do’stlaringizga AVIA-POCHTA orqali hat yozib turishingiz mumkin. Dunyoning deyarli barcha chekkasiga hatlar tahminan 10 kunda yetmoqda. AVIA-POCHTA ham tez ham arzon (Oz’bek Pochtasidan oddiy hatni AVIA-POCHTASI Amerikaga 750 so’m). Hat yozishlik til bilishlikning juda muhim qirrasidir. Hat yozganda ham oddiy qogoz-qalam bilan yozing, chunki masalan Ingliz tilida yozganingizda comyuter sizni hatolaringizni aytib turadi, natijada esa o’zingiz so’zni aniq yodlab qolishga erinadigan bo’lib qolasiz. Umuman olganda ham har qanday bilimni egalashda texnikaga sira ham o’rganib qolmang. AQShda elektr to’ki o’chsa ba’zi maktablarda darslar bekor qilinadi – chunki compyuterlar ishlamaydi. Kalkulyatorni Batareykasi tugab qolsa deyarli barcha o’quvchilarning matematikadan bahosi tushib ketadi – sababi ular hayolan yoki qog’ozda hisob-kitob qilolmaydi. Hatto universitetlarda ham deyarli ayni ahvol. Shuning uchun avvalo o’zingizga ishoning, texnika esa ikkilamchi narsa bo’lib qolsin. Yana bir muhim niqta: xat yozganingizda qora qog’oz ishlatib, yoki fotokopiya qilish bilan hatingizni nusxasini olib qo’ying. Bu bilan keyinchalik hatingizni yana tahlil qilishingizga imkoniyat paydo bo’ladi.

XOTIRANGIZNI O’TKIRLAB OLING!
Avvalgi keltirilgan usullarning ko’pchiligi nafaqat til o’rganishda, balki, agar to’g’ri qo’llanilsa, har qanday ilmni egallashda ko’mak bolishi mumkin. Hozir sizga aytib beradigan usulim esa albattaki barcha tolibi-ilmlarga ta’lluqli. Shuning uchun ushbu yerdan boshlab maqolaning nomini kengaytirib “ILM QAL’ASINING QAMALI” desak to’g’riroq bo’ladi…
Masalani sizga bir masal bilan anglatmoqchiman. Ikki o’tinchi (kuchlari ham teng, asboblari ham) ayni paytta ayni qalinlikdagi ikki daraxtni aralay ketibdi. Ulardan birinchisi bir daqiqaga ham to’xtamay aralashga kirishibdi, ikkinchisi esa besh-o’n daqiqa to’xtab, dam olib ishlarkan. Sizningcha qaysinisi o’z daraxtini birinchi qulatgan? Qarangki, to’xtab, dam olgani tezroq bitirgan ekan ishni! Buning sababi uning kuchida yoki arrani qanday tortishida emas, balki uning har to’xtagan paytida o’z arrasini qayroq to’sh bilan o’tkirlab olishida bo’lgan ekan! Haligi to’xtamay qilingan harakatlar esa agar arra o’tmaslashib qolsa qanchalik foyda berardi? Siz ham muhtaram ilm tolib va tolibalari, faqat o’zingizni hotirangizdan shikoyat qilavermay, xotirani yanada o’tkirlash yo’llarini izlang. Aytingchi kim Arnold Shvartzneggerga o’xshagan muskullar bilan tug’ilgan? Hech kim! Kuchli muskullarga mashq bilan erishiladi. Huddi shunga o’xshab kuchli xotiraga ham mehnat bilan erishiladi. Men har safar dars boshlashimdan avval o’quvchilarga xotirani yaxshilash usullarini o’rgatishga harakat qilaman. Hozirda G’arbda bunga ancha katta e’tibor beriladi, bizning maktablarda esa bu muhim ishga deyarli umuman e’tibor qaratilmaydi, maxsus o’qish usularini taxsil beruvchi darslar va darsliklar yo’q. Hamma o’zicha, o’zi bilganini qilib, bir amallab o’rganadi o’z sohasini. Sharqda ham ota bobolarimiz o’tkir xotirasi bilan ajralib turganlar. Allomalarimizdan biri Qur’oni Karimni yodlagan paytida bir tarafini qo’li bilan yopib turar ekan, chunki unday qilmasa ikkala varoqni teng yodlab qo’yishi mumkin ekan!
Eng yaxshi xabarni aytaymi? Dunyo bino bo’lib hali hech kimning dunyoda xotirasi to’lib qolgan emas. Inson imkoniyatlarini tadqiqot qiluvchi olimlar Dunyodagi eng katta kutubxonada saqlanayotgan millionlab kitoblar ham bitta odamning xotirasiga sig’ib ketishini e’tirof etmoqdalar. E’tibor beringa! Sig’ib ketar ekan, siqqandan keyin to’lib qolar ekan demayabdi. Bilasizmi, aytishlaricha Napoleon Bonapart o’zining GRANDE ARMEE, ya’ni bir necha yuz mingdan iborat lashkarining HAR BIRINI ismini yoddan bilgan ekan! Albatta u odam undan tashqari ham judayam ko’p narsani yoddan bilganligi aniq.

Qanday mukammal maxluq ekan INSON degani? Axir hecham xotirasi to’lmaydigan telefon yoki kompyuterni tasavvur qila olasizmi? Peshonagizni ichida o’shanday kompyuter deyarli ishlatilmay yotibdi! Mashxur so’z ustasi Xojiboy aka (ha qiziqchi emas, aynan so’z ustasi) ning bitta askiyasi bor: Bir joyda kallalar sotilyabdi ekanda, Yapon kallalari rossa arzon emish, O’zbek kallalari esa judayam qimmat emish. Sababini so’rashsa, sotuvchi “O’zbek kallalari deyarli ishlatilmagan, yap-yangi” der emish!

Xotirani yaxshilashning ham fizioligik (jismoniy), va ham ma’naviy taraflari bor. Keling xotiramizning markazi bo’lmish inson miyyasi haqida so’z yuritaylik. Fiziologik atrafdan olib qaraydigan bo’lsak, insonning miyyasi tana og’irligining taxminan 3 foizinigina tashkil qilishiga qaramasdan, tanaga kirayotgan havodagi kislorodning 20-25 foizini iste’mol qilar ekan. Bundan juda bir muhim xulosaga kelish mumkin: kislorod miyya faoliyati uchun o’ta muhim moddadir. Shunday ekan toza havoda mash qilib qaytgach olinadigan ilmni miyya ancha faollik bilan egallashi tayin! Undan tashqari o’tirgan honangizda ham xona havosining tozaligi o’ta muhim. Xotira bo’yicha yozilgan kitoblardan O’zbekistonda topish mumkin bo’lgan bir juda ajoyib qo’llanmani sizlarga tavsiya etmoqchiman. U Viktor Pekelis tomonidan 1980-yillarda yozilgan “Kak Naiti Sebia” kitobidir. Ushbu kitob nafaqat xotira balki inson hayotining ko’plab sohalari, xususan insonlararo munosabatlar, ilm olish, mash qilish va shu kabi sohalarni ham o’z ichiga olgan. Ayni muallif xotira va boshqa inson qobiliyatlari haqida o’zining “Tvoi Vozmozhnosti, Chelovek!” degan kitobida ham batafsil fikr yuritgan. Agar adashmayotgan bo’lsam, o’sha muallif miyyani kislorod bilan yaxshiroq to’yintirish uchun kuniga bir nech marta boshni pastga egib turishni tavsiya etgan – bu bilan ko’proq kislorod qon bilan miyyaga oqib kelib, miyyaning roxatlanishiga olib kelar ekan… Xotirani teranlashuviga omil bo’luvchi ovqatlar va mevalar haqida ko’plab kitoblarda yozilgan. Men bunga faqat shuni qo’shmoqchiman: O’zbek ovqatlanish tarzi miyya uchun kerakli bo’lgan ko’plab moddalarni yetkazib berar ekan. Misol tarzida keyingi maqolalarimning birida xususan PALOV haqida batafsil yozmoqchiman.

BOYO’GLIMISIZ yoki BULBUL?

Psixolog olimlar insonlarning faoliyat darajasi bo’yicha asosan ikki turga bo’linishini kuzatishlarda aniqlaganlar. Ushbu qismda o’sha ikki xil odamlar haqida to’xtalmoqchiman.

Ruschasiga JAVORONOK deyiladi. Men bulbul deb o’zgartirdim, chunki bulbul ham saharchi qushdir. Bulbulning eng chiroyli sayrash payti asosan sahar paytidir. Kunduzi ham sayraydi, lekin kechga kelib ayniqsa qorong’uda bulbul kamdam-kam sayraydi. Shu kabi bulbulsifat odamlar ham asosan ishlarini sahar payti, subhidamda yaxshi bajaradilar. Ilm olishga kelganda ham sahar payti ularning butun qobiliyatlari namoyon bo’ladigan payt. Soat kechki 8-9 larni ko’rsatgan paytida ularni uyqu o’ziga tortadi.

Boyo’gli deb bejiz aytilmagan. Boyo’glilar odatta kunduzi yaxshi ko’rmagani uchun butun tirikchiligini shomdan keyin amalgam oshiradi. Boyo’g’li deb ataladigan insonlarning faoliyat darajasi kechga yaqin va tunda nihoyatta avjga chiqadi – ushbu paytta mashq qilish, ilm olish va boshqa shaxsiy ishlar bilan shug’ullanish maqsadga muvohiqdir. Hususan miyya ham kechki payt, oqshomda, va kechasi bilan juda yaxshi ishlaydi. Boyo’g’lisifat odamlar kunduzi ham bemalol faoliyat ko’sataveradi, lekin sahar payti unchalik sermahsul bo’la olmaydilar. Men maktabni bitirguncha, va undan keyin universitetni bitirguncha sahar turib, toza-sof miyya bilan dars qilishga tirishdim, lekin mening qo’limdan bu narsa hecham kelmadi. Garchi erta saharda turib biroz mash qilsam ham, qaytib kelib quyosh chiqqanidan keyin albatta bitta uxlab olmasam hecham kunduzi o’zimni yaxshi his qilolmayman. Taxminimcha, hozirgacha o’rgangan barcha bilimlarimning 90 foizini tunda o’tirib o’rganganman deb o’ylayman. Tunda atrof tinch, kamida 5-6 soat vaqt bor tonggacha… Dars qilgani Juda ajoyib payt, menimcha!

Shunga amin bo’ldimki, odam tabiatiga qarshi yura olmas ekan. Yuqoridagilarni tahlil qilib siz ham bulbul yoki boyo’g’li ekanligingizni aniq bilib olingda, o’z mashq va dars jadvallaringizni shunga qarab tuzib chiqing. O’shanda o’zingizning imkoniyatlaringizdan imkon qadar to’g’ri va unumli foydalangan bo’lasiz.

SINONIMLAR, SINONIMLAR, va yana SINONIMLAR!

Bilasizmi, O’zbek tilida odamning yuzini ifodalovchi kamida yettita so’z mavjud? Bular: YUZ, AFT, SHIXT, BASHARA, TURQ, SIYMO, BET. Bularni barcha O’zbeklar ham bilavermaydi. Sizlar chet tilni o’rganayotganingizda, albatta har bir yangi so’zning kamida bitta sinonimini biling – yani har bir narsani kamida ikkita so’z bilan ifoda eta olishingiz zarur. Boshqalar bilan gaplashganingizda e’tibor bering: qayta-qayta ayni so’zni takrorlayverishlik o’sha odamning so’z boyligi juda kam ekanligini ko’rsatadi. Yozishda ham shunday. Chet tilda hat yoki birorta hujjatni yozar ekansiz hadeb bir xil so’zlarni ishlataverish, xususan Ingliz tilida gapni har safar “I” (ya’ni “MEN”) deb boshlayverishlik juda hunuk chiqadi. Sininimlarni bilgan odamning nutqi ham ravon bo’ladi, chunki bitta so’zni unutib qo’ysa, shunga o’xshaganini ishlatib to’xtamasdan gapirib ketaveradi.
MEN YANA BITTA TIL BILISHIMNI BILMAY YURGAN EKANMAN!
Men sizlarga taqdim etgan usullarning aksariyatini Ingliz tilini o’rganish jarayonida qo’llaganman, albatta undan keyin yana bir nechta boshqa tillarni ham o’rganishga muvaffaq bo’ldim. Masalan o’tgan hafta Bolgar tili bilan tanishib chiqdim. Bolgarcha til Rus tiliga shu qadar yaqin ekanki, Bolgarchadagi gazetadagi to’g’ri kelgan maqolani ochib o’qisam 90% bemalol tushunyabman. Demak men Bolgar tilini o’qish qismini deyarli bajardim.Yozish va gapirishni o’rganishim uchun bir necha oy mashq qilish kifoya. Chet el shirkatlariga ishga topshirayotganingizda ko’pincha sizdan til bilimingizning uch qismi so’raladi: o’qish, yozish, va gapirish. Men shu tilni ham zahiramga qo’shib qo’ysam bo’lar ekan.
Ko’pchilik birdaniga bir nechta tilni o’rganishga harakat qiladi. Menimcha bunday holda qaysi tilni o’rganishni tanlash muhim. Masalan, menimcha O’zbek tiliga eng yaqin chet tili bu Turk tilidir. Eski, adabiy O’zbek tilini bilgan odam Turkchani 6 oyda o’rganishi mumkin. Shaxarda katta bo’lgan talabalar esa Rus tilini yaxshi bilganligi tufayli Inglizchani o’rganishi osonroq, chunki Rus tili Ingliz tiliga ancha yaqin. Lug’atlarni ham shu asnoda tanlash maqsadga muvofiq. Masalan, Turkchani o’rganish uchun O’zbekcha-Turkcha Lug’at qulayroq bo’lsa, Inglzichani o’rganish uchun Inglizcha-Ruscha Lug’at qulayroq kelishi tayin.

SO'NGSO'Z
Til qal'asining qamali usullarining asosiylarini o'z ichiga olgan to'plamga yakun yasar ekanman, bitta muhim narsani albatta aytib o'tmoqchiman. Tilni hamisha mashq qilib turilmas ekan, sekin asta unutila boshlaydi. Qarabsizki, ne-ne qiyinchiliklar bilan olingan qal'a ham qo'ldan ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa avval keltirilgan usullardan o'zingizga eng yoqqanlarini davomiy ishlatib yurishingizni tavsiya etaman. Chet tili siz uchun bir cho'qqi emas, balki dunyoga va ilmga bir ko'prik vazifasini bajaruvchi vosita bo'lib qolsin.



Ma'murjon Rahimov

Категория: Darshona | Просмотров: 6337 | Добавил: hamma | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 5
Ник: islomova komila

menga inglizcha so'zlashadigan do'st kerak


Ник: Xon

Avvalambor maqola muallifidan ming bora uzrso'rayman-u, ammo, men bu maqolalaringizga umuman tushunmadim. Yo'q, siz meni o'qimaganga chiqarmang, aksincha siz unchalik yaxshi yoza olmapsiz. menga umuman yoqmadi.
Uzr!


Ник: lilu

Judayam mazmunli va foydali maqola yozibsiz, raxmat


Ник: Administrator

biggrin


Ник: DETSL

MAQOLA MUALLIFIGA VA MAQOLAGA GAP BO`LISHI MUMKIN EMAS !! angry


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]