* * *
Muhabbat opa o‘zlari yashaydigan
ko‘p qavatli uy oldini qo‘shnilari bilan birga tozalashayotgan edi. Ularning
oldiga qo‘lida chaqaloq ko‘tarib olgan yoshgina bir qiz kelib salom berdi.
— Vaalaykum assalom, qizim yaxshimisiz? — dedi Muhabbat opa.
Qiz nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz juftlab turar, lekin tili aylanmasdi. Nihoyat
u duduqlangancha:
— K-kechirasiz, m-men bolamga enaga izlayotgandim...— deya oldi.
— Qizim, go‘dak hali juda kichkina-ku, o‘zingiz qaraganingiz yaxshi emasmi?
Yoki talabamisiz?— qizginaga achinib so‘radi Muhabbat opa.
— Yo‘q... Talaba emasman, tikuvchiman. Bola bilan ishlayolmayapman...
— Ozgina katta qilib, keyin ishlay qolmaysizmi? Hech bo‘lmasa bir yosh qiling.
Chunki, unga onasining mehrini hech kim berolmaydi, — gapga aralashdi qo‘shni
ayollardan biri.
— Ishlamasam bo‘lmaydi...— qizning ko‘zlari namlandi.
Bir ko‘zlarida yosh qalqib turgan qizga, bir onasining qo‘ynida hech narsadan
bexabar pishillabgina uxlab yotgan chaqaloqqa qararkan, Muhabbat opaning
ko‘ngli buzilib ketdi. Go‘dakka nisbatan mehri tovlanib:
— Men uyimdagilar bilan maslahat qilib ko‘ray-chi. Agar bir-ikki oyga bo‘lsa,
balki qarab berarman,— dedi.
— Qachon kelay?— so‘radi Shahlo.
— Ertaga keling,— jilmaydi ayol.
Shahlo ular bilan xayrlashib, ortiga qaytdi. Uning ortidan qarab qolgan ayollar
bir-birlariga “tushunmadim” degandek yelka qisib qo‘yishdi.
Muhabbat opaning yuragi hapriqar, nega bunaqa holatga tushib qolganini o‘zi ham
anglayolmasdi. Go‘dakni bir ko‘rgandayoq yuragi “jiz” etgandi.
Hamma yoqni saranjom-sarishta qilib, kechki ovqatni tayyorlab qo‘ygan ayol erining
ishdan qaytishini betoqatlik bilan kuta boshladi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlashi
bilan bolalaridan oldin yugurib borib ochgancha “Yaxshi keldingizmi?” deya erini
qarshi oldi.
Dasturxon tuzadi. Oila a’zolari jam bo‘lib ovqatlanishdi. So‘ngra xontaxta atrofida
shirin suhbat qilib o‘tirisharkan, Muhabbat opa gapni nimadan boshlashni bilmay
qiynalardi. Axiyri turmush o‘rtog‘iga bugungi voqeani so‘zlab berdi. So‘zini yakunlarkan:
— Dadajonisi, negadir o‘sha go‘dakka qaragim kelib ketdi. Bilmadim, juvonning
ko‘zlarida qandaydir dard borga o‘xshab tuyuldi. Shundanmi, unga yuragim achishib
ketdi. Mayli, savob bo‘larmidi?..—dedi mo‘ltirabgina.
— Qiynalib qolmaysanmi?
— Biron oy qarab ko‘ray-chi...
— Shuni xohlayotgan bo‘lsang, o‘zing bilasan.
Eridan bu javobni kutmagan Muhabbat opa quvonib ketdi. Endi tong otishini,
mehri tushib qolgan o‘sha chaqaloqni ko‘rishni intizorlik bilan kuta boshladi.
Birdan xayoliga "Kelmay qolishsa-ya, boshqa birovni topgan bo‘lsa-chi?"
degan fikr keldi. Shunday xayollar bilan ko‘zi ilindi.
Ertalab vaqtli turib, erini ishga kuzatdi. Bolalarini o‘qishga jo‘natdi.
So‘ngra yuragi dukurlagancha kichik uyidagi narsalarni chiqarib, chaqaloq uchun
joy tayyorlay boshladi. Ishini yakunlagach, "Endi ko‘chaga chiqib turayin,
yana qizgina uyimni topolmay qaytib ketmasin. Axir kecha shoshganidan eshigimni
so‘rashni unutibdi-ku!" degancha pastga tushdi. Yarim soatlar chamasi vaqt
o‘tgach, uzoqdan qo‘lida bola ko‘targan ayol ko‘rindi. Bu aniq kechagi juvon edi!
Muhabbat opaning yuragi yana hapqira boshladi. Shahlo kechagi ayolni tanib
salom berdi:
— Assalomu alaykum opa! Yaxshimisiz?
— Vaalaykum assalom, qizim! ¤zingizning ahvolingiz yaxshimi?
— Rahmat... Nima bo‘ldi, uyingizdagilar bilan maslahatlashdingizmi?— so‘radi
Shahlo ko‘zlarini javdiratib.
— Ha, so‘radim. Turmush
o‘rtog‘im rozi bo‘ldilar.
Ayolning bu javobidan xursand bo‘lib ketgan Shahlo:
— Men sizni albatta rozi qilaman! O’ar oy oltmish ming so‘m beraman. Faqat... faqat
qizimga yaxshi qarasangiz bo‘lgani!..
— Siz uni emizasizmi?
— Yo‘q, qo‘shimcha ovqatga o‘rgatganman.
— Voy esizgina-ey!.. Shundoq kichkina go‘dak halitdan qo‘shimcha ovqat yesa-ya!
Axir hozir uning uchun eng zarur va foydali ovqat sutingiz-ku? Ko‘krakdan
ajratmaganingiz tuzuk edi. Ona sutini to‘liq ikki yoshgacha emgan bola jisman
ham ruhan ham soQlom bo‘ladi,— shunday deya go‘dakni qo‘liga olgan Muhabbat opa
achinish bilan baG’riga bosdi. Chaqaloq mittigina oG’zini ochib, ko‘krak
izlardi...
Shahlo bir so‘z demay ko‘zlarida yosh aylangancha, begona ayol quchoG’idan joy
olgan go‘dagiga termulib turardi...
— Kechki payt olib ketasizmi?
— Yo‘q, har ikki-uch kunda xabar olib turaman...
— Nima? Uni hali kecha-yu kunduz qoldirmoqchimisiz?
— Sizdan iltimos...
— Meni to‘g‘ri tushuning, singlim. O’zimni emas, bolangizni o‘ylayapman. Hali,
sutingizdan— nasibasidan ayrilgani yetmaganday, go‘dak sho‘rlikni mehringizdan
ham ayirmoqchimisiz?!
—...
— Voy, yoshlar-ey! Nega bular faqat o‘zini o‘ylarkin-a!
— Mana bu sumkada kerakli narsalari bor. Mayli, men ketdim...
— Shoshmang, ismini aytmadingiz-ku?
— Ha, esim qursin. Ismi... ismi Zahro...
— O’zingizniki-chi?
— Meniki... Shahlo... Xayr bo‘lmasa.
— Xayr. O’a aytganday, meniki Muhabbat!
Shahlo ortiga qayrilmay
ketib borar, yo‘l qo‘ygan bitta qo‘pol xatosi sabab hayoti ostin-ustun bo‘lib
ketganidan, nadomat yoshlarini yo‘lma-yo‘l to‘kib borardi...
Muhabbat opa go‘yo xazina
topib olgandek, sevinchi ichiga siQmasdan bolani mahkam baQriga bosib oldi.
Uyiga kirishi bilan bolani o‘zi tayyorlab qo‘ygan belanchakka yotqizdi-yu, eng
avval ishni isiriq tutatishdan boshladi. So‘ngra bolani ovqatlantirdi,
tagligini alishtirib, ho‘l bo‘lganini darrov yuvib qo‘ydi.
Chaqaloqni qo‘liga olib, unga yaxshilab qararkan: "Ko‘z tegmasin-a, shunaqayam
shirin bo‘ladimi?" dedi. So‘ng: "Onasining boshiga tushgan qanday tashvish
go‘dakning eng shirin paytida, eng parvarishtalab ekanida bunday ulkan mas’uliyatdan
kechishga majbur qilgan ekan? Unga Qirt begona bo‘la turib, mening mehrim tushib
qoldi-ku!.." deya o‘yladi.
Muhabbat opa kecha-yu kunduz go‘dakka parvona bo‘ldi-qoldi. Lekin uch kun o‘tdi
hamki, Shahlodan darak bo‘lmadi. Bundan ayol xavotirlana boshladi. Eriga nima
deyishini bilmay qiynalardi. Roppa-rosa bir hafta bo‘lganda Shahlo yana keldi.
Bolasini mahkam baQriga bosib olgan, yelkalari silkinar, lekin ovozi chiqmasdi...
So‘ngra Muhabbat opa bilan bir oz suhbatlashib o‘tirdi. Sumkasidan bir taxlam
pul chiqarib berdi-da:
— Mana oltmish ming. Bu esa bolaning ovqati. Mayli opa, endi men qaytay...
— Qachon kelasiz?
— Bilmadim, imkoniyatimga qarayman...
* * *
Muhabbat opa kun o‘tgan
sayin go‘dakka qattiqroq boQlanib qolayotganini his qilardi. Alla aytib bolani
uxlatgach, uning kiyimlarini yuvarkan, eshik qo‘nQiroQi bosildi.
— Hozir,— ovoz berdi ayol. Borib ochdi, ostonada qaynonasi Muattar xola
turardi.
— Assalomu alaykum, xush kelibsiz!— shosha-pisha qo‘lidagi sovun ko‘piklarini
sochiqqa artgancha orqaga tisarildi.
— Vaalaykum assalom, yaxshi o‘tiribsizlarmi?— deya kelini bilan quchoqlashib
ko‘rishdi qaynona.
Muhabbat opa darhol dasturxon yozdi, choy damladi. ¤tirib duo qilishgach,
kelini bilan hol-ahvol so‘rashayotgan qaynona chaqaloq yiQisini eshitib:
— Voy, mehmoningiz bormidi?— dedi ajablangancha.
Muhabbat opa qaynonasiga bo‘lgan voqeani yotiQi bilan tushuntirdi. Tabiatan
bolajon bo‘lgan Muattar xola go‘dakni ko‘rishga shoshildi. qaynona-kelin biri
qo‘yib ikkinchisi uyqudan uyg‘onib yig‘layotgan go‘dakni erkalay boshlashdi.
— Onasi tez-tez kelib
turibdimi?
— Bir hafta o‘tkazib keldi...
— Voy-ey, bola ichikib qolmasmikin? Mayli, yaxshilab qarang, savobi sizniki,— chaqaloqni
bag‘riga bosgancha jilmaydi qaynona.
Bir hafta-o‘n kun ichida bu oiladagilarning barchasi yangi mehmonga o‘rganib
qolishdi. Shundoq ham nabiralaridan tez-tez xabar olib turadigan Muattar xolaning
bir oyoQi o‘Qlining uyida bo‘lib qoldi. Lekin o‘n besh-yigirma kun o‘tdi hamki,
Shahlodan darak bo‘lmadi.
Bu gal roppa-rosa bir oy o‘tkazib kelgan Shahloni ko‘rganda Muhabbat opa o‘zini
to‘xtatolmadi:
— Singlim, axir bolangiz-ku! Nahotki sog‘inmagan bo‘lsangiz? Nega bunday uzoq
vaqt yo‘q bo‘lib ketdingiz? Menga to‘g‘risini ayting, qanday dardingiz bor?
Noiloj qolgan Shahlo boshidan o‘tkazganlarini birma-bir aytib berishga majbur
bo‘ldi. Uning hikoyasini tinglarkan, Muhabbat opa quloqlariga ishongisi
kelmasdi. Shahlo ko‘z yoshlarini artib:
— Mana endi mening hayotimdan, sirimdan voqif bo‘ldingiz... Boshi berk ko‘chaga
kirib qolganman. Faqat bir narsadan, qizim sizdek pokiza, mehribon ayolning
qo‘lida ekanidan mamnunman...— dedi.
Eshikdan chiqarkan, qizchasining yuzidan o‘pdi. Ko‘zlaridan yumalagan bir tomchi
yosh go‘dakning yuziga tushdi.
Ochiq qolgan eshikdan qarab qolgan Muhabbat opa o‘zini qo‘lga ololmay bir
muddat turib qoldi.
Oradan roppa-rosa bir yil o‘tdi. Shu o‘tgan vaqt ichida Shahlo bir marta ham
kelmadi. Muhabbat opa tun demay, kun demay mehr bilan Zahroni parvarish qildi,
hech narsani ayamadi. Talaba o‘Qlidan, qizlaridan orttirib, go‘dakni hech
narsadan kam qilmasdan ulQaytirdi.
Qizcha atak-chechak qilib yura boshladi. U shu qadar chiroyli ediki, bir bor
ko‘rgan kishi "Buncha shirin bo‘lmasa!" deyishdan o‘zini to‘xtatolmasdi.
Zahroni Muhabbat opa qanchalik yaxshi ko‘rsa, qaynonasi Muattar xola ham
mehrini darig‘ tutmasdan erkalardi. U ushbu oilaning a’zosiga aylanganidan,
Muhabbat opaning turmush o‘rtog‘i ishdan qaytishi bilan: "Mening asal
qizalog‘im qani?" deya so‘rar, ko‘tarib olgancha uzoq vaqt u bilan
o‘ynardi.
Zahroning tili chiqib, kichik-kichik so‘zlarni gapira boshladi. Uning birinchi
bo‘lib aytgan so‘zi "Nana" bo‘ldi. Buxoro shevasidagi bu so‘zning ma’nosi
"Ona" bo‘lib, qizcha Muhabbat opaga nisbatan qo‘llayotgandi bu
so‘zni!
Uning og‘zidan bu so‘zni ilk bor eshitgan Muhabbat opaning qalbi larzaga keldi.
Ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi... Bu bir yil chekkan zahmatlarining, tunlar
bedor aytgan "Alla"larining mevasi, mukofoti edi! Bu odamlar qalbidan
keyingi paytlarda yo‘qolib borayotgan mehr nomli oqibat nomli ulug‘ tushunchaning
mittigina bir go‘dak yuragidan panoh topganidan darak edi!..
Nabiralarini, ular qatorida Zahroni teppa-teng sog‘ingan Muattar xola dam olish
kuni o‘g‘lining uyiga yo‘l oldi. Muhabbat opa do‘konga chiqib ketgan ekan.
Nabiralari darhol buvisiga choy damlashga kirishishdi. Shu payt eshikdan kimdir
keldi. Borib eshikni ochgan Muattar xolaning qarshisida bir yoshgina juvon
turardi.
— Assalomu alaykum...
— Vaalaykum assalom! Keling, xizmat?— dedi.
— Menga Muhabbat opa kerak edi...
— Keling, ichkariga kirib turing, hozir kelib qoladi. Do‘konga chiqqan ekan,—
deya xola Shahloni uyiga taklif qildi.
— Siz Zahroning onasisiz-a?— so‘radi Muattar xola.
— Ha...— notanish ayolning uni qanday qilib taniganidan hayron bo‘lib javob
berdi Shahlo.
—“Bu qayoqdan bilarkan, axir meni birinchi bor ko‘rib turgan bo‘lsa”, deb
o‘yladingizmi? Men Muhabbatxonning qaynonasi bo‘laman. Sizni bir ko‘rishdayoq
Zahroning onasi ekaningizni ichki bir tuyg‘u bilan sezdim.
Tinchlikmi qizim? Nega shuncha vaqt yo‘q bo‘lib ketdingiz? Qanday qilib, o‘z
bolangizni birovning uyiga tashlab qo‘yasiz? Bir yil-a! Go‘dakning ichikishini,
unga ona mehri kerakligini nahot o‘ylamagan bo‘lsangiz? Xafa bo‘lmang-u, toshbag‘ir
ekansiz!
Shahlo boshini eggancha indamay turardi.— Qizingiz ham sizning hidingizni
allaqachon unutib yuborgan bo‘lsa kerak. Kelinimga ming rahmat! Qancha savob
olsa-oldi. Siz ona bo‘lib berolmagan mehrni, parvarishni begona bo‘la turib, u
berdi bolangizga! Sizning xatoingiz jabrini nega endi norasida go‘dak tortishi
kerak ekan? Boshida qadamingizni o‘ylab bosishingiz lozim edi!
Eshikdan qo‘lida Zahroni ko‘targancha Muhabbat opa kirib keldi. Ko‘zlari
Shahloga tushishi bilan, yuzida g‘azab, nafrat ifodasi zohir bo‘ldi. Shunday
bo‘lsa ham, Shahloning mehmon ekanini o‘ylab o‘zini qo‘lga oldi.
Shahlo o‘rnidan turib ayolning qo‘llaridagi qizaloqqa qaragancha hayratlanib
turardi. “Nahotki shu mening bolam bo‘lsa? Kap-katta bo‘lib qolibdi-ya!..”
degan o‘y kechardi ko‘nglidan. So‘ng sal o‘ziga kelib, Muhabbat opaga salom
berishniyam unutganini esladi:
— Assalomu alaykum...— dedi va ko‘zlaridan quyilayotgan yoshni artib,
qo‘llarini Zahro tomonga uzatdi. Qizcha yig‘lab o‘z onasidan qocharkan, “Nana!”
degancha Muhabbat opaning pinjiga berkindi. Shahlo adoyi tamom bo‘lgandi...
* * *
— Endi nima qilmoqchisiz?—
so‘radi Muattar xola.
— Bilmadim...
— Siz bilmasangiz, nima qilish kerakligini men bilaman. Sizga farzand kerak
bo‘lmasa, bolaga ona kerak! Bir yilda bir marta kelib, atigi bir soat-yarim soatgina
qolishingiz bilan onalik burchingizni bajargan bo‘lmaysiz!
Kelinimning sabriga, bardoshiga qoyil qoldim. O’z tuqqan bolalarini qanday
boqqan bo‘lsa, xuddi shunday mehr bilan, ardoqlab qaradi qizingizga. Tag‘inam,
norasidaning baxti bor ekan, uni shunday ayolga duch qilgan Xudoyimga ming shukr!
Bu yog‘iga ham uning yarim ko‘nglini o‘ksitmasligiga ishonaman. Negaki, Muhabbatning
qalbida imoni bor. U Allohdan qo‘rqadi! Yetimning, ko‘ngli siniq bolaning boshini
silagan kishiga jannat eshiklari ochiladi. U mana shuni biladi. Yo‘qsa, o‘z
bolalarining og‘zidan yulib, begonaning bolasi og‘ziga tutmagan bo‘lardi!
Shartim shuki, qizingizni olib ketib, boshqa birovga bermasdan o‘zingiz katta
qilasiz! Yoki xat qilib, kelinimga berasiz. Onalik huquqidan voz kechasiz.
Zahroga barchamizning mehrimiz tushib bo‘lgan. Endi u — bizning qizimiz! Muhabbatning
qizi! Mana shu ikki yo‘ldan birini tanlang! Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, negaki, bu
sizning oxirgi imkoniyatingiz!..— dedi.
Shahlo uzoq yig‘ladi. Uni shu damda nima yig‘latayotganini Yaratgandan O’zga
bilmasdi. Boshida yo‘l qo‘ygan xatosi uchunmi, xazon bo‘lgan umri uchunmi,
yo‘qsa jigarporasidan manguga ayrilayotgani uchunmi?..
Shahlo Zahroni Muhabbat opaga qiz qilib berishga, onalik huquqidan voz kechishga
rozi bo‘ldi... O’sha kuni borib, sudga ariza berishdi.
Sud bo‘ladigan kun erta saharlab uyg‘onishgan Muattar xola bilan kelini Muhabbat
opa hozirlik ko‘ra boshlashdi. Hozir Shahlo kelishi kerak. Bir soatdan keyin sud
boshlanadi. Muhabbat opa bilan turmush o‘rtog‘i hamda Shahlo sudga ketishadi. Muattar
opa Zahroga qarab, uyda qoladi.
Eshikdan ovoz keldi. Kelgan Shahlo ekan. U ichkariga kirdi va qizi bilan
so‘nggi bor ko‘rishish va bir paytda vidolashish uchun quchog‘ini ochdi. Shu
paytgacha o‘z onasidan yotsirab qochgancha Muhabbat opaning bag‘riga
berkinadigan Zahroning harakatlari hammani hayratga soldi:
Qizcha talpinib, onasining bag‘riga o‘zini otdi! Undan buni kutmagan Shahlo bir
lahza dovdirab qoldi-da, so‘ng mahkam bag‘riga bosdi. Qizcha ikkala qo‘li bilan
Shahloni mahkam quchoqlarkan, boshini onasining ko‘ksiga qo‘ydi... Shahlo sel
bo‘lib yig‘lardi.
Bu manzarani ko‘rishga uncha-muncha odam toqat qilolmasdi!..
— Yarim soatdan so‘ng sud boshlanadi, kechikyapmiz,— dedi Muhabbat opaga turmush
o‘rtog‘i.
Yig‘idan ko‘zlari qizargan Muattar xola Zahroni ko‘tarib olmoqchi bo‘ldi. Shunda
qizcha Shahloning yoqasidan mahkam ushlab oldi. Qanday sir-sinoatki, uning
yoqasini endigina bir yoshu uch oylik bo‘lgan go‘dakning nozik qo‘lchalari
orasidan ajratishning aslo imkoni yo‘q edi!.. Unga Ilohdan bir kuch yetgandek,
onasining yoqasini mahkam changallab turardi!
Bir amallab uning qo‘llarini ajratib olishgach, faryod urib yig‘lay boshladi. Bu
faryodga, bu go‘dak nolasiga chidamoq, toqat qilmoq mushkul edi! Hamma
hayratdan qotib qolgan, nima qilishlarini bilmay lol turishardi. Uning
jajjigina yurakchasi, o‘ksikkina qalbi nimanidir sezgan, qandaydir dahshatni
his qilgan edi!
Muattar xolaning bo‘g‘ziga achchiq bir narsa tiqilib qoldi. U Shahloga achinish
bilan qaragancha:
— Bu dunyoda yoqangizdan shunday ushlasa, qiyomatda qanday tutarkan?!.— dedi-yu,
ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kib, qizchani bag‘riga bosgancha ichkariga kirib
ketdi.
Uy eshigi yopilishi bilan qizcha “qo‘yvor!” degandek Muattar xolaning qo‘ynidan
yulqinib chiqishga harakat qildi. Uning ahvolini ko‘rib, shundoq ham ezilgan
ayol Zahroni qiynamaslik uchun qo‘yib yubordi. U o‘zini u yoqdan-bu yoqqa otar,
boshi bir necha bor devorga urilib ketganiga ham parvo qilmas, “oh!” chekib charx
urardi...
Uni qanday tinchlantirishni, qanday qilib ovuntirishni bilolmay yuragi
o‘rtangan ayol har bir harakatini ming hayrat bilan kuzatib turardi. Unga
taskin berish uchun qilgan barcha harakatlari behuda edi...
Nihoyat u tinchib qoldi. Bag‘rini yerga bergancha jimgina yotardi!..
Xavotirlanib tepasiga yugurib borgan ayol uning og‘ir-og‘ir nafas olayotganini
ko‘rdi. Darhol qo‘lini qizchaning peshonasiga qo‘ydi— harorati ko‘tarilmagandi.
So‘ngra egilib uni o‘pmoqchi bo‘ldi. Shunda qizning qaynoq nafasi ayolning yuziga
urildi. Bu dahshat edi— go‘dakning yuragi kuyayotgandi!..
Ayol soatga qaradi. Soat millari roppa-rosa o‘n birni ko‘rsatib turardi. Sud boshlanganiga
bir soat bo‘libdi. “Hozir uning onasi nima qilayotgan ekan?” Muattar xolaning
aqliga daf’atan shu o‘y keldi. U bolani sekingina yerdan ko‘tarib oldi va
bag‘riga bosdi.
Yarim soatlar chamasi vaqt o‘tgach, o‘g‘li bilan kelini kirib kelishdi.
Qo‘llarida ota-onaliklari rasmiylashtirilgan hujjat bor edi...
Hech kim gapirishga jur’at qilolmas, hammalari qizchaning sarg‘aygan ranggiga
jimgina termulib o‘tirishardi. U esa qadariga ko‘ngandek tinchgina yotar, faqat
ko‘zlarida qalblarni larzaga soladigan bir mung bor edi!..
* * *
Ertasi kun Muattar xola
kelinidan sekingina so‘radi:
— Kecha sud qanday o‘tdi? Shahlo onalik huquqini talab qilmadimi?
— Yo‘q, o‘zi rozi bo‘ldi. Sud hakamining “Nega bolangizni olishdan bosh tortyapsiz?”
degan savoliga “Uni o‘zimda olib qololmayman. Buning iloji yo‘q...” deb javob
berdi.
Hamma narsa rasmiylashtirilgandan keyin, soat roppa-rosa o‘n birda onalik huquqidan
mahrum qilinganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. Shu bilan sud tugadi...
— Nima? Qachon imzo chekdi dedingiz?
— Soat roppa-rosa o‘n bir edi. Chunki hujjatga vaqti ham yozilarkan. O’n bir
deyishgani esimda qoldi.
Muattar xolaning ko‘z o‘ngiga Zahroning kecha soat o‘n birdagi holati keldi. Bu
sir-sinoat qarshisida lol-hayron qoldi! Bu ta’riflarga sig‘mas hol edi! Nahot,
nahot bu go‘dak o‘z jigarbandini ikki oyligida tashlab ketib, bir yillab undan xabar
olmagan, norasidani ko‘krak sutidek bebaho nasibasidan, mehridan mahrum qilgan
onaga shunchalar talpinsa!
Tangrim, mo‘‘jizang bilan shu jajji go‘dakning mo‘‘jazgina yuragiga tog‘day
ulkan oqibatni, qo‘pmas mehr rishtasini joylagan ekansan!..
* * *
O’quvchim! Men qalamga
olgan ushbu hikoya shu kecha-kunduzda sodir bo‘lgan hayotiy voqea bo‘lib, uni
Muattar xolaning og‘zidan tinglarkanman, o‘zimni yig‘idan to‘xtatolmadim...
Qanot boylab Buxoroga uchgim, Zahroni bir bor ko‘rib bag‘rimga bosgim,
ko‘zlaridan o‘pgim keldi!..
Hikoyamni o‘qigan har bir muxlisimdan, ayniqsa, yosh yigit-qizlardan yagona
iltimosim, yo‘q-yo‘q o‘tinchim: Aslo va aslo adashmang! O’tkinchi nafs xohishini
deb, o‘zgalarning bahorini kuzga aylantirmang!
Birovni gunohga boshlayotgan mahalingiz shuni unutmangki, sizning ham Onangiz,
opangiz, singlingiz, qizingiz bor! Siz yo‘ldan urmoqchi, umrini xazon qilmoqchi
bo‘lgan inson ham kimningdir opasi, singlisi yoxud qizidir! Siz insonsiz, sizga
nafsning emas aqlning buyrug‘ini tinglash, unga ergashish yarashadi!
Xudodan qo‘rqing, yo‘qsa, Zahrodek norasidalarning uvoliga qolasiz!..
Siz azizlarning hukmingizga faqat hayotning og‘riqli nuqtalaridan lavhalar olib
taqdim qilishni shior qilgan opangiz:
|