Dushanba, 18.11.2024, 07:38
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Апрель » 13 » Yashagim kelar, ammo...
10:02
Yashagim kelar, ammo...

5 - Oktyabr  - Men bugun yaraldim, lekin bo'lajak ota-onam bundan behabar. Men juda kichkinaman, hatto olma urug'idan ham. Nima bo'lganda ham men borman.

15 - Oktyabr - Biroz kattaygan bo'lsamda, harakat qiladigan ahvolda emasman. Onam qalbining shundoqqina tagida joylashib olganman.

22 - Oktyabr - Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan so'ng men ham mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud emas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda, to'g'rimi?


27 - Oktyabr - Bugun yuragim ura boshladi: duk-duk, duk-duk. Bundan kegin hayotimni ohirgacha dukullab turadi. Uni zavqu-shavqqa to'ldiraman ham.

12 - Noyabr - Barmoqlarim chiqa boshladi. Hali ular bilan sochlarimni tarayman, gullar teraman. Men sizga bir sirni ochay: men qiz bolaman.

20 - Noyabr - Bugun onam yashirincha doktorga bordi. Borligimni bilib, rosa sevingan bo'lsangiz kerak-a, onajon. Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz. Qanday bahtli bolaman!

13 - dekabr - Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorong'u joydaman, holos. Ammo baribir bahtiyorman. Ahir yaqinda dunyo yuzini ko'raman.

24 - Dekabr - Onajon! Bazi bolalar dunyoga kasal bo'lib kelishadi, lekin mening mitti yurakcham sog'lom va baquvvat. Demak, men sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag'ringizda mazza qilib uhlashni hohlayman.

28 - Dekabr - Onajonim yana shifohonaga keldi. Doktor... Voy nimalar deyapsiz, onajon?.. Risqni Alloh beradi-ku?

29 - Dekabr - Eh, onajonim, nega tug'ilshimni istamaysiz? Nega jajji qo'lchalarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni hohlamayapsiz? Afsus...
Oh! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni qutqaring, onajon!.. O-na-a-jo-oon!..

Halqimizda: "Sholi kurmaksiz bo'lmaydi" degan naql bor. Ota-ona, mahalla-ko'yning pand-nasihatlariga quloq solmay, ko'rshapalakday qo'zib yuradigan"oq kapalaklar" uchrab turadi. Ular bazi boyvochchalarning yolg'oniga uchib, ayshu-ishrat qilib yuradilar-da, qorni qappaygach, shifohonaga chopadilar. Vijdonsiz, Gippokrat qasamini unutga shifokor esa mo'may  pul hisobiga go'dakning qotiliga aylanib, katta gunohga qoladi. Homila qandayshaklda bo'lmasin, baribir to'laqonli INSON hisoblanadi va uning ham yashashga haqqi bor. Afsus... Fahsh va zino bilan shug'ullangan ayolu erkaklar bu dunyoda ulkan hatolarga yo'l qo'yadilar. Albatta, kim nima eksa shuni o'radi. Undaylar bu yorug' dunyoda qilayotgan gunohlarini sir tutib, jazodan qochibyursalar-da, kelajak (ohirat)da, unga albatta ro'baro' bo'ladilar. Chunki har bir insonnig gunohu savoblarini sarhisob qilib, yozib turadigan farishtalar, ko'kda hammani ko'rib turguvchi YARATGAN EGAM bor. U o'z bandalarini qilmishiga yarasha taqdirlaydi.
"Esing borida etagingni yop" deganlaridek, har bir yoshu qarini halol yurib, to'gri yashashlarini istab qolamiz.

Tillabek Mirzaahmedov
Odamlar.Uz dan olingan
Категория: Mulohaza | Просмотров: 1281 | Добавил: hamma | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]