Volidai muhtaramam Tanzila bintining poylaridan, (tovonlaridan) o‘lim
yarasi o‘sa boshladi. (Rak xastaligi nazarda tutilgan G.X.). Bu yara
kundan-kunga o‘sa boshladi. Onam o‘zlarining hollarini bilgach,
talvasaga tushib qolgan edilar. Kamina ham onaizorimning vafotlari
yaqin ekanligini his qilganim sari Allohdan shu zaifaga umr tilardim.
To‘qqizinchi kuni onamning yaralari ancha yiriklashdi. Men peshin
namozini o‘qiganimdan keyin, Xizr Alayhissalomdan saboq olishga Jayxun
kunarasiga bordim...