«Elektron miya»ni inson miyasiga qiyoslab bo‘lmaydi. Inson miyasi
qanday ishlashi haqida olimlar hozirgacha yakdil fikrga kelolganlari yo‘q. Kompyuter
esa kiritilgan axborotni ma’lum dastur yordamida tez ishlab berish imkoniyatiga
ega, ammo o‘zi mustaqil qaror qabul qilolmaydi. Ustunligi - hisoblash ishlarini
juda tez bajarishidir. Insonlarning vaqti tejaladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish
va qulaylashtirish borasida insonlar qadimdan izlanishlar olib borishgan.