Shu kunlarda
Britaniya matbuoti O‘zbekistonlik Alisher Usmonovning Londonda
yangi koshona sotib olgani haqida yozgan.
Bir qur ko‘z tashlashga imkon
beradigan ro‘znoma akslari shaharning eng badavlat insonlar yashovchi dahasidagi
yam-yashil daraxtlar ichidan viqor to‘kib turgan oppoq saroysifat binoni ko‘z-ko‘z
etadi.
54 yashar Alisher Usmonovning
mul-mulki hozirda 5 milliard 73 million funt yoki 10 milliard dollardan ko‘proqni
tashkil etishi aytiladi.