09:29 Alisher Usmonov | |
Shu
kunlarda Britaniya matbuoti O‘zbekistonlik Alisher Usmonovning
Londonda yangi koshona sotib olgani haqida yozgan. Bir qur ko‘z tashlashga
imkon beradigan ro‘znoma akslari shaharning eng badavlat insonlar yashovchi
dahasidagi yam-yashil daraxtlar ichidan viqor to‘kib turgan oppoq saroysifat
binoni ko‘z-ko‘z etadi. 54 yashar Alisher
Usmonovning mul-mulki hozirda 5 milliard 73 million funt yoki 10 milliard
dollardan ko‘proqni tashkil etishi aytiladi. Sunday Times ning xabar
berishicha, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov London shimolida
joylashgan yer-mulki uchun 48 million funt-sterling to‘lagan. Ushbu mulk avval Haftanomaga ko‘ra, 54
yoshli Alisher Usmonov ko‘chmas mulkni Men orolida ro‘yxatdan o‘tgan shirkat
orqali shu yilning mart oyida sotib olgan. Ammo korchalonning
Londondagi matbuot kotibi sharh berishni istamagan. Ushbu ko‘chmas mulk haqida
ma’lumot juda cheklangan. Bir necha gektarlik yerda
joylashgan bino tashqaridan ko‘rinmaydi, matbuotga esa, bu binoning bir dona
surati yetib kelgan, xolos. Bino 1840 yilda
britaniyalik mashhur arxitektor Jorj Besevi loyihasi asosida qurilgani ma’lum. Ushbu bino Alisher Usmonov
sotib olgan ilk ko‘chmas mulk emas. Moskva tashqarisida yirik
yer mulki, Sardiniyadagi villa milliarderga qaraydi. Bundan tashqari, janob
Usmonov 2004 yilda Britaniyaning Syurrey grafligida yirik yer mulkini 10
million funt-sterlingga sotib olgandi, deb yozadi "Sandey Tayms". Alisher Usmonov nafaqat
Angliyada, balki butun dunyoda eng boy futbol jamoalaridan biri -
"Arsenal"da ham ikkinchi yirik hissador hisoblanadi. 'Poytaxtlar poytaxti' "Sandey Tayms"
haftanomasining ko‘chmas mulk mutaxassislaridan biriga iqtibosan yozishicha, "Podshohlaru amirlar,
sultonlaru dunyoga mashhur biznesmenlar bu shaharni o‘zlarining ikkinchi uylari
hisoblashadi. Shuning uchun ham ularning
hammasi bu yerdan uy-joy olib qo‘yishni istaydilar",- deb yozadi
"Sandey Tayms". Haftanomaga ko‘ra, Londonda
uy-joyli bo‘lish odamlarning boyligi va muvaffaqiyatidan nishona ekan. "Forbs"
oynomasiga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 4 milliard 689 milion dollarni
tashkil etadi. Ammo "Finans"
jurnali uning boyligini 6 milliard 763 million, deb yozgan. Asli o‘zbekistonlik
prokurorning o‘g‘li va hozirda Rossiya fuqarosi bo‘lgan janob Usmonov Rossiyada
o‘n ikkinchi, Britaniyada esa beshinchi eng boy odam hisoblanadi. U o‘z boyligini, asosan,
po‘lat va temir rudasi biznesi orqali topgan. Janob Usmonov Kremlga yaqin
ishbilarmonlardan sanaladi. O’tgan yili u o‘z vatani
bo‘lgan O’zbekistonda prezidentlikni ko‘zlayotgani haqidagi xabarlarni rad
etgan. "Gardian"
ro‘znomasi bilan suhbatda janob Usmonov Prezident Karimov va uning to‘ng‘ich
qizi Gulnora Karimovalar bilan yaqin aloqada ekanini inkor etgan. | |
|
Всего комментариев: 2 | |||
Ник: omonjon valiyev
Ник: omonjon valiyev
| |||