Dushanba, 18.11.2024, 05:56
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2008 » Июль » 20 » Yo'nalishda o'zgarish bo'larmikin?
08:59
Yo'nalishda o'zgarish bo'larmikin?
“Toshshahartransxizmat” uyushmasiga qarashli 115, 19-yo‘nalishidagi avtobuslar 10-12 daqiqa oraliq vaqt o‘rniga 20, ba’zida esa 30 daqiqa oraliqda qatnamoqdalar. Ayniqsa, shu yo‘nalishdagi avtobuslar ertalab soat 7.00 dan 9.30 ga qadar “SamPI” bekatidan “Bodomzor” bekatigacha “quvlashmachoq” o‘ynashlarini afsus bilan aytish joiz.
Bugungi hayotimizni transportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta, mamlakatimizda mustaqillik yillarida Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti tarmog‘ida juda katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, eskirgan, o‘z muddatini o‘tagan avtobuslar o‘rniga yangi, zamonaviy “Mersedes”, “Otoyol” hamda “Isuzu” rusumidagi transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat qilmoqda. Bundan poytaxtimiz aholisi va mehmonlari juda mamnun, albatta.
Biroq “Toshshahartransxizmat” uyushmasiga qarashli 115, 19-yo‘nalishidagi avtobuslar 10-12 daqiqa oraliq vaqt o‘rniga 20, ba’zida esa 30 daqiqa oraliqda qatnamoqdalar. Ayniqsa, shu yo‘nalishdagi avtobuslar ertalab soat 7.00 dan 9.30 ga qadar “SamPI” bekatidan “Bodomzor” bekatigacha “quvlashmachoq” o‘ynashlarini afsus bilan aytish joiz. Bundan tashqari, ular “Mustaqillik” metro bekatidan “Aloqa” instituti bekatigacha bo‘lgan masofada juda sekin yurishlari yo‘lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layapti.
Yana bir gap. Yaqinda “Aloqa” instituti bekatida uzoq vaqt avtobus kutishga to‘g‘ri keldi. Soat 21.00. Bekatda esa 20 nafarga yaqin yo‘lovchi 115, 19 va 63-avtobuslarni umid bilan, orziqib kutib turishardi. Soat 21.35 da bekatga davlat raqami 10 AX 063 bo‘lgan 19-avtobus keldi. Haydovchi oldingi va o‘rta eshiklarni ochdi. Orqa eshik yopiqligicha qolaverdi. Bundan keyingi bekatlarda yo‘lovchilarni faqat oldingi eshikdan tushira boshladi. Yo‘lovchilar “Hech bo‘lmasa o‘rta eshikni ochib yuborsangiz yaxshi bo‘lardi” deyishsa, haydovchi “Kerak bo‘lsa oldingi eshikka o‘tinglar”, deb qo‘pol muomala qildi.
 Keyingi paytlarda ushbu yo‘nalishda qatnovchi avtobuslarni kech 21.00 dan keyin uchratish amrimahol bo‘lib qoldi. Ayniqsa, 115-avtobus salonidagi surunkali tirbandlikni alohida aytib o‘tish lozim deb o‘ylaymiz.
Uzoqqa bormaylik, Yunus-obod dahasiga qatnovchi 24, 51, 60, 67, 72, 93-yo‘nalishdagi avtobuslar hatto kech soat 22.30 dan o‘tganda ham yo‘lovchilarga sifatli va namunali xizmat ko‘rsatishlarini tahsinga loyiq deb o‘ylaymiz. Buni biz har kuni ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz.
 “Toshshahartransxizmat” uyushmasi rahbarlari yuqoridagi kamchilik hamda muammoni bartaraf etishsa, yo‘lovchilarning duosiga, olqishiga sazovor bo‘lishardi.
Категория: Mulohaza | Просмотров: 1668 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Ник: Bobur

Salom gaplaringiz juda o'rinli bu hol harkuni bizga ro'para boladi...


Ник: 4470529

angry


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]