Har
yili Stokgolmda an'anaviy Nobel haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik
davomida Nobel mukofotining olti yo‘nalishdagi g‘oliblari e'lon
qilinadi. Mukofotning besh yo‘nalishi shvetsiyalik kashfiyotchi (u
kashf etgan dinamit 1867 yil patentlashtirilgan), sanoatchi, lingvist,
faylasuf Alfred Nobel tomonidan vasiyat qilingan, iqtisod sohasidagi
mukofot esa, 1968 yilda Shvetsiya davlat banki tomonidan Alfred Nobel
xotirasiga ta'sis etilgan. Odatda mukofot egalari ayni kuz mahali e'lon qilinadi. Ya'ni
bu davrda kimning hosili mo‘l bo‘lgani aniqlab olinib, dekabr oyida
taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
|
Biz
kechasi ko‘chalar, binolar, bozorlar, umuman, hammayoq jim-jit,
kimsasiz bo‘lishini tabiiy qabul qilishga ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri-da,
tunda kim ham (agarda kimningdir qaerdadir zarur ishi bo‘lmasa)
ko‘chaga chiqardi, axir sutkaning bu payti uyquga bag‘ishlanadi. Lekin
shaharda (so‘nggi paytda "shaharlashayotgan" qishloqlarda ham) shunday
joylar borki, agar tunda u yerda hech kim bo‘lmasa, ko‘pchilikning
taajjubiga sabab bo‘ladi.
Bunday joyni diskoteka yoki oddiygina qilib, "tungi klub" deb atashadi.
o‘arbcha yurish-turishning salbiy tomonlarini xush ko‘ruvchilarning
aytishlaricha, "hech kimning tergovi va qarshiligisiz, miriqib dam
olish mumkin bo‘lgan" diskotekalar ba'zi yoshlarning sevimli maskaniga
aylanib ulgurgan.
|
Osiyo
davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft
mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi
davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narhi va
ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'ladi. The Oil Drum internet
portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko'rsatkichini o'rganib
chiqib, o'z reytingini e'lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin
markasi - "Super Yevro" (bizning AI-95 benzin markasiga mos tushadi)
narhi asos qilib olingan. Eng benzin qimmat bo'lgan mintaqa Skandinaviya bo'lib, 1 gallon (3,785 litr) benzin bu yerda 7 dollardan oshadi.
|
Synetics
konsalting kompaniyasi zamonaviy dunyoning eng aqlli 100 ta kishisi
ro'yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro'yxat Buyuk Britaniyada 2007 yilning
yozida o'tkazilgan so'rov asosida tuzilgan bo'lib, unda 4000 kishi
ishtirok etgan. Natijalarga ko'ra eng aqlli kishilarning ko'pi AQSh (44
ta) va Buyuk Britaniya (34 ta) fuqarolaridir. Shuningdek
ro’yxatda Rossiyadan 3 tadan, Shveysariya, Italiya, Xitoy, Eron,
Yaponiya, Irlandiya, Kanada, Germaniyadan 2 tadan, JAR, Braziliya,
Isroil, Tibet, Polsha, Filippin, Saudiya Arabistoni, Niderlandiya,
Hindiston, Yangi Zelandiya, Ukraina, Avstraliya, Norvegiyadan 1tadan
vakillar mavjud.
|
|