5 - Oktyabr - Men bugun yaraldim, lekin bo'lajak ota-onam bundan
behabar. Men juda kichkinaman, hatto olma urug'idan ham. Nima bo'lganda
ham men borman.
15 - Oktyabr - Biroz kattaygan bo'lsamda, harakat qiladigan ahvolda
emasman. Onam qalbining shundoqqina tagida joylashib olganman.
22 - Oktyabr - Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan so'ng men ham
mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud
emas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda, to'g'rimi?