“Toshshahartransxizmat” uyushmasiga qarashli 115, 19-yo‘nalishidagi
avtobuslar 10-12 daqiqa oraliq vaqt o‘rniga 20, ba’zida esa 30 daqiqa
oraliqda qatnamoqdalar. Ayniqsa, shu yo‘nalishdagi avtobuslar ertalab
soat 7.00 dan 9.30 ga qadar “SamPI” bekatidan “Bodomzor” bekatigacha
“quvlashmachoq” o‘ynashlarini afsus bilan aytish joiz.
Bugungi
hayotimizni transportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta,
mamlakatimizda mustaqillik yillarida Toshkent shahar yo‘lovchi tashish
transporti tarmog‘ida juda katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.